Chatqol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Chatqol quyi oqimida

ChatqolQirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati va Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi daryo. Chorvoq suv ombori qurilgunga qadar Chirchiqning yirik irmogʻi boʻlgan. Uz. 217 km, havzasining maydoni 7110 km². Talas Olatovining jan.garbiy yon bagʻridan Qoraqulja nomi bilan boshlanadi. Qoraqasmoq irmogʻi qoʻshilgach, Ch. nomini oladi. Chorvoq suv omboriga quyiladi. Boshlanish qismida Ch. chuqur va tor darada oqadi; Qorataka irmogʻi quyilgan joydan boshlab daryo vodiysi keskin kengayadi. Quyi qismida Ch. bir necha terrasalari boʻlgan keng vodiyda chuqur oʻzanda oqadi.

CH. vodiysining yon bagʻirlari koʻp joylarda tik va baland togʻ yon bagʻirlaridan iborat, kalta irmoklar, jarliklar bilan parchalangan. Vodiysi keng joylarda yon bagʻirlari yotiqroq, balandligi 8– 40 m boʻlgan terrasalar hosil qilgan. Eni 200–300 m li qayirlarda daryo oʻzani bir necha mayda tarmoqlarga ajralib ketadi. Daryo havzasi baland togʻlarda joylashgan (oʻrtacha balandligi 2605 m). Umumiy maydoni 51 km² boʻlgan 119 kichik muzlik bor. Daryo qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Ch.ning oʻrtacha yillik suv sarfi Ters daryosining quyilish joyida 67 m³/sek., Nazaytoʻqay qishlogʻi yonida 85 m³/sek., suv omboriga quyilish yerida 126 m³/sek., 1932—74 yillardagi kuzatish maʼlumotlariga koʻra, daryoning quyilish kismida eng koʻp suv sarfi 920 m³/sek., eng kam suv sarfi esa 7,0 m³/sek. boʻlgan. Ch. daryosida mart oyidan suv koʻpayadi, yanvar — fevralda kamayadi. Oʻrta hisobda yillik suv miqdorining 55% mart— iyunda, 30% iyul—sentabrda va 15% okt.—fevral oylarida oqib oʻtadi. Daryo suvi uncha loyqa emas (oʻrta hisobda 460 g/m3). Daryo suvi tez oqqanligidan muzlamaydi. Lekin, shovush oqishi va qirgʻoq muzlashi mumkin. Ch. suvidan ekin maydonlarini sugʻorishda foydalaniladi.