Moʻtadil iqlim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻtadil iqlim – Quyosh zenitgacha koʻtarilmaydigan moʻtadil mintaqa iqlimi. Moʻtadil iqlim 3 toifa: moʻtadil dengiz, moʻtadil kontinental va moʻtadil musson iqlimlariga bulinadi. Moʻtadil dengiz iqlimida yil davomida xavo seryogʻin, qishi nisbatan iliq boʻladi. Yozi esa jazirama, havo haroratining yillik amplitudasi unchalik katta boʻlmaydi (10° – 15° atrofida). Bunga Gʻarbiy Yevropa iqlimi misol boʻlishi mumkin. Moʻʼtadil kontinental iqlimda qishlari sovuq, yozlari issiq, traning yillik amplitudasi 40° atrofida, yogʻin miqdori juda kam boʻladi. Bunga dengizdan yiroq yerlarning iqlimi kiradi. Moʻtadil musson iqlimida qishlari sovuq, qor kam yogʻadi va yozlari u qadar jazirama issiq boʻlmasdan, yogʻin miqdori nisbatan koʻp boʻladi. Haroratning yillik amplitudasi yetarlicha katta (t<30°). Bunga shimoliy Xitoy va Uzoq Sharq iqlimi misol boʻla oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil