Husayn Boyqaro
Husayn Boyqaro (Husayniy) (1438-yil, Hirot—1506-yil, 4-may, Bobo-Ilohi, Hirot yaqinida) - taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469-yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.
Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.
«Risola» nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi.
Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov va boshqalar shugʻullanganlar.
Nashr qilingan asarlari [tahrir]
Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva) — T.: 1968;
Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). — T.: 1993;
Ilmiy adabiyot [tahrir]
H.Arasli. Husayn Boyqaro risolasi haqida. Oʻzbek tili va adabiyoti" jurn. 1968, № 3;
Oʻzbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. T.1. — T.: Fan, 1978.