Ibn Battuta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Battuta, Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. I.B. 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. I.B. 1325 y. yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332 y. uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra I. B. Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (I. B. Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 y. lar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 y. larda Sudanga sayohat qilgan.

I. B. oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geogr. si, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. I. B. yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi b-n baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan.

I. B. fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo reorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar I. B. zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. I. B. asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. I. B. faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.

Adabiyot[tahrir]

  • Ibragimov N., Ibn Battuta i yego puteshestviya po Sredney Azii, M, 1988.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil