Salavkiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buyuk Iskandar imperiyasining Ipsdagi jangdan keyingi (mil.av. 301-yil) boʻlinishi; sariq rang bilan Selevkiylar imperiyasi koʻrsatilgan

Selevkiylar sulolasi, mil.av. 312 — 64-yil Gʻarbiy Osiyoda ellinlik (yunon-makedon) davlatlarining biriga hukmdorlik qilgan. Poydevorini Selevk I Nikator qalagan. Poytaxti — Selevkiya, keyinchalik Antioxiya boʻldi. Selevkiylar sulolasini davlatining tarkibiga Suriya, Mesopatamiya, Kichik Osiyoning bir qismi, Eron togʻli oʻlkasi, Markaziy Osiyoning bir qismi kirdi. Davlatda dehqonchilik, chorvachilik, uzum etishtirish, toʻqimachilik, metalga ishlov berish, hunarmandchilik yahshi rivojlandi, katta shaharlari koʻp boʻldi. Selevk I-ning toʻngʻich merosxoʻrlari vaqtida Kichik Osiyoda — Pergam, Kappadokiya, Vifiniya, Pont bo'linib chiqdi. Ichki nizolardan Selevkiylar sulolasi zaiflashib, ko'pgina hududlaridan ayrilib qoldi. Mil.av. 64-yili Selevkiylar sulolasi davlatining eng so'ngisi (Suriya) Rim provinsiyasiga aylandi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil