Toʻytepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻytepa — Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanik&tch shahar (1973 y.dan), tuman markazi. Toshkentdan 37 km. Yaqin t.y. stansiyasi — Chigʻiriq (5 km). Aholisi 25,3 ming kishi (2004).

Qad.da T. Mingtepa, Nukat nomlari bilan maʼlum boʻlgan. Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar uning rivojlangan davri (10—12-a.lar)ga toʻgʻri keladi. Shaharda 8 sanoat korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Ishlab chiqarish. birlashmalari, metall konstruksiyalari, paxta tozalash zdlari, don qabul qilish korxonasi ishlab turibdi. 3 ta yengil sanoat korxonasi, 2 ta oʻquvtajriba korxonasi va b. bor. Qoʻshma korxonalardan Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi "Husayn Mirzo", "Kabul—Toʻytepa LTD" ip yigiruvtoʻquv, Oʻzbekiston — Turkiya "Bursel" (erkaklar koʻylaklari tikiladi) qoʻshma korxonalar mashhur. T.da 200 dan ortiq davlat va xususiy tijorat korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 4 umumiy taʼlim maktabi, kattalar va bolalar kutubxonalari, madaniyat uyi, 3 kasalxona, 3 poliklinika bor.

T. avtomobil yoʻllari orqali Toshkent sh. va b. shaharlar bilan bogʻlangan. T. yaqinidan Toshkent — Angren t.y. oʻtadi. Shaharning jan.gʻarbida Tuyaboʻgʻiz suv ombori ("Toshkent dengizi") joylashgan.