Mirzo Ulugʻbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Mirzo Ulugʻbek
Mirzo Ulugʻbek sharafiga pochta markasi
Mirzo Ulugʻbek sharafiga pochta markasi
Tavalludi 22-mart, 1394-yil(1394-03-22)
Sultoniya, Eron
Vafoti 27-oktabr, 1449-yil(1449-10-27) (55 yoshda)
Samarqand yaqinida
Istiqomat joylari Koʻk Saroy, Samarqand
Millati turkiy
Sohasi Siyosat, astronomiya, matematika
Mashhur ishlari Ziji jadidi Koʻragoniy, sferik geometriya, trigonometriya

Mirzo (keyinchalik Sulton) Muhammad ibn Shohruh ibn Temur Ulug'bek Ko'ragon - Temuriylar davlatining hukmdori, Shohruhning o'g'li. Buyuk astronom va matematik boʻlgan.

Mundarija

[tahrir] Shaxsiyati

Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning sevimli nabirasi va Shohrux Mirzoning o‘g‘li bo‘lib, asl ismi Muhammad Tarag‘aydir. Yoshligidan uni “ulug‘ bek” deya izzat qilishgan va yosh shahzoda keyinchalik ayni shu nom bilan mashhur bo‘lgan. Xat-savod, diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari yosh Muhammad Tarag‘ayga begona emas edi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim bo‘lsa ham, Temur saroyida hukm surgan an’anaga ko‘ra shahzoda sohibqironning katta xotini Saroymulkxonim tarbiyasiga topshiriladi. 3-4 yoshlaridayoq shayx Orif Ozariy unga murabbiy qilib tayinlanadi.

[tahrir] Hukmdorlik yillari

Temur vafotidan so‘ng temuriylar o‘rtasida hokimiyat uchun jang avj oldi. Kurashlar natijasida Xuroson va Movarounnahrda ikki mustaqil davlat yuzaga keldi. 1409-yilda Ulug‘bek markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrga hukmdor bo‘ldi. Ulug‘bek bobosi kabi harbiy yurishlar qilmadi. 1425-yilda Shermuhammadxonni yengib, 1427-yilda Baroqxondan mag‘lub bo‘lgach, 20 yil mobaynida harbiy yurish amalga oshirmadi.

[tahrir] Me’morchilik ishlari

Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishi bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda va 1433-yilda G‘ijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulug'bek karvon-saroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biri Ulug‘bek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulug‘bek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Ko‘hak tepaligida bunyod etilgan.

[tahrir] Ilmiy-madaniy merosi

Ulug‘bek ilm-fan olamida buyuk astronom sifatida mashhur. Bu borada u amalga oshirgan eng buyuk ish Ziji jadidi Koʻragoniy deb nomlangan astronomik jadval sanaladi. Ulug‘bek tibbiyot va musiqa bilan qiziqqan, she’rlar ham yozgan. Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida uning she’rlaridan namunalar keltirilgan. Olimdan bizga 4 ta asar meros qolgan: 1) “Ziji jadidi Koʻragoniy” – astronomiyaga oid; 2) “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola” – matematikaga oid; 3) “Risolayi Ulug‘bek” – yulduzlarga bag‘ishlangan; 4) “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) – tarixga oid.

Ulug‘bek davrida ko‘pgina asarlar arab va fors tilidan eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan. U tashkil etgan boy kutubxonada 15000 dan ortiq kitob bo‘lgan.

[tahrir] Havolalar

Temuriylar sulolasi

Moveraunnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohruh (1405 - 1447)
Ulug`bek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Maxmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yadig`or Mohammad (1469 - 1470)
Xuseyn Bayqara (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda