Yangibozor (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Yangibozor
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Tuman Yuqori Chirchiq tumani
Koordinatalari 41°18′54″N 69°31′31″E / 41.31500°N 69.52528°E / 41.31500; 69.52528Koordinatalari: 41°18′54″N 69°31′31″E / 41.31500°N 69.52528°E / 41.31500; 69.52528
Aholisi 13 700 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Yangibozor (shaharcha) (Oʻzbekiston)
Yangibozor

Yangibozor — Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi shaharcha (1973 yildan), tuman markazi. Viloyat markazi (Toshkent shahri) dan 35 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toshkent (35 km). Yangibozor oʻrtasidan Qorasuv kanali oqib oʻtadi. Aholisi 13 ming kishi (2004). Non zavodi, avtokorxona, qurilish tashkilotlari, MTP, qoʻshma, kichik korxonalar, mikrofirmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, kasb-hunar kollejlari mavjud. Tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, klub muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqalar sport inshootlari ishlab turibdi. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Yangibozor — Toshkent yoʻnalishida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Yangibozor (shaharcha)" OʻzME. Ya-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil