Keles (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shahar
Keles
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Toshkent viloyati
Tuman Zangiota tumani
Koordinatalari 41°24′12″N 69°12′24″E / 41.40333°N 69.20667°E / 41.40333; 69.20667Koordinatalari: 41°24′12″N 69°12′24″E / 41.40333°N 69.20667°E / 41.40333; 69.20667
Aholisi 25 214 nafar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Keles (shahar) (Oʻzbekiston)
Keles

Keles — Toshkent viloyatidagi shahar (1949 yildan), Toshkent tumani markazi (2011-yilgacha). 2011-yildan Toshkent viloyatidagi ikki: Toshkent va Zangiota tumanlari birlashtirilganidan buyon, Keles ikkala tumanning ma'muriy markazi xisoblanib keladi. Ammo ba'zi huquq organlari Eshonguzar (avvalgi Zangiota tumani markazi)da faoliyat yuritib, bir tumanda ikki hokimlikni yuritib kelmoqda. Keles daryosining chap sohilida, Toshkent shahri chekkasidan 2 km shim.-gʻarbda, Toshkent — Sariyogʻoch temir yoʻl yoqasida. Temir yoʻl stansiyasi (Keles).

Aholisi 28,9 ming kishi (2001), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. Maydon 12,9 km2. Shahar nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida tarixchi, geograf, toponimist va tilshunos olimlarning gipotezalari mavjud. Mas: turkiycha kele— qalʼa (N.Baskakov); yoki keli — til va su yaʼni tilga oʻxshash daryo (Ye. Qoʻychiboyev). Adabiyotlarda Kelesning Qalos, Kalas variantlari ham bor.

Shaharda junga ishlov berish, parrandachilik fabrikalari, bir qancha qoʻshma hamda xususiy korxonalar, gʻisht, vino zavodlari mavjud. Tuman hokimiyati, "Savdogarbank" binolari, dehqon bozori, avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 6 umumiy taʼlim, biznes maktablari, "Keles" markaziy stadioni, markaziy kutubxona, "Shon-shuhrat" muzeyi bor. Tez tibbiy yordam koʻrsatish shoxobchasi, akusherlik va ginekologiya boʻlimi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasi aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Keles (shahar)" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil