Guliston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guliston - Sirdaryo viloyatining poytaxti. Guliston shahri 1961-yilda tashkil etilgan. Shahar bir necha qismga boʻlingan: 1, 2,3,4,5 mavzelar, "Ahillik", "Maxalla", "Suvchilar", "Doʻstlik qoʻrgʻoni". Shaharda juda koʻp koʻngilochar joylar, maʼdaniyat va istirohat bogʻlari, Olim Xoʻjayev nomli drama teatr, Guliston markaziy stadioni, Alpomish sport majmuyi, madaniyat va maʼrifat markazi faoliyati koʻrsatishadi.


Guliston (1923 y. va 1952-60 y.larda shahar, soʻngra shaharchaga aylantirilgan, 1961 y. 8 maydan yana shahar) — Sirdaryoviloyatiyaagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mirzachoʻlning jan.-sharqida, 276 m balandlikda, "Doʻstlik" kanali sohilida. Toshkentdan 118 km. G.dan Toshkent—Xovos temir yoʻl oʻtgan. 1895 y.da endigina qurilayotgan Samarqand—Toshkent temir yoʻl yoqasida hozirgi G. oʻrnida dastlabki uylar qad koʻtargan edi. Keyinchalik u yerda ikkita qishloq paydo boʻlib, ularning birlashishidan Mirzachoʻl sh. (1961 y.dan G. deb atalgan) vujudga keldi. Yiliga oʻrtacha 295—300 mm yogʻin yogʻadi, yanvarning oʻrtacha t-rasi —2,5°, minimum t-pa —35°, iyulning oʻrtacha t-rasi 28°, maksimum t-ra 45°. Aholisi 55,3 ming kishi (2000), asosan oʻzbeklar; shuningdek, qozoq, tatar, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi.

Sanoati paxta tozalash zdi, paxta punkti, elevator, sut, yogʻ-ekstraksiya, non zavodlari, yaxna ichimliklar korxonasi, q.x. mashinalari va avtomashinalarni taʼmirlash ustaxonalari, qurilish materiallari k-ti, bosmaxona, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, "Turkiston" qandolatchilik qoʻshma korxonalaridan iborat. Dori-darmon ishlab chiqariladigan "Lichava-Farmsanoat" Oʻzbekiston—Chexiya qoʻshma korxonasi qurildi. G.da Guliston universiteti, tibbiyot kolleji, kasb-hunar va sanʼat bilim yurtlari, qurilish kolleji, 9 umumiy taʼlim maktabi, Sirdaryo teatri, kutubxona, pochta, telefon st-yasi bor. Poliklinika, viloyat markaziy kasalxonasi xizmat koʻrsatmoqda. Oʻn mingtomoshabinga moʻljallangan stadion mavjud.

Shaharda koʻp qavatli turar joylar, jamoat binolari, jumladan "Nikoh saroyi", suzish havzasi, sharqona uslubda qurilgan "Guliston" choyxonasi, akademik litsey, qoʻgʻirchoq teatri binolari va b. bunyod etildi. Shahar hududidan Jarqoq—Toshkent gaz quvuri oʻtgan. Viloyat markazidan barcha tuman markazlari va Toshkentga avtobuslar qatnaydi.[1]

Guliston shahrida 1 ta universitet, 2 ta akademik litsey va 5 ta kollej faoliyat yuritadi.

Guliston shahrida 1ta futbol klub mavjud,


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil