Qoraxoniylar davlati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

10-asr oxirida Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy millatlar - qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960 yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ra boshchiligidagi qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abuali Simjur o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab bo`lgan. Natijada qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan. 1005 yilgacha somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir qoraxoniylar bilan muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani ta'minlagan. Bog`dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z hukmronligini o`rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach qoraxoniylar dehqonlar tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g`aznaviylar davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, 11-asr oxirida esa saljuqlarning kuchaygan davlatiga tobe bo`lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda joylashgan, so`ngra Samarqandga ko`chirilgan. Buoro ham Samarqandga tobe bo`lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko`plab binokorlik ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan, musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo`shishgan.


Qoraxoniylar davlati, xoniylar yoxud Xoqoniylar davlati — Sharqiy Turkiston, yettisuv va Tyanshanning jan. yon bagʻrida tashkil topgan davlat. Qoraxoniylar sulolask boshqargan. Qd.ning barpo etilishida qarluq, chigʻil va yagʻmo qabilalari yetakchi rol oʻynagan.

Q.d.ning saltanat darajasidagi rivoji va taraqqiyoti 10-a.ning 2-yar-miga toʻgʻri keladi. Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon hokimiyatni egallab, oʻzini "Qoraxon" deb eʼlon qiladi. Bugʻroxondan keyingi barcha xonlar ham ushbu un-von bilan ulugʻlangan.

Mazkur davlat chegarasida islom dini keng yoyilgan. Qoraxoniylar oʻz davlat chegarasini somoniylar sulolasiga tegishli hududlar hisobiga kengaytirish siyosatini olib borishgan. Somoniylar hokimiyati bu vaktga kelib, chuqur siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga yuz tutib zaiflashib qolgan edi. Ana shunday vaziyatda qoraxoniylar somoniylar poytaxti Buxoroni deyarli qar-shiliksiz ishgʻol etishadi. Biroq, Hasan Bugʻroxon betobligi tufayli Buxoroda uzoq turmay, Qashqarga qaytishda yoʻlda vafot etadi. 996 y. qoraxoniylar yana Movarounnahr sari yurish boshlaydi. Gʻaznaviylar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida oʻrtada shar-tnoma tuzilib, unga koʻra, Sirdaryo hav-zasi qoraxoniylar qoʻliga oʻtadi. Amudaryoning jan.dagi yerlarda va Xuroson hududida Sabukteginsh hukmronligi oʻrnatiladi. Somoniylar ixtiyorida esa Movarounnahrning markaziy qis-migina qoladi. Somoniylar hokimiyati tugatilgach, 10-a. oxirlariga kelib, Q.d. Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridan to Yettisuv, sharqda esa Torim daryosigacha boʻlgan katta hududga egalik qiladi. Amudaryo Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati oʻrtasida chegara boʻlib qoladi. Lekin ushbu 2 turkiy davlat oʻrtasida ham Xuroson hududi uchun oʻzaro urushlar boʻlib oʻtadi. 1006 va 1008 y.larda qoraxoniylar Xurosonga qoʻshin tortib, Balx, Tus va Nishopur sh.ni zabt etadi. Lekin Sulton Mahmud Gʻaznaviy qoraxoniylarga zarba berib, Xurosonni oʻz qoʻlida saqlab qoladi. Gʻaznaviylar keyinchalik dastlab oʻzlari yer berib, homiylik qilgan saljuqiylar bilan zid-diyatga kirishib, oʻrtada katta harbiy toʻqnashuvlar yuz beradi. 1040 y.da esa Dandanakon jangiaa gʻaznaviylar saljuqiylar tomonidan qaqshat-qich zarbaga uchrab oʻzlarini qaytib oʻnglay olmaydi. Gʻaznaviylar davla-tini bu inqirozidan, qoraxoniylarning mahalliy hukmdori Ibrohim Boʻritegin foydalanib qoladi. U dastlab Xuttalon, Vaxsh va Chagʻoniyonni gʻaznaviylardan tortib oladi. Keyinchalik butun Movarounnahrni va Fargʻonani oʻziga boʻysundi-rib mustaqil siyosat olib boradi. Oqibatda Q.d. 1041 y.ga kelib 2 mus-taqil davlatga: sharqiy va gʻarbiy qismga boʻlinib ketadi. Sharqiy qis-miga Yettisuv, Qashqar, Taroz, isfijob, Shosh va Sharqiy Fargʻona kirgan. Poytaxti Bolasogʻun, madaniy markazi Qashqar boʻlgan. Gʻarbiy qism Movarounnahrdan to fargʻona vodiysining gʻarbiy chegarasigacha boʻlgan yerlarni oʻz ichiga oladi. Markazi Samarqand hisoblangan.

Yagona Q.d. bu tarzda ikkiga boʻlinishi va ular oʻrtasida sulolaviy kurashlarning davom etishi, yerdan foydalanishga iqto tartibotining keng yoyilishi va mahalliy hokimlarning kuchayishi markaziy hokimiyatni zaiflashtirib qoʻyadi. Natijada Q.d. 1130 y. saljuqiylar hukmdori Sulton Sanjarga tobe boʻlib qoladi. 12-a.ning 30-y.lari oxirida Q.d. sharqdan kelgan yangi istilochilar — koʻchmanchi qoraxitoylar hujumiga du-chor boʻlib, parchalanib ketdi. Lekin Q.d., garchi tarqoq holda boʻlsa-da, 13-a. boshiga qadar mavjud boʻlgan. 1212 y.da qoraxoniylarning soʻnggi vakili Usmon ibn Ibrohimning Aloud-din Muhammad Xorazmshoh tomonidan qatl etilishi qoraxoniylarni sulola sifatida rasman barham topi-shiga olib keldi.

Q.d. vujudga kelgan dastlabki vaqtda, uning etnik asosi va aholisining tarkibini Yettisuv, Isfijob, Shosh, Sharqiy Turkistonning gʻarbiy qismi, Fargʻonaning shim.-sharqiy hududlarida yashovchi qarluq, chigil, xalach, toʻxsi va argʻun kabi koʻplab qabilalar tashkil etgan. Qoraxoniylar keyinchalik Movarounnahr uzra oʻz hukmronligini oʻrnatgach, oʻlkalarda qadimdan yashab kelayotgan oʻtroq va koʻchmanchi aholini, mazkur yagona davlatning umumiy chegaralarida oʻzaro bir-biriga yaqinlashish va aralashib borish jarayoni tezlashdi. Ularning iqtisodiy, madaniy hayoti, bir-biri bilan aloqa-dorlikda rivojlana bordi. Tub yerli aholi taʼsirida yarim koʻchmanchi va yarim oʻtroqlikda yashab kelgan etnik guruhlar oʻtroqlashib dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shugʻullanadilar.

Bu obʼyektiv voqea-hodisalar natijasida oʻzbek xalqining etnik, hududiy va madaniy jihatdan belgilarida umumiylik hosil boʻlib, bu davrda oʻzbek xalqining xalq sifatida shakllanish jarayonining yakuniy bos-qichi yuz berdi (q. Oʻzbeklar).

Maʼmuriy-bosh qaruv tizi-m i . Qoraxoniylar davlatchilik tizimi oʻzidan oldin oʻtgan Turk xoqonligi, Turkesh davlati kabi turkiy davlatlarning davlatchilik tajribasi va anʼanalariga asoslangan. Qoraxoniylar sulolasi davlat boshqaruvida bu tajri-balardan unumli foydalanib, oʻz navbatida, uni rivojlantirib, yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan. Q.d. dastlab tashkil topgan vaktda (9-a. oʻrtasi) maʼmuriy-boshqaruv tizimi, qabilalarning oʻzaro ittifoqi negiziga asoslangan edi. Bunda davlat boshligʻi "yabgʻu" deb nomlangan. Oʻlkadagi barcha qabilalar yabgʻuga boʻysungan, ayni vaqtda yabgʻu oʻzi hukmronlik qilayotgan hududdagi barcha qabilalarni tashqi hujumlardan himoya qilgan. Joylarda har bir qabilani oʻz sardorlari boshqargan. Qabila sardorlari ayni vaqtda, shu qabilani harbiy sarkardasi boʻlib, xoqon noibi hisoblangan. Harbiy hara-katlar vaqtida ular yabgʻuning buyrugʻiga binoan oʻz harbiy boʻlinmalari bilan urushda qatnashishgan.

