Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)
Sirdaryo viloyati - Turkiston generalgubernatorligining 5 viloyatidan biri. 1867-yil tashkil etilgan. Tarkibida Gʻazali, Perovskiy, Chimkent, Avliyoota, Toshkent (1887-yilgacha Qurama nomida). Xoʻjand (1887-yilgacha), Jizzax (1872-yilgacha) uyezdlari, Toshkent sh. va 1886-yildan Amudaryo boʻlimi kirgan. 1910-yilgi maʼlumotga koʻra, Sv. maydoni 439428 kv chaqirim; aholisi 1911464 kishi boʻlgan (1867-yil 675 000, 1917-yil 2155 500).
Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)dagi aholi oʻtroq, yarim oʻtroq, koʻchmanchi, yarim koʻchmanchilarga boʻlingan. 20-asr boshlarida viloyat aholisining 1/3 qismi oʻtroq va 2/3 qismi koʻchmanchi boʻlgan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)ning shim.gʻarbiy qismi (Perovskiy, Gʻazali, Chimkent, Avliyoota va Amudaryo boʻlimining katta qismi)da, asosan, koʻchmanchilar, qozoklar, qirgʻizlar, qoraqalpoklar, turkmanlar, loʻlilar yashagan. Oʻtroq aholi tarkibiga: oʻzbek, sart, tojik, buxoro yahudiylari, tatarlar, Rossiyadan koʻchirib keltirilgan rus dehqonlari va boshqa kirgan. Oʻtroq. aholi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo bilan, koʻchmanchilar esa, asosan, chorvachilik, yarim koʻchmanchilar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanishgan.
Sv. uyezdlari uchastka, volost, shuningdek, ayrim qishloq va ovullardan tarkib topgan ovul va qishloq jamoalariga boʻlingan. Koʻchmanchilarga doimiy foydalanish uchun berilgan barcha yerlar davlat mulki hisoblanib, bu ye’rlarni ular boshqa shaxslarga berib turishlari yoki sotishlari man qilingan. 1915-yil Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da ekin ekiladigan 1079713 desyatina yer, foydalanilmaydigan 33855811 desyatina yer bor edi. 1915 y Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da umumiy uz. 17151 chaqirimdan iborat 3006 ta ariq boʻlgan. 1900-yilda Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da 49 ta Madrasa (1099 talaba), 1809 maktab (19453 oʻquvchi) boʻlgan.
Sv. Turkiston oʻlkasining Rossiya ichki bozorlari bilan savdo alokalarida muhim rol oʻynagan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)dan chetga, asosan, paxta, teri, jun, bugʻdoy, meva, chorva joʻnatilgan. Rossiyadan esa gazlama, yogʻochtaxta, kerosin, temir, poʻlat, choʻyan, mis va mis buyumlar, attorlik va baqqollik tovarlari, choy, qand, poyabzal, bugʻdoy, baliq va boshqa keltirilgan. 1908-yil Sv. da 156 ta kustar tipidagi fabrika va zavodlar (1460 ishchi) boʻlgan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da 1884-yil 300 desyatina yerga, 1914-yilga kelib esa 83906 desyatina yerga amerika paxta navi ekilgan. Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi)da chorakorlik keng tarqalgan.
20-asr boshlariga kelib Sv. da podsho hukumatining mustamlakachilik siyosatiga qarshi ozodlik qarakati avj olgan. 1916-yilgi mardikorlikka olish haqidagi podsho farmoniga javoban viloyatning barcha uyezdlari va Amudaryo boʻlimida gʻalayonlar boʻlib oʻtgan. Koʻp qishloklarda dehqonlarning gʻalayonlari politsiya va qoʻshinlar bilan toʻqnashuvga aylangan. Bunday toʻqnashuvlar 12 iyulda Yangibozor qishlogʻida, 13 iyulda Toʻytepa qishlogida, 14 iyulda Troitsk, Xonobod va Piskent qishloqlarida boʻlib oʻtgan. Bulardan tashqari, qoʻzgʻolonlar Jaloltepa, Xitoytepa, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqqoʻrgʻon, Jousgʻum, Oltin volostlariga ham yoyilgan. 1924-yil Sirdaryo viloyati (Rossiya imperiyasi) Oʻrta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish oʻtkazilishi tufayli tugatilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |