Tojiklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tojiklar
Тоҷик
Collage People of Tajikistan.jpg
Umumiy aholi soni

14 million

Katta aholiga ega mintaqalar
Flag of Afgʻoniston Afgʻoniston 8 000 000 [1]
Flag of Tojikiston Tojikiston 6 373 834 [2]
Flag of Oʻzbekiston Oʻzbekiston 1 165 713 [3]
[4]
Flag of Pokiston Pokiston 1,000,000
Flag of Rossiya Rossiya 200,303 [1]
Flag of Qirg`iziston Qirg`iziston 46 105 [5]
Flag of Qozog`iston Qozog`iston 36 277 [2]
Flag of Ukraina Ukraina 4 255 [3]
Tillar
Tojik tili
Dinlar
Islom
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa forsiy xalqlar

TojiklarMarkaziy Osiyodagi qadimgi xalqlardan biri. Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (4 mln. 898 mingdan ortiq, 2010). Oʻzbekistonda (1 mln. 165 mingdan ortiq, 2000; asosan, Samarkand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Fargʻona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent sh.da), Afgonistonda (3 mln. 700 ming), Xitoyning sharqida, Eron Xurosonida, RFda, Qozogʻistonda va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. T.ning umumiy soni 10 mln.dan ortiq. Asosiy qismi tojikdariy tilida soʻzlashadi. Togʻli Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yagʻnob aholisining asosiy qismi sharqiy eron tillari guruhi oilasiga kiruvchi maxsus shevalarda soʻzlashadi. T., asosan, islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining ismoiliya oqimiga eʼtiqod qiladi.

T.ning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashovchi bir qator etnik guruh va qabilalar, chunonchi sugʻdiylar, baqtriyaliklar, toxarlar, koʻchmanchi sak va skiflar katta taʼsir koʻrsatgan.

Tojikiston T.i shim. va jan. T.ga boʻlinib, har 2 guruh geohududiy kelib chiqishiga qarab yana bir qancha guruhlarga boʻlinadi. Chunonchi: xoʻjandlik, koʻloblik, garmlik, pomirlik, darvozlik, romitlik, vaxonlik, gʻozimaliklik, yovonlik va gʻ.k. Pomirda yashovchi T., turfa dialektlarda soʻzlashishlariga qaramasdan, ular qam oʻzlarini T. ning ajralmas qismi sifatida eʼtirof etadilar.

T.ning xoʻjalik mashgʻuloti kadimdan, asosan, sunʼiy sugʻorishga asoslangan dehqonchilik va bogʻdorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol oʻynagan. Shuningdek, hunarmandchilik: yogʻoch oʻymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, choʻptaroshlik (tovoq, choʻmich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan.

Tojiklar (fors. تاجیک) Tojikiston respublikasining tub xalqi. Tojiklarning umumiy soni — 14 milliondan oshadi. Uning 4,758,400 Tojikistanda, 1,165,713 Oʻzbekistonda, 8,000,000 Afgʻonistonda, 1,000,000 Pokistonda, qolganlari Qozogʻistonda, Rossiyada, Eronda yashashadi. Tojik tilida gapiradi. Tojiklarning deyarli hammasi islom dinining sunnat tarmogʻida. Antropologiyalik taridan Tojiklar Yevropoid irqning pamir-fargʻonalik qatoriga kiradi. Tojiklarning xalq boʻlib shakllanishiga milloddan avvalgi 1-yillikdan boshlangan. Ular erta Baqtriya, Soʻgʻd va Fargʻona vodiysida yashab, dehqonchilik bilan shugʻullangan. 6 asrda Turk hoqonligining tashkil topishi bilan turkning etnik taʼsiri kuchaya boshladi. 8 asrda arab bosqinchiligi natijasida Markaziy Osiyoda Tojiklarning 3 entnik guruhi tashkil topdi: shimolida Sugʻdlar, markazida fargʻonaliklar, janubida toʻxarlar. Bosqinchilarga qarshi kurashish xalqning bir etnik guruhga jamlanishiga turtki boʻldi. 9 — 10 asrlarda Somoniylar davlatining tashkil topishi bilan tojik xalqining shakllanishi nihoyasiga etdi. 10 asrning oxirida turkiy qabilalarining, ichinora mongol qabilalarining tojiklarga taʼsiri natijasida, tojiklarning turkiylanishini tezlatdi.

Женщины г. Худжанда (Таджикистан).JPG Tajik Kids.jpg Настенные вышивки из Панджакента.Таджикистан.JPG
Xujand ayollari qizchalar (milliy kiyim) ayollar Panjakentdan (Kashida)

Manbalar[tahrir]

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V.V., Tadjiki, t. 2,(1), M., 1963; Vamberi A., Ocherki o Sredney Azii. M., 1868; Shishov A., Tadjiki: Etnograficheskiye i antropologicheskoye issledovaniye, T., 1910.