Vaqt oʻtishi bilan qoraxoniylarning bu maʼmuriy boshqaruv usuli rivojlanib, takomillashib borgan. 10-a.ning oʻrtalariga kelib, Q.d. oʻz tarkibiga qoʻshni qabilalarni ham qoʻshib olib, hududiy jihatdan kengayib, katta siyosiy kuchga aylangach, ularning davlat boshqaruvida ham maʼlum islohotlar yuz berdi. Davlat tepasida odatda "qoraxon" unvoni bilan ulugʻlangan "buyuk xon" oʻtirgan. Xonlik taxtiga ogʻa-inichilik udumi asosida sulolaning eng yoshi ulugʻ kishisi oʻtirgan. Xonlar "qoraxon" unvoni bilan birga tavgʻachxon, arslonxon, bugʻ-roxon kabi faxriy unvonlar bilan ham ulugʻlangan.

Qoraxoniylar davlat boshqaruvi yuqoridan quyiga qarab shakllantirilgan boʻlib, davlat viloyatlarga boʻlib idora qilingan. El-yurt hokimlari eloqxon deb nomlanib, bu unvon egalari "elning oq xoni", yaʼni "buyuk xon" qoraxondan nufuz va darajasiga koʻra keyingi oʻrinda turuvchi "kichik xon" hisoblangan. Elokxonlar xoqon noibi boʻlishsa-da, oʻlkada oʻz nomlari bilan tanga-chaqalar zarb etib, ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishgan. Eloqxonlar orasida, Movaro-unnahr eloqxoni katta obroʻga ega boʻlib, u, odatda, Samarqandda turgan. Bu davrda viloyatlarni "takin" unvonidagi kishilar boshqargan. "Takin" atamasi dastlab qadim turkiylarda xoqon vorisi, valiahdiga nisbatan qoʻllanilib, keyinchalik harbiy lashkarboshilar unvoni sifatida ham ishlatilgan. somoniylar va qoraxoniylar davriga kelib "takin" unvonidagi harbiy lashkarboshilar ayni vaktda biron-bir viloyat noibligini ham boshqargan. Qoraxoniylar davrida takinlarning nufuzi oshgan. Chunki harbiy yurishlar vaqtida ular davlat hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan. Shaharlar boshqaruvi esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar qoʻlida boʻlgan. Ular shaharning ichki hayoti va ijtimoiyiqtisodiy ravnaqi uchunmasʼul hisoblangan. Diniy hayotda islom dini davlat mafkurasi darajasiga koʻtarilgan. Davlatning mustahkamligi va goyaviy birligi uchun qoraxoniylar ruhoniylar bilan yaqin va doʻstona munosabatda boʻlishga intilishgan. Bu davrda imomlar, saidlar, shayxlar va sadrlarga eʼtibor kuchayib, ularning ob-roʻsi nihoyatda baland boʻlgan. Bu esa davlatning siyosiy hayotida ular taʼsirining kuchayishi va vaqf yerlarining kengayishiga olib kelgan.

Madaniyati. Qoraxoniylardavrida turli oʻlkalarning birlashishi fan va madaniyat rivojiga ham imkon berdi. Bu davrda Buxoro, Samarqand, Bolasogʻun, Qashqar, Oʻzgan kabi shaharlar ham maʼmuriy, ham madaniy markaz sifatida ahamiyati oshib, yanada kengayib, rivojlanib borgan. Qoraxoniylar fan va madaniyatning oʻlka hayotidagi muhim oʻrnini anglab unga homiylik qilishgan. Buyuk ipak yoʻli asosidagi hududlararo savdo-sotiq yanada ravnaq topdi.

Shu davrda bunyod etilib, hozirgacha saqlangan Raboti Malik, Masjidi kalon, Minorai kalon, Vobkent minorasi, Jarqoʻrgʻon minorasi, Magʻoki attori masjidi hamda koʻplab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroy kabi inshootlar qoraxoniylar davrida hashamatli binolar qurish sanʼ-ati yuksak darajada taraqqiy etganliginy koʻrsatadi.

Amaliy bezak sanʼati — naqshinkorlik, ganchkorlik va kulolchilik yoʻnalishlari rivojlangan. Adabiyot yuksalgan. Yusuf Xos Hojibt\nt "Qutadgʻu bilig", Mahmud Qoshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" kabi asarlari shu davrda yaratilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991;Korayev O., Istoriya Karaxanidskogo kaganata X — nachalo XIII vv., Frunze, 1983; Muhammadjonov A.R., Oʻzbekistonta-rixi, T., 1994; Shoniyozov Q., Qarluq davlati va qarluqlar, T., 1999.

Behzod Mahmudov.


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.