Somoniylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Somoniylar davlati
امارت سامانیان

Flag of Afghanistan (1880–1901).svg


Flag of None.svg


Samanid dynasty (819–999).GIF
Poytaxti Samarqand, Buxoro
Til(lar)i Fors
Dini Islom
Maydoni 2,850,000 km²

Somoniylar - 910-a.larda Movarounnahr va Xurosondagi sulola. S.ning oilaviy nisbasi, yaʼni nomi ularning ajdodi boʻlmish Somonxudot ismi bilan bogʻliq. Somonxudotning kelib chiqishi hakida turli xil maʼlumot va fikrlar mavjud. Abu Bakr Narshaxiy (10-a.) va Hamza Isfahoniy (10a.) keltirgan maʼlumotlarga qaraganda, Somonxudot Balx viloyatidagi Somon qishlogʻidan, alMukaddasiy (10-a.) ning maʼlumotiga koʻra esa, u Samarqand viloyatidagi Somon nomli qishloqdan boʻlgan. "Saʼdiya" nomli asar (17-a.) da keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, uning asl ismi Arquq boʻlib, u Fargʻonadan Termizga koʻchib kelgan va u yerda Somon nomli qishlogʻiga asos solgan.Oʻrta asrlarda Buxoro, Fargʻona, Tohariston, Xuttalon va b. viloyatlarda ham Somon nomli qishloqlar boʻlganligi kayd etilgan. Bu maʼlumotlar "Somon" toponimi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo hududlarida va undan tashqari yerlarda ham keng tarkalgan joy nomi boʻlganligidan dalolat beradi.

Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-a.) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.

Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 y.lar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va b. bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot sh.da ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar sh.ga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U Taroz sh.ga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 y.lar), Nasr ibn Ahmad (914—943 y.lar), Nuh ibn Nasr (943-954 y.lar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 y.lar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 y.lar), Nuh ibn Mansur (976—997 y.lar), Mansur ibn Nuh (997—999 y.lar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 y.lar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005 y.lar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S. sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.

Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.

10-a. boshida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda simjuriylar sulolasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan.

S.ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning qoʻlida boʻlgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va b. shaharlarning turkiy aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin, Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va b. gʻukmdorlar boshqargan.

Hokimiyat S. qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan. Shuning uchun Bugʻroxon 992 y.da Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaganda, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar.

Shunday qilib, S boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-a.larda, Abbosiylar xalifaligida markaziy hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu jumladan, S. ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar. Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu viloyatlardagi hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi mumkin.

Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9—10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.

Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.

Adabiyot[tahrir]

  • A6u Bakr Muhammad ibn Jaʼfar anNarshaxiy, Buxoro tarixi [fors tilidan A. Rasulev tarjimasi], T., 1991; Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996; Negmatov N. N., Gosudarstvo Samanidov (Maverannaxr i Xorasan v IX —X vv.), Dushanbe, 1977; Karayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983.

Shamsuddin Kamoliddinov.

Somoniylar (fors.سامانیان) — Oʻrta Osiyoda, 819999-yillarda hukmronlik qilgan sulola.

Somoniylar davlatining vujudga kelishi[tahrir]

Bu davrda Movarounnahrning Samarqand, Fargʻona, Toshkent va Ustrushona viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy hayotida ham asta-sekin birmuncha oʻzgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri oʻz hukmronligi davrida oʻz nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar.

Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (Qashqadaryo), Chagʻonrud (Surxondaryo) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini koʻradi. Tohiriylar davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan Buxoro ahli hatto safForiylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar, undan Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi.

Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtib, u oʻz mustaqilligini tiklab oladi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr oʻzini butun Movarounnahrning boshlig'i deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va Fargʻona hokimi Asadlar oʻz nomlari bilan chaqa pul zarb etib oʻzboshimchalik qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida birinchi boʻlib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha xalifalik viloyatlarida faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar. Shunday boʻlsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi. Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida adovat paydo boʻladi. U 888-yildagi jangga olib keladi. Jangda Nasr qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.

Ismoil Somoniy[tahrir]

Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U Movarounnahrni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. 8933-yilda Taraz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada Buxoro vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.

Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. 900-yilda ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun Xuroson somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.

Somoniylarning davlat boshqaruvi[tahrir]

Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi awalambor markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bogʻliq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar oʻz tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastawal ixcham davlat maʼmuriyatini tashkil etdilar. U podsho dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir xarami va qarorgohi hamda saroy aʼyonlari, navkar va xizmatkorlarining turar joylari boʻlardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan vazir, mustavfiy, amidul mulk, sohibi shurat kabi oʻnta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II (914—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan, shu bilan birga muayyan bilimlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor boʻlgan savodli asilzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta asrlarnmg oʻziga xos feodal-amaldorlik madaniyati edi. Qadimiy anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha devonlarning vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi. Bunday mulkka „iqtoʻ“, unga ega boʻlgan mulkdorlar „muqtoʻ“ yoki „iqto 'dor“ deb yuritilardi. Iqtoʻ tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va tumanlar hadya etilgan. Iqtoʻ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar: sulolaʼ aʼzolari--amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqtoʻ mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan-naslga oʻtkazilmagan. Iqtoʻdorlar hadyaga berilgan mulklarga hali toʻla egalik qila olmaganlar. Ular iqtoʻ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum qisminigina yigʻib olish huquqiga ega boʻlganlar, xolos. Butun bir viloyat iqtoʻ qilib berilgan noib — vazirga baʼzan oʻz nomi bilan chaqa pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu shubhasiz, 0’z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib edi.

Somoniylar va islom dini[tahrir]

Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini mhoniylarimng hissasi katta boʻldi. Shu boisdan ularning obroʻsi oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda koʻplab ibodatxonalar, shu jumladan jomeʼ masjid, xonaqo (gʻaribxona) va nomozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari oʻqiladigan sajdagoh) lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk ilmgoh madrasalardan bin Buxoro shahrida qad koʻtardi. Buxoroning bu qadimiy madrasasi shaharning Darvozayi Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat maʼnaviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda „ustod“ deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi „shayxulislom“ nomi bilan yanada ulugʻlandi. Ustoddan keyin „xdtib“ lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-feodal xoʻjaligi tarkib topadi.

Somoniylar davlatida mudofaa ishlari[tahrir]

Somoniylar tashqi va ichki dushman xurajlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qoʻshkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda uning xaramini qoʻriqlash uchun turk gʻulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk oʻsmirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan boʻlsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan oʻspirin turk gʻulomining harbiy xizmati maʼlum muddatga va qatʼiy belgilangan tartibda oʻtar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar „hojib“ lavozimiga koʻtarilg Hojiblarning boshligʻi „hojibul hujob“ yoki „hojibul buzruk“ deb yuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojib-ul hujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qoʻshinlarga ega edilar. Harbiy qoʻshin va uning taʼminoti bilan „ariz“ boshliq devoni ariz deb atalgan maxsus mahkama shugʻullanar edi. Ariz qoʻshinlarga maosh berar, uning intizomi, yarogʻ-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi taminoti bilan shugʻullanar edi. Qoʻshinlarga xizmat haqi har uch oyda, yaʼni yiliga toʻrt marta toʻlanar edi.

Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. Oʻrta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi anʼanalariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy qoʻshinlarga ega boʻlgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. Oʻrta asrlarning bu yirik davlati oʻzining boshqaruv tizimi jihatidan shubhasiz Oʻrta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.