Koʻksuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Koʻksuv

KoʻksuvToshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi daryo. Chatqol daryosining oxirgi oʻng irmogʻi. Piskom togʻ tizmasining janubi-sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Piskom bilan Mingtuxum togʻ tizmalari oraligʻidan janubi-gʻarbga oqadi. Chorvoq suv ombori bar-po etilishi bilan K. Burchmulla qishlogʻidan bir oz quyida shu suv omboriga quyiladigan boʻldi. Oʻz. 60 km, havzasining maydoni 398 km². Qor va muzliklardan toʻyinadi. Suvi fevral oxiridan koʻpaya boshlaydi, may — iyunda eng koʻp boʻladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 12m³/sek. K.ga umumiy oʻz. 130 km boʻlgan 70 tacha soy va jilgʻalar quyiladi. Shulardan eng yirigi — Kulosiyosoy (11 km).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil