Qarshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
nothumb Qarshi shahri nothumb
240px
[[Image:{{{Shahar_belgisi}}}|140px]]
Tashkil topgan sanasi
Er. av. VIII asr
Maydoni
100 km²
Aholisi
235300 kishi
Shahar hokimi S. Boboev
Pochta indeksi
180100
Telefon kodi
8-10-998-75
Vebsayt www.qarshi.uz

Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) — Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Mayd. 7,5 ming ga. Aholisi 220 ming kishi (2005). Q. Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, 14-asrdan Q. deb atala boshlagan.

"Qarshi" nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V.V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan "Qarshi" (qad. turkiychada "saroy" maʼnosini anglatgan) bilan bogliq deb taʼkidlaydi. "Qutadgʻu bilig" ("Saodatga yoʻllovchi bilim") dostonida "Qarshi" atamasi "saroy" va "qarama-qarshi turish" maʼnosida qoʻllangan. "Boburnoma"da ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning "qarshi" — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Dastlabki shahar Qashqadaryo vohasida "Naxshab" (suv obod qilgan, suv naqsh bergan manzil) nomi bilan mil. av. 7-asrda Yerqoʻrgʻon oʻrnida vujudga kelib, uning atrofi qalʼa devori bilan oʻrab olingan (ushbu qalʼa devorlarining qoldiqlari arxeologlar tomonidan 1999 yil da oʻrganilgan). Shaharning yana bir nomi Novtak — Navtaka — yangi bino deb ham talqin qilinadi. Mil. av. 6-asrda shahar kengayib, ichki devor bilan oʻralib (hoz. saqlangan), mayd. 35 ga ni tashkil etgan. Aleksandr Makedoniyalik bosqini davrida shahar vayron qilingan. Shundan keyin uning vohadagi yetakchi shahar sifatidagi maqomi pasayib borgan. Mil. av. 3—2-asrlarda shahar tashqi qalʼa devori bilan oʻralgan (mayd. 150 ga boʻlgan). 2—1-asrlarda (hoz. temir yoʻl stansiyasi hududida) yangi harbiy-siyosiy markaz maqomini olgan ZahhokiMoron qalʼasi bunyod etildi. Bu qalʼa ham Naxshab nomini olib asta-sekin kengaya bordi (qoldiqlari hoz. Shulluktepa deb ataladi). Kidariylar oʻz qarorgohini 468 yil da yangi Naxshabga koʻchirdilar. 710 yil da arablar shahar (Naxshab arabcha talaffuzda "Nasaf") va uning atrofidagi hududlarni bosib oldilar. 9—13-asrlarda Naxshab (Nasaf) ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan ravnaq topdi. 10-asrda Nasafda oʻsha davr musulmon olamida ilmiy kongress — "majlisi tadris" oʻtkazilgan. Oʻrta asrlarda Nasaf orqali Eron va Hindistonni Rossiya va Yevropa davlatlari bilan bogʻlagan muhim karvon yoʻllari oʻtgan, savdohunarmandchilik rivojlangan.

1220 yil da Nasafni Chingizxon qoʻshinlari vayron qildi. Undan keyingi davrda (14-asrda) voha markazi 3marta hoz. Qarshi shahrining eski shahar qismi oʻrnida qayta tiklandi. Chigʻatoy ulusi xoni Kepakxon (131826) Nasafdan 2 farsax (12— 14 km) uzoqlikda qasr qurdirib, poytaxtni Qarshi deb atalgan bu qalʼaga koʻchirgan. Shahar hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, bino qoldiqlari Q. da 14-asr ning 1-yarmida bir qancha koshinkor imoratlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi.14-asr ning 2-yarmida shahar qoʻrgʻoni atrofi gʻisht va paxsa devor bilan oʻralgan, shaharda Odina masjidi qurilgan. Qalʼa atrofida 2,5—3 m chuqurlikda xandaq qazilgan Xandaqustida4taqoʻtarma qoʻprik boʻlgan. Shaxar qoʻrgoni hududi 40 ga ni tashkil etgan. 16-asrda shahar yaqinida yirik Namozgoh masjidi (hoz. meʼmoriy yodgorlik), hammom binolari qadimiy koʻtargan. Ashtarxoniylar davridan Q. Buxoro taxti merosxoʻrlari turadigan joyga aylandi. Imomqulixon davrida (1614—15 yillarda) Qashqadaryodan Qarshi choʻliga kanal chiqarilgan. 17—18-asrlarda Q. Qashqadaryo vohasidagi birinchi shaharga aylandi. Q. 16-asrdan 20-asr boshlarigacha Buxoro xonligi (amirligi)ning Qarshi bekligi nufuzli markazi boʻlgan. Hunarmandchilik rivojlangan, pul zarb qilingan. Mangʻitiylar davrida Q.da hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Xerman Vamberi 1863 yil da Q. da boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi.Paxta tozalash, yogʻekstraksiya, sut, pivo, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zdlari, goʻsht va un ktlari, tikuvchilik f-kasi, qurilish materiallari, t. yil transporti, toʻqimachilik korxonalagsh bor. 7 qoʻshma korxona, jumladan Uzbekiston—Turkiya qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Tuksiz gilamlar (paloslar) ishlab chiqariladi. "Yerqoʻrgʻon" ulgurji, "Osiyo" qurilish, "Farhod" xoʻjalik mollari bozorlari va boshqalar mavjud. Qarshi davlat unti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot inti, tibbiyot, ped. va boshqalar jami 13 kasb-hunar kolleji, 3 akademik litsey, 9 litsey va litseyinternat, 2 gimnaziya, 44 umumiy taʼlim, shuningdek, bolalar musiqa maktablari, 4 teatr (shu jumladan, viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri va boshqalar), viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, filarmoniya, 13 kutubxona, 5 klub, 3 madaniyat va istirohat bogʻi faoliyat koʻrsatadi. 22 kasalxona, ambulatoriyapoliklinika va boshqalar tibbiy muassasalar bor. Q — Toshkent, Q. — Samarqand, Q — Buxoro va boshqalar yoʻnalishlarda xamda tuman markazlariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi. Q. aeroportidan Q. — Moskva, Q — Andijon, Q — Toshkent yoʻnalishlaridagi havo yoʻllarida samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Q. da Koʻkgumbaz masjidi (16-asr), qadimiy hammom (16-asr), Qashqadaryo ustidagi qadimiy koʻprik (1583), Sharofboy madrasasi (18-asr boshlarida), Charmgar masjidi (19-asr oʻrtalari), Bektemir madrasasi (1905), Xoja Abdulaziz madrasasi (19a), Qilichbek madrasasi (19-asr) va boshqalar meʼmoriy obidalar saklanib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 29 sentyabrdagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida"gi qarori va Uzbekiston Resggublikasi Prezidentining 2005 yil 26 iyuldagi "Qarshi shahrining 2700 yilligini nishonlashga doir qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida"gi qaroridan keyin shaharda keng koʻlamda tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va boshqalar meʼmoriy obidalar taʼmirlandi. Shaharda "Nasaf", "Geolog" sport majmualari, tennis korti, yopiq choʻmilish havzasi, sportsogʻlomlashtirish inshootlari, 20 ming oʻrinlik stadion, Olimpiya zaxiralari sport kolleji va boshqalar qurilmoqda. Viloyat teleradiokompaniyasi, Qarshi jamoatchilik va Qashqadaryo kabel televideniyelari ishlab turibdi. 1999 ydan "Nasaf" shahar gaz. chiqariladi.

Q.dan "Nasafiy" taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning "Majolis unnafois" asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.

Obod Joʻrakulov, Latif Erdonov.


Qarshi (Қарши; Mo`g`ulcha: Харш, arab. نسف‎‎ - Nasaf; arab. نخشب‎‎ - Naxshab, Behbudiy) O`zbekiston janubidagi shahar va viloyat markazi. Joylashuvi: 38° 51' 48N 65° 47' 52E. 27 asrdan ko`proq tarixga ega bu shahar hozirda O`zbekistonning neft va gaz sanoati markazidir. Shaharda temir yo`li vokzali,[1] aeroport mavjud. Futbol klubi - "Nasaf"

Qarshi shevasi[tahrir]

Shahar aholisi o`ziga xos shevada gaplashadi. Eng sezilarli belgilaridan biri "chi" qo`shimchasini qo`shishdir. Masalan, adabiy tildagi kelardi Qarshi shevasida kelaychiydi yoki kelaychidi tarzida ishlatiladi.

  • Hozirgi zamon davom fe'li -opti yoki -yopti shaklida yasaladi: ketopti, o`qiyopti, kelopti
  • "qayerga", "qayoqqa" - "qerga", "qaqqa";
  • "boramiz", "kelamiz" - "borouza", "kelouza"
  • so`zning oxiridagi -k tovushi "-y"ga aylanadi: eshik - eshiy, teshik - teshiy, etik - etiy
  • -lar qo`shimchasidan oxirgi -r harfi tushib qoladi: ula (ular), kelila (kelinglar) va hk.
  • -siz 2-shaxs ko`plik qo`shimchasidan ham -z tushib qoladi: qilopsila (qilayapsizlar), ketopsilami (ketayapsizlarmi). Bu o`z navbatida ba'zi tushunmovchilikka olib keladi. Sila nima qilopsila? (Sizlar nima qilayapsizlar?) jumlasi agar o`zidan kattalarga nisbatan aytilganda, xuddi "sen"lagandek tuyuladi, aslida unday bo`lmasa ham.
  • Fors-tojikcha ba'zi so`zlarni qo`llashadi: paypoq - jilop, ushoq - norizgi (нон резги so`zidan), qalpoq - kallapo`sh va hk.

Tarixi[tahrir]

Ilk tarixi (er.av. VIII-IV asrlar)[tahrir]

Qarshi shahrining tarixi eramizdan avvalgi VIII-VII asrlarga borib taqaladi. Yerqo`rg`onda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida, ayni shu davrda Qarshi shahar sifatida shakllanganligi va qalin devor bilan o`ralganligi ma'lum bo`ldi. Yirik savdo yo`llariga yaqin joylashgan bu shahar So`g`diyonaning yirik shaharlaridan biriga aylandi.

Er.av. 545-539 yillarda Kir II sharqiy Eron viloyatlari va Markaziy Osiyodagi Xorazm, So`g`diyona, Marg`iyona viloyatlari va sak qabilalarini o`ziga bo`ysindirdi. Naxshab ham So`g`diyonaning bir qismi sifatida Ahamoniylar hukmdorligi ostiga o`tdi.

Ellin madaniyati davri (er.av. IV-II asrlar)[tahrir]

Naxshab eramizdan avvalgi IV asrda makedoniyalik Iskandar tomonidan ishg`ol qilindi. Iskandar, salavkiylar va Yunon-Baqtriya davrida bu yerda ellin madaniyati keng tarqaldi.

Naxshab so`zi ilk bor hozirgi Afg`oniston hududidan topilgan, er.av. 328 yilda bitilgan, oromiy tilidagi hujjatda tilga olingan. Unda Xulma Bagavand hokimining Niksap (Naxshab) va Kish (Kesh, Shahrisabz) himoya devorlarini tuzatish uchun o`z askarlarini jo`natganligi xabar qilingan.

Islomgacha bo`lgan davr (er.av. II - eramizning VII asri)[tahrir]

Miloddan avvalgi II asrda Naxshab Parfiyona davlati tarkibiga kirdi. Bu davrda Naxshab ikki qatlamli devor bilan o`ralgan. Ikkinchi himoya devori 150 gektarga yaqin xududni tashqi xavfdan saqlab turgan. Yerqo`rg`on tashqi devori asosi 8 metr qalinlikda bo`lib, har 60 metrda yarim doirali minoralar bo`lgan. Devorning tepa qismida devor ichi koridori, o`q-yoychilar xonalari mavjud bo`lgan.

Xionitlar va eftalitlar davrida Naxshab gullab yashnadi, So`g`d vohasining savdo, hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi.

V asrda shaharda dahshatli yong`in yuz berdi. Butun shahar yonig kul bo`ldi. Undan keyin Naxshab tiklangan bo`lsa-da, turk hoqonlari va sosoniylar xujumlari natijasida xarobaga aylandi. Faqat VI asr oxiri VII asr boshlaridagina tashlandiq shahar xarobalari ustida kulollar maