Kontent qismiga oʻtish

Ambulatoriya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ambulatoriya

Ambulatoriya (lotincha: ambulatorius — yurib bajariladigan) — qatnab davo-lanadigan kichik tibbiy muassasa.

Ambulatoriyalar koʻproq qishloq joylarida tashkil etiladi. Unda asosiy kasalliklar (ichki, jarroxlik, ayollar kasalliklari) muta-xassislari ishlaydi. Shu bilan Ambulatoriya poliklinikadan farq qiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, Turkistonda Ambulatoriyaga oʻxshash shifoxonalar qadim zamonlarda ham boʻlgan. 17-asrda Buxorodagi mashhur „Buq’ai dor ushshifo“ kasalxonasi qoshida qatnab davolanadigan bemorlar uchun maxsus boʻlim tashkil qilingan. Oʻzbekistonda birinchi Ambulatoriya 1878-yilda Toshkentda ochilgan. Hozirgi Ambulatoriyalar zamonaviy diagnostika, davolash va profilaktika vositalari bilan jihozlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil