Uzumchilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Uzumchilik — 1) bogʻdorchilikning tok oʻstirish va uzum yetishtirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi. U. aholini yangi uzum, mayiz bn, vinochilik, konserva sanoatlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. U.ning 4 ta asosiy yoʻnalishi: xoʻraki uzum yetishtirish, mayiz quritish, texnik maqsadlarda uzum yetishtirish (konserva mahsulotlari, sharbatlar, konsentratlar tayyorlash), vinochilik (xom ashyo tayyorlash) sohalari mavjud.

U. bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga), Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga), Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 yilda 60,7 mln. t dan koʻgtroq uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron, Turkiyada tayyorlandi.

Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda U. uzok, tarixga ega. Mil. av. 4-a.larda ham tok ekilgani maʼlum. Uzok, yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida, ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ekilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga yuz tutgan. U. faqat 15-a.ga kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda U.ning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiyatining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga moye keladigan eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalar (Qrim, Moldova, Zakavkazye)dan olib kelish ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmitasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni_ ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga, zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi.

20-a. boshlarida Oʻzbekiston hududida 30,6 ming ga tokzor bor edi. 20-yillarning 2yarmidan ixtisoslashtirilgan bogʻdorchilik va uzumchilik davlat xoʻjaliklari tashkil etila boshladi, tog va togʻ etaklari mintakalarida ham bu tarmoqqa jiddiy eʼtibor beriladigan boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillardan 2500—3000 ga bog va tokzorlarga ega boʻlgan agrokombinatlar tashkil etildi.

U. sohasidagi ilmiy tadqiqot va amaliyot ishlari 1948 yilda tashkil etilgan hozirgi Bogʻdorchshshk, uzumchilik va vinochilik institutida olib borildi va U.ning nazariy va amaliy masalalari, kishmish navlarining hosildorligi hamda gʻujum koʻrinishi sifatini oshirishda oʻstiruvchi moddalar taʼsiri (mas, gibberellin) oʻrganildi, tog va togʻ oldi shagʻalli yerlarda, Mirzachoʻl va Fargʻona vodiysida uzumzorlar barpo qilish uslubi ishlab chiqildi. Int.ning Samarkand filialida 100 ga maydonda uzumning 105 navi oʻstiriladigan tajriba maydoni tashkil qilindi, Oʻzbekistonda ekiladigan toklarning botanik kolleksiyasi yaratildi.

Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida hamda uning viloyatlardagi filiallarida, Butunittifoq oʻsimlikshunoslik instituti Oʻrta Osiyo filialida uzumning Oʻzbekiston muskati, Gʻalaba, Oktyabr, VIR1, Xishrov kishmishi, Samarkand kishmishi, Joʻrauzum, Tarnoye, Rizamat va oʻnlab navlari yaratildi. Bu ishlarda akad. M. Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravel, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Yu. M. Javakyans va boshqa uzumshunos olimlarning , R. Musamuhamedov kabi xalq seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.

Hozirgi Oʻzbekiston U.da 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70% dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g (2003). Respublikada U. maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon bozori talablariga moye maxsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. U. yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmokdalar.

2) Tokning biologik xususiyatlari va oʻstirish usullarini oʻrganadigan fan (oʻsimlikshunoslikning boʻlimi).

Toshkent viloyati. Parkent tumanidagi Zarkent shirkat xoʻjaligi uzumzorlari. Umumiy va xususiy U. ka boʻlinadi. Umumiy U. — tok biologiyasi, ekologiyasi, agrotexnikasini oʻrganadi; xususiy U. — turli tuproqiklim sharoitida, i.ch. yoʻnalishiga qarab, tok agrotexnikasini ishlab chiqadi; ampelografiya, tok seleksiyasi boʻlimlaridan iborat.

Adabiyot[tahrir]

  • Ribakov A. A., Gorbach V. I. vab., Oʻzbekiston uzumchiligi, T., 1969; Djavakyans Yu. M., Gorbach V. I., Vinograd Uzbekistana, T., 2001.