Moʻynoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Moʻynoq — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoqtumanidagi shahar (1963 y. 27 iyuldan). Tuman markazi. Qoraqal-pogʻistonning eng shim. shahri. Orol dengizining suvi chekinmasdan avval dengizning jan.-gʻarbiy soqilida joylashgan edi. Nukus sh.dan 180 km shim-.da, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻngʻirot (100 km). Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —7,4°, iyulniki 26,3°. Kuchli shamollar boʻlib turadi. Aholisi 13,6 ming kishi (2000). Oʻtmishda shahar sanoatida hunarmandchilik asosiy oʻrin tutgan. Konserva k-ti, paxta tozalash, non zavodlari, bosmaxona, madaniy va maishiy xizmat shoxobchalari, umumiy taʼlim maktablari, sanoat transport kasbhunar kolleji, biznes maktabi, kutubxona, klub, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion, choʻmilish xavzasi, kasalxona bor. Orol dengizining M.dan uzoklashishi, murakkab ekologik holat shahar qurilishiga, sanoatning rivoji va madaniy hayotiga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil