Toʻrtkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻrtkoʻl (1873-1918 y.larda PetroAleksandrovsk) — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanidagi shahar, tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Toʻrtkoʻl (4 km). Aholisi 50,8 ming kishi (2004).

T. Amudaryoning oʻng sohilida oʻrnashib olgan mustamlakachi rus harbiylari tomonidan qad. Toʻrtkoʻl qishlogʻi oʻrnida 1873 y. 13 avg .da qalʼa sifatida barpo qilingan va rus podsholari sharafiga PetroAleksandrovsk deb nomlangan. Shahar qurish uchun xon devonbegisi Matniyoz (Muhammad Niyoz)ga qarashli yerlarning 3227 tanobi (Amudaryo sohilidan 12 chaqirim narida) tortib olingan. Shahar qatʼiy plan asosida toʻrtburchak (toʻrt gul — kvadrat) shaklida qurilgan (T. nomi shundan). Mahalliy rivoyatlardan birida shahar nomi "Durgil" forsiy "Durri gil" — serxrsil, oltin tuproq maʼnosida talqin etiladi. Shaharda rus harbiy qoʻshinlari joylashgan, strategik jihatidan qulay yerdagi bu shahar podsho Rossiyasi tomonidan Sirdaryo viloyati Amudaryo boʻlimining siyosiymaʼmuriy va harbiy boshqarmasi karorgoxiga aylantirildi.

1925 y.dan T. Qoraqalpogʻiston Muxtor viloyatining maʼmuriy markazi, 1932 y.dan Qoraqalpogʻiston ASSRning birinchi poytaxti boʻldi. Daryo suvining qirgʻoqni yuvishi natijasida oʻng qirgʻoq yemirilib Amudaryo T.ga yaqinlashib kela boshladi. 1925 y.da Amudaryo T.dan 8 km uzoqlikda oqib oʻtgan boʻlsa, 1934 y.da suv shahardan atigi 500—800 m naridan oqib oʻta boshladi. 1938—40 y.lar mobaynida daryo qirgʻogʻining yuvilishiga qarshi olib borilgan choralarga qaramay shaharni suv yuvib ketdi va 1949 y.da shahar yangi joyga koʻchirildi. 1932 y.da Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti T.dan Nukusta koʻchirilgan.

T. iqtisodiy va madaniy jihatdan Qoraqalpogʻistonning rivojlangan shaharlaridan biri. Shaharda "Agromashtaʼmir", paxta tozalash zdi, "Toʻrtkoʻlteks", "Toʻrtkoʻlyogʻ", "Toʻrtkoʻlmoy" qoʻshma korxonalari, temirbeton zdi, "OsiyoToʻrtkoʻl" korxonasi, 2 avtokorxona, Yonbosh suvqurilish, 1qurilish boshqarmalari, 3 qurilish koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna, 3 MTP bor. Shuningdek, tuman hokimiyati binosi, supermarket, "Nihol", "Navbahor", "Zarafshon", "Orom" kafelari, "Yusupota" choyxonasi, Tantanalar uyi, avtovokzal va temir yoʻl vokzali, madaniyat saroyi, "Yoshlik" madaniyat va istirohat bogʻi, oʻlkashunoslik muzeyi, 2 uymuzeyi, 2 madaniyat uyi, 8 kutubxona, markaziy maydonda "Mustaqillik", "Motamsaro ona", "Baynalminal jangchilarga" yodgorliklari mavjud. 11 umumiy taʼlim, biznes, sanʼat maktablari va b., sanatoriy, maktabinternat, tibbiyot, bank, q.x. maishiy xizmat, yengil sanoat kasbhunar kollejlari faoliyat koʻrsatadi. T.da Toshkent iqtisodiyot untining oʻquv konsultativ punkti ishlab turibdi.

Stadion (20 ming oʻrin), markaziy kasalxona (625 oʻrin), tez tibbiy yordam markazi boʻlimi, sil va teritanosil kasalliklari dispanserlari, bolalar va ayollar konsultatsiyasi, poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, "Doridarmon" va b. dorixonalar mavjud. T. respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻli yonida joylashgan. Toshkent—Nukus yoʻnalishidagi poyezdlar T. orqali oʻtadi. Havo transporti T.ni Nukus, Buxoro, Samarkand, Toshkent sh.lari bn bogʻlaydi. Elektr energiyasi Taxiatosh issiklik elektr styadan olinadi.

Shahar
Toʻrtkoʻl
Toʻrtkoʻl, qoraqalp. To‘rtku‘l, Төрткүл
Mamlakat Oʻzbekiston
Mintaqa Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Koordinatalari 41°33′0″N 61°0′0″E / 41.55000°N 61.00000°E / 41.55000; 61.00000Koordinatalari: 41°33′0″N 61°0′0″E / 41.55000°N 61.00000°E / 41.55000; 61.00000
Avvalgi nomlari Petroaleksandrovsk
Qachondan beri shahar 1873
Aholisi 38 200 
Vaqt mintaqasi UTC+5
Toʻrtkoʻl (Oʻzbekiston)
Toʻrtkoʻl

Toʻrtkoʻl (To‘rtko‘l, Тўрткўл, qoraqalp. To‘rtku‘l, Төрткүл) — Qoraqalpogʻistondagi (Oʻzbekiston) shahar. Amudaryoning oʻng sohilida joylashgan.

1873-yili Amudaryoning oʻng sohili Xiva xonligidan Rossiyaga oʻtgach, Toʻrtkoʻl xiva qalʼasi oʻrnida Rossiya imperiyasining Sirdaryo viloyati tarkibida Petroaleksandrovsk shahri ((dastlab — Petro-Aleksandrovsk istehkomi)) bunyod etildi.

Petro-Aleksandrovsk istehkomi Amudaryoning xiva tomonida aroq ishlab chiqarish va uni kontrabanda yoʻli bilan rus tomonga etkazishni taʻqiqlash[1], yoki chorvani oʻgʻirlash uchun daryoni kesib oʻtgan oʻgʻrilarni qidirish topish va jazolash[2] masalalari boʻyicha xiva xoni bilan yozishma olib borgan Turkiston harbiy okrugining Amudaryo boʻlimi boshligʻining qarorgohiga aylandi.

Petroaleksandrovsk uyezd shahrining gerbi 1909-yil 21-aprelda Sirdaryo viloyatining boshqa gerblari bilan birga tasdiqlandi.

1920-yili Petroaleksandrovsk Toʻrtkoʻl nomi bilan nomlandi. 19321939-yillarda — Qoraqalpogʻiston ASSR poytaxti.

1949-yili sohilning yuvilishi natijasida shahar koʻchirildi.

Hozirgi vaqtda Toʻrtkoʻl — Qoraqalpogʻistonning yirik shaharlaridan biri. 2010-yil yozida shaharda yirik oziq-ovqat-buyum bozori ochildi. Shahar oʻz TVsiga ega. Toʻrtkoʻl tumanida 6 ta kollej mavjud: Toʻrtkoʻl bank kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-pedagogika kolleji, Toʻrtkoʻl tibbiyot kolleji, Toʻrtkoʻl qishloq xoʻjalik kolleji, Toʻrtkoʻl sanoat-qurilish kolleji va Toʻrtkoʻl akademik litseyi.

Eslatmalar [tahrir]

  1. О возделывании водки в Хиве (усл.). Письмо начальника Аму-Дарьинского отдела Туркестанского военного округа Хану Хивинскому. 4 ноября 1874 г., № 420
  2. О краже туркменами имущества каракалпаков (усл.) Письмо начальника Аму-Дарьинского отдела Туркестанского военного округа Хану Хивинскому. 28 ноября 1874 г., № 3579