Rishton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahar
Rishton
oʻzb. Rishton
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Fargʻona
Koordinatalari 40°21′24″N 71°17′5″E / 40.35667°N 71.28472°E / 40.35667; 71.28472Koordinatalari: 40°21′24″N 71°17′5″E / 40.35667°N 71.28472°E / 40.35667; 71.28472
Ilk eslatilishi X asr
Avvalgi nomlari Kuybishevo (1937 - 1977)
Aholisi 22 580 
Milliy tarkibi tojiklar, oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Rishton (Oʻzbekiston)
Rishton

Rishton — Fargona viloyati Rishton tumanidagi shahar (1977-yildan). Tumanning maʼmuriy markazi. Viloyatning gʻarbida, Soʻx daryosining oʻng sohilida, Qoʻqon — Fargʻona avtomobil yoʻli yoqasida joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Furqat (12 km). Rishtondan Fargʻonagacha — 52 km. Aholisi 30,9 ming kishi (2003). Aholisi va xoʻjaliklari Soʻx — Shohimardon, Jonobod kanallari va artezian quduqlardan suv oladi.

Tarixi[tahrir]

Rishton XVIII asrda yirik harbiy va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan qalʼa. Bu yerda Xitoy, Hindiston, keyinchalik rus savdogarlari toʻxtab oʻtganlar. Rishtonda qadimdan kulolchilik rivojlangan. Mashhur Rishton kulollarining mahsulotlari Sharq bozorlarida juda haridorgir boʻlgan. Hozirgi kunda ham Rishton ustalari tomonidan ishlangan sopol lagan, shokosa, koʻzalar va sopoldan ishlangan badiiy buyumlar respublikadan tashqarida ham mashhur.

Rishton shahri Fargʻona viloyatidagi qadimiy shaharlardan biridir. Bu yerda mashhur fiqhshunos Burhoniddin ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy tavallud topgan (shahardagi "Chinigaron qabristonida uning ramziy maqbarasi barpo etilgan).

Hozirgi holati[tahrir]

Rishtonda yigiruv toʻquv fabrikasi, MTP, badiiy kulolchilik buyumlari zavodi va yuzlab xususiy kulolchilik kichik sexlari, 3 mingdan ziyod yakka tartibdagi hunarmandlar, Oʻzbekiston BA tasarrufida „Us to Abdullo“ korxonasi ishlab turibdi. Dehqon va buyum bozorlari faoliyat koʻrsatadi.

Shaharda 6 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, 1 litsey bor. Tuman hokimiyati binosi, davlat va maʼmuriy tashkilotlar, 2 madaniyat uyi, markaziy stadion, markaziy kasalxona, 2 poliklinika va b. tibbiy muassasalar, bir qancha savdo, madaniy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil