Rudakiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rudakiy Abu Abdullo Jaʼfar
Rudakiy Abu Abdullo
Рудаки.JPG
Taxallus: Rudakiy
Tavallud sanasi: 858
Vafot sanasi: 941
Kasb: Forstojik sheʼriyati asoschilaridan
Yoʻnalish: Nazm
Janr: Gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya

Rudakiy Abu Abdullo Jaʼfar fors. ابوعبدالله جعفر بن محمد بن حکیم‌ بن عبدالرحمن‌ بن آدم رودکی (, hozirgi Tojikiston Respublikam Panjakent tumani Panjrudak qishlogʻi 858941) — forstojik shoiri. Forstojik sheʼriyati asoschilaridan biri. Yoshligidan sheʼriyat va musiqaga ixlos qoʻygan, adabiyotni, arab tilini oʻrgangan. Zamonasining mashhur cholguchisi Abul Abbos Baxtiyordan musiqa boʻyicha taʼlim olgan; barbat, chang , ud, rud kabi cholgʻu asboblarini chalishni oʻrgangan. R.ning sheʼriyat va musiqadagi mahoratini eshitgan Buxoro hokimi Nasr ibn Ahmad Somoniy uni saroyga taklif etgan. R. Buxoroda vazir Abul Fazl Balʼamiy homiyligida ijod qilib, sanʼatda katta obroʻ qozongan. R. 40 yil saroyda shoirlarga boshchilik qilgan. Uning tugʻma koʻr boʻlganligi haqida naqllar bor. Aslida saroydagi igvo va fitnalar tufayli dushmanlari R.ning koʻzlariga mil tortib koʻr qilgan, mol-mulkini talab, oʻzini Buxorodan badargʻa qilishga erishganlar. Qarigan chogʻida R. uz qishlogʻiga qaytib, faqirlikda umr kechirgan.

Manbalarda R. sheʼriyati 100 000 baytdan iboratligi qayd etilgan. Pekin bizga qadar uning 1000 bayt asari (2 qasida, 50 ruboiy, sheʼr va dostonlari) yetib kelgan. R. Movarounnahrda oʻz sheʼrlaridan devon tuzgan ilk shoir hisoblanadi. "Boʻi joʻi Moʻliyon oyad hame" ("Moʻliyon arigʻining isi kelmoqdadir") misrasi bilan boshlanadigan gʻazali unga favqulodda shuhrat keltirgan. Unga 120 shoir tazmin bitgan, lekin birortasi R. darajasiga koʻtarila olmagan. "Modari may" ("Mayning onasi") qasidasi ham mashhur. R. forstojik sheʼriyatining deyarli barcha shakllarini ishlab bergan. Sheʼrlari gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya, pandu hikmat, hasbi hol, mazammat, hajv hamda chistoy janrlarida yozilgan. "Sindbodnoma" (933), "Qarilikdan shikoyat" avtobiografik asarlari tuda holda, "Kalila va Dimna", "Davroni falak" va b. bir necha masnaviylaridan parchalar yetib kelgan. Kdd. manbalarda R.ning "Aroisannafois" ("Nafis kurtaklar") dostoni boʻlganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. R. va uning izdoshlari forsiy sheʼriyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.

R. aruzni chuqur oʻrganib, uni xalq orasida keng tarqalgan qoʻshiklarga tatbiq qilish natijasida 9 ta yangi vaznlar kashf etgan. Ularning koʻpchiligi xalq qoʻshiklarining barmoq vaznlari asosida tuzilgan. R. ruboiylari janrning barcha talablariga javob beradigan dastlabki ruboiylardandir.

Dunyoning tuzilishi, hayot hodisalari, inson feʼlatvori, xattiharakatlari haqida falsafiy xulosalar chiqarish, pandnasihat shoir sheʼriyatining yetakchi xususiyati hisoblanadi. R. ishqu muhabbatni ham baland pardalarda kuylagan, dunyoviy sevgini ulugʻlagan. U peyzaj lirikasining ham ustalaridan. Dunyo, zamon, inson mavzusi, turli illatlardan shikoyat motivlari ham R. ijodida, xususan, umrining oxirida yaratgan sheʼrlarida koʻp uchraydi. Sheʼrlari Munirxon Muinzoda (1957) va Sh. Shomuhamedov (1988, 1994) tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shoir haqida "Rudakiy" dramasi va "Shoirning qismati" kinofilmi yaratilgan. R. nomida Tojikiston Davlat mukofoti taʼsis etilgan.

Rudaki Tomb in Panjkent-after restored.jpg
Rudaki Park, Dushanbe, Tajikistan.JPG
Statue of Rudaki.jpg

Manbalar[tahrir]

  • Rudakiy, T., 1957; Injular ummoni, T., 1988.

Ad., Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997; Davlatshoh Samarqandiy, Shoirlar boʻstoni, T., 1981; Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967; Shomuhamedov Sh., Odamiylik inshosi, T., 1984.

Ergash Ochilov.