Labihovuz ansambli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Labihovuz ansambli - Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (17-a.). Dastlab bozor maydoni boʻlgan. Maydon oʻrtasida katta qovuz qazilib (1620 y.) atroflari sinchlar bilan mustahkamlangan, harsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shagʻal va tuproq bilan toʻldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., boʻyi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning gʻarbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shim.da Koʻkaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi ( saqlanmagan) qad koʻtargan. Hoz. hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar taʼmirlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil