Abbosiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abbosiylar Horun Ar-Rashid davrida (786809)


ABBOSIYLAR — arab xalifalari sulolasi (750—1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim harakati natijasida hokimi-yat tepasiga kelgan. Dastlabki poytax-ti — Kufa sh. "Saffoh" ("Xunrez") laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul-Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ik-kinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Ja’far Mansur (754—775) Bag‘dod sh.ga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chiradi. A. hukmronligining dastlabki davri-da savdo-sotiq rivojlanadi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylana-di, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, mat., tabiiyot va b. fanlarga oid ko‘plab asar-lar yaratiladi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Mag‘ribdan to Movarounnahrgacha A. qo‘l ostiga o‘tadi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qud-ratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Ma’mun zamoni A. sulolasining gullagan davri edi. 9-a.ning ikkinchi yarmidan boshlab A. xalifaligi zaiflasha boshladi. 10-a. ning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat A. qo‘lida qoddi. Harbiy kuchlar turk sarkar-dalari qo‘liga o‘tib ketdi. Ular xohlagan vaqnlarida xalifalarni almashtira olar edilar. 10-a. o‘rtalariga kelib A. siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xa-lifasi (payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945) Bag‘dodni o‘z qo‘liga oldi, lekin ular A.ning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar tomoni-dan bosib olingandan keyin A. siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va din-ning mavqei mustahkamlandi. 1258 y. mo‘g‘ullar Bag‘dodni vayron qilib, A.ni tamoman tor-mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i bilan Abbosiy xalifa-larning so‘nggisi — Musta’sim qatl etildi. A. sulolasining qolgan vakil-lari esa Misrga qochdi. Mamluk sulton-lari davrida (turklar 1517 y. Misrni olgunga qadar) A. Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 y. Mamluk sultoni Beybars A.dan biri al-Mustansirni xalifa deb e’lon qildi. 1517 y. A.ning avlodi Mutavak-kil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlari-ga topshirgan. A. dan 37 kishi xalifa bo‘lgan.[1]

Abbosiylar arab xalifalari sulolasi (750—1258), Muhammad (sav) ning amakilari Abbos avlodlari. Abu Muslim qo‘zg‘oloni natijasida hokimiyat tepasiga kelgan. Dastlabki poytaxti — Kufa shahri „Saffoh“ („Xunrez“) laqabi bilan mashhur bo‘lgan Abul Abbos Abdulloh sulolaning birinchi xalifasi edi. Ikkinchi xalifa Saffohning ukasi Abu Jaʼfar Mansur (754—775) Bag‘dod shahriga asos solib, poytaxtni shu yerga ko‘chirdi. Abbosiylar hukmronligining dastlabki davrida mulkchilik munosabatlari o‘sib, savdo-sotiq rivojlandi. Bag‘dod Sharqning yirik savdo markaziga aylandi, ilm-fan ravnaq topib, falsafa, matematika, tabiiyot va boshqa fanlarga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Andalusiya (Ispaniya) dan tashqari butun musulmon mamlakatlari — Mag‘rib, Hindiston, Movarounnahr Abbosiylar qo‘li ostiga o‘tdi. Bular xalifalikning iqtisodiy negizini, siyosiy va harbiy qudratini mustahkamladi. Ayniqsa Horun ar-Rashid va uning o‘g‘li Maʼmun zamoni Abbosiylar sulolasining gullagan davri edi. 9-asrning ikkinchi yarmidan boshlab Abbosiylar xalifaligi zaiflasha boshladi, Afrikada ag‘labiylar, Misrda tuluniylar, Xuroson va Movarounnahrda somoniylar Abbosiylar xalifaligidan ajrab chiqdilar. 10-asrning boshiga kelib faqat Bag‘dod va uning atroflaridagina siyosiy hokimiyat Abbosiylar qo‘lida qoldi. Harbiy kuchlar turk sarkardalari qo‘liga o‘tib ketdi. Ular xohlagan vaqtlarida xalifalarni almashtira olar edilar.

10-asr o‘rtalariga kelib Abbosiylar siyosiy hokimiyatni tamoman qo‘ldan boy berib, musulmonlarning diniy xalifasi (payg‘ambar o‘rinbosari)gina bo‘lib qoldilar. Erondagi buvayhiylar (945 yil) Bag‘dodni o‘z qo‘liga oldi, lekin ular Abbosiylarning mavqei bilan hisoblashar edi. Bag‘dod saljuqiy-sunniylar tomonidan bosib olingandan keyin Abbosiylar siyosiy hukmronligi qisman tiklandi va dinning mavqei mustahkamlandi. 1258 yil mo‘g‘ullar Bagʻdodni vayron qilib, Abbosiylarni tamoman tor-mor keltirdi. Mo‘g‘ul xoni Huloku buyrug‘i bilan Abbosiy xalifalarning so‘nggisi -Mustaʼsim qatl etildi. Abbosiylar sulolasining qolgan vakillari esa Misrga qochdi. Mamluk sultonlari davrida (turklar 1517 yili Misrni olgunga qadar) Abbosiylar Qohirada muqaddas kishilar sifatida yashab keldilar. 1261 yili mamluk sultoni Beybars Abbosiylardan biri al-Mustansirni xalifa deb eʼlon qildi. 1517 yil Abbosiylarning avlodi Mutavakkil III Istanbulga keltirilib, u diniy rahnamolik huquqini turk sultonlariga topshirgan. Abbosiylardan 37 kishi xalifa bo‘lgan.

Abbosiy halifalar roʻyxati[tahrir]

Asosiy maqola: Abbosiy halifalar.

.gtjw

Manbalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil