Uzum

Uzum tokning gʻujumlardan iborat mevasidir. Botanik jihatdan rezavor meva hisoblanadi.
Uzumni vino, murabbo, uzum sharbati, jele, uzum urugʻi ekstrakti, sirka va uzum urugʻi yogʻi kabilarni tayyorlashda ishlatish yoki quritib, mayiz hosil qilish mumkin. Uzum noklimakterik turdagi meva hisoblanadi.
Xom uzum tarkibida 81% suv, 18% uglevodlar, 1% protein va oz miqdorda yogʻ boʻladi.
ok – uzumdoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik daraxtsimon lianalar turkumi, yer sayyorasida eng keng tarqalgan meva ekinlaridan biri. Fransiya, AQSH, Ispaniya, Italiyada millionlab gektar maydonlarda, asosan, vinobop navlari yetishtiriladi.[1]
Tok issiqsevar, yorug‘sevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi, ko‘chatlari qalamchalardan, payvand qilish orqali, seleksiya maqsadida urug‘laridan o‘stiriladi, 2-3 yilda hosilga kiradi.
Tok aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sug‘oriladigan, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. 30-300 yil yashaydi. O‘rtacha hosildorligi 70-600 s/ga.
2013-2015-yillar davomida Parkent, Bo‘stonliq, Yangiyo‘l, Zangiota, Samarqand, Jomboy, Asaka tumanlari meva-uzum yetishtirishga ixtisoslashtirildi, yangi tokzorlar barpo etildi.
Ayni paytda mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida (naviga qarab) uzumning 50 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan uzum mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Mongoliya, BAA, Polsha, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Xo'raki uzum navlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]ANDIJANSKIY CHERNIY navi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mevasi o‘rtapishar, xo‘raki-mayizbop nav, sovuqqa kam chidamli, novdalari hosil olish uchun 12-15 ko‘zgacha kesiladi.
Uzum bog‘i katta, siyrak, silindrsimon, g‘ujumi yirik, uzunchoq, konussimon, rangi qora, quvroq, zich tartibda joylashgan.
Bir boshining vazni – 212 g.
Qayerda yaratilgan: Mahalliy nav.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilinadi.
Yuqori sifatli, isteʼmol va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Erta-o‘rtapishar nav, kasalliklarga bardoshli. Tupi o‘rtacha, uzum shingili yirik, o‘rtacha vazni – 350-400 g.
Shingili silindrsimon shaklda, rangi pushti, yirik hamda eti qattiq, karsillash xususiyatiga ega. Mevasi iyul oyining 20 – kunida to‘liq pishib, yetiladi. Hosildorligi gektaridan 200-250 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: Akademik M.Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.
Mualliflar: K.V. Smirnov, G.V. Ogiyenko, A.F. Gerasimova.
2006-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.
Bu navning tupi baland bo‘lib, mevasi o‘rtapishar, uzum shingili mayda, tuxumsimon, rangi sarg‘ish yashildan to sariqqacha, mayda qora nuqtalari bor. Nav urug‘siz bo‘lib, quritish uchun ishlatiladi. Uzum shingilining o‘rtacha vazni – 153 g.
Hosildorligi – 259 s/ga, eng yuqori hosildorligi – 300,8 s/ga ni tashkil etadi.
Qayerda yaratilgan: O‘rta Osiyo.
1959-yil Davlat reyestriga kiritilgan.
Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Uzum, Melike; Lindahl, Kristen; Uzum, Baburhan; Yazan, Bedrettin; Akayoglu, Sedat (2024-11-12). „Epistemic modality and evidentiality in virtual intercultural exchanges between Turkish and Texan users of English“. World Englishes. doi:10.1111/weng.12712. ISSN 0883-2919.
Oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Creasy, G. L. and L. L. Creasy (2009). Grapes (Crop Production Science in Horticulture). CABI. ISBN 978-1-84593-401-9.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Wikimedia Commonsda Uzum mavzusiga oid fayllar bor. |
| Vikilugʻatda uzum nomli maqola mavjud. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |