Fayzulla Xoʻjayev
|
|
Ushbu maqola yoki boʻlimni Fayzulla xoʻjayev bilan birlashtirish taklif etiladi. (Munozara) |
|
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
|
|
Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring. |
|
Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev (1896-1937) davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining rahbarlaridan biri boʻlgan.
Hayotiy faoliyati [tahrir]
Fayzulla Xoʻjayev 1896-yili Buxoro shahrida yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev Moskvada shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. 1913-yildan jadidlar safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida ma'rifat tarqatish bilan shugʻullangan. 1917-yildan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biridir. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, 1920-yilda Buxoro amiri Said Olimxonni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
1920-yilda Turkistonda muhojirlikda boʻlib, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. F.Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, F.Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
1925-yilda F.Xoʻjayev O`zbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U oʻz faoliyatida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. F.Xoʻjayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur boʻldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar“ kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq taʼqibga olindi.
F.Xoʻjayev hukumat rahbari sifatida Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.
F.Xoʻjayev 1937-yilda qatag`on qilindi va 1938-yil 13-martda[1] oʻlimga mahkum etildi. Qabrining qayerdaligi nomaʼlum.
Havolalar [tahrir]
Bold text