Iskandar (shaharcha)
Qiyofa
Iskandar | |
|---|---|
| Shaharcha | |
| 41°33′14″N 69°42′3″E / 41.55389°N 69.70083°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Toshkent viloyati |
| tuman | Boʻstonliq tumani |
| Asos solingan | 1937-yil |
| Rasmiy til(lar)i | Oʻzbek tili |
| Aholisi (1989) |
26 161 |
|
| |
Iskandar – Boʻstonliq tumanidagi shaharcha (1937-yildan). Chirchiq daryosi boʻyida, 667 m balandlikda. Iskandar hududidan Chirchiq GESining kanali oqib oʻtadi. Toshkentdan 48 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Barraj – 4 km. Shaharcha yaqinidan elektrlashtirilgan Toshkent – Xoʻjakent temir yoʻl oʻtgan. Aholisi 19 ming kishi (2001). Yer maydon 204 ga. Iskandarning etimologiyasi haqida ilmiy asosga ega boʻlmagan rivoyatlar mavjud.
Iskandarda „Iskander – FUDS“ oʻzbek – amerika qoʻshma korxonasi, „Tovoqsoykabel“ korxonasi, Tovoqsoy GES, Toshkent viloyat pillachilik ishlab chiqarish birlashmasi, 2 fermer xoʻjaligi bor. 3 maktabda 2,4 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Klub, 5 kutubxona, 3 vrachlik punkti, 2 shifokorlik ambulatoriyasi mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Oʻzbekiston geografiyasiga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |