Kontent qismiga oʻtish

Oqqoʻrgʻon (shahar)

Oqqoʻrgʻon
shahar
40°52′35″N 69°02′43″E / 40.87639°N 69.04528°E / 40.87639; 69.04528
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
tuman Oqqoʻrgʻon tumani
Aholisi
10 900
Vaqt mintaqasi UTC+5
Oqqoʻrgʻon xaritada
Oqqoʻrgʻon xaritada

Oqqoʻrgʻon — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1980-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Kuchlik (16 km). Oqqoʻrgʻondan Toshkent shahrigacha 59 km. Aholisi 10,8 ming kishini tashkil etadi (2000), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, tojik, koreys, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Oqqoʻrgʻonda tuman hokimiyati binosi, paxta tozalash zavodi, MTP, non kombinati, avto-korxona, qurilish tashkilotlari bor.

Umumiy taʼlim maktablari, kasbhunar kolleji, maxsus internat maktabi, markaziy kutubxona, klublar, oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Suzish havzasi, stadion, tennis korti, kasalxona, dorixonalar mavjud.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil