Zafar
Zafar | |
|---|---|
| shahar | |
| 40°22′35″N 69°15′05″E / 40.37639°N 69.25139°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Toshkent viloyati |
| tuman | Bekobod tumani |
| Aholisi | 7 700 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
| |
Zafar — Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi shaharcha (1918—72 yillarda Olmazor qishlogi). Bekobod tumani markazi. Toshkentdan 120 km jan.da, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Bekobod (22 km). Aholisi 7,7 ming kishini tashkil etadi (2000).
3. qad. aholi maskanlaridan biri, uning markazidagi "Nomsiz tepa" kabristonidan VIII—IX asrlarga oid arxeologik buyum qoldiqlari topilgan. 1870-yilda qishloq Rossiyadan koʻchirib keltirilgan ruslarning Korzinkin nomli xutoriga aylantirildi va Dalvarzin volostining markazi boʻldi. Xutor yonida 60 ga olmazori ham boʻlgan (qishloqning avvalgi nomi shundan). 1918-yil Olmazor qishlogʻida shoʻrolar otliq armiyasi uchun qorabayir otlar yetishtirib beradigan ot zdi tashkil qilindi. 1926-yil ot zdi oʻrnida "Dalvarzin" urugʻchilik xoʻjaligi tuzildi. 1930-yil bu xoʻjalik paxtachilik sziga aylantirildi va Olmazor qishlogʻi sz qoʻrgʻoni boʻlib qoldi. Z.da maʼmuriy va madaniymaishiy binolar, sport inshootlari, bozor, 2 kasalxona, 3 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika bilim yurti bor. "Yoshlik" savdo markazi qurilgan. Kutubxona, madaniyat uyi, pedagogika bilim yurti qoshida litsey, mehnat taʼlimi kollejlari, xususiy savdo doʻkonlari bor. Tuman hokimiyati binosi oldiga "Nomaʼlum askar" monumenta oʻrnatilgan. Z.dan Toshkent — Bekobod avtomagistral yoʻli oʻtgan. Avtobustaksi saroyi, koʻchma qurilish kolonnalari, "Sarbon" yuk tashish transporti avtokorxonasi bor.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ .