Navoiy (shahar)
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
|
||||
|---|---|---|---|---|
| Tashkil topgan sanasi |
1958-yil, 3-sentabr | |||
| Maydoni |
km² | |||
| Aholisi |
125,500 kishi |
|||
| Shahar hokimi | Baxtiyor Homdamov | |||
| Pochta indeksi |
2101ХХ | |||
| Telefon kodi |
8-10-998-79 | |||
| Vebsayt | www.navoi.ru | |||
- Bu maqola Navoiy shahri haqida. "Navoiy" soʻzining boshqa maʼnolari uchun ushbu sahifaga qarang.
Navoiy shahri Navoiy viloyatining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Shahar 40°5’4 shimoliy uzunlikda va 65°22’45 sharqiy kenglikda joylashgan. Shahar aholisi 125.5 ming kishini tashkil qiladi. (2005-yil 1-yanvar maʼlumoti boʻyicha)
[tahrir] Tarixi
Navoiy shahri ulugʻ oʻzbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin Karmana deb atalgan boʻlib, Buxoro amirligining bekligi boʻlgan. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro oblasti tarkibida boʻlib keldi.
[tahrir] Iqtisodiyoti
Navoiy shahri O'zbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot a/j, Navoiysement a/j va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi.