Cherkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sankt-Peterburgdagi Nikolay sulolasining cherkovi

Cherkov (yun. kyriake — xudoning uyi) — 1) xristianlikdati maxsus diniy tashkilot. Oʻz diniy aqidalari va marosimlari tizimiga ega. Ch. iyerarxik tarzda boshqariladi. Ch.ga mansub kishilar ruhoniylar va oddiy dindorlarga boʻlinadi. Xristianlik Ch.ni "Isoning ilohiy tanasi", unga eʼtiqod kiluvchilar shu tana aʼzolaridir, Iso esa shu tananing boshi deb taʼlim beradi. Ch. dindorlar uyushmasi bulib, sirli marosimlar (xususan, non va vino totish marosimi)da inson bilan xudoning birgalikdagi ishtiroki orqali ularning birlashib ketishi amalga oshiriladi, deb tasavvur qilinadi. Yirik xristian Ch.lari — pravoslav Ch.i (q. Pravoslaviye), katolik Ch.i (q. Katolitsizm), protestant Ch.i (q. Protestantizm) va b.; 2) xristian dinida ibodat qilish uchun maxsus qurilgan bino. U mehrobli qism va unga tutash zal — dindorlar ibodatga tuplanadigan xonadan iborat. Turli xalklarda Ch. binolarining turli tiplari vujudga kelgan. Shahar yoki monastirnpng bosh Ch.i sobor deb ataladi. Lyuterchilar Ch.i, odatda, kirka yoki kirxa, polyak katolik Ch.i kostyol deyiladi. Oʻzbekistonda 160 ta xristian Ch.i faoliyat kursatadi (2004).

Cherkov — xristian dinining urf-odatlari va ibodatlari uchun barpo etilgan imorat. Xristian dinining koʻp asrlik rivojlanish tarixida har bir xalqda har turli cherkov turlari shakllangan. Umumiy cherkovga oʻrtoq belgi Sharqqa yoʻnaltirilgan mixrabli qismi va unga qo'shimcha ibodat qiluvchilarga atalgan xonasi boʻladi. Cherkov undan boʻlak Kapella, Kripta, Pridel, Trapeznaya, va boshqa boʻlaklardan tashkil topgan. Shaharning bosh cherkovi „Sobor“ deb ataladi. Lyuteranli cherkov — kirxa, polyaklarda katolik cherkovi — kastel deb ataladi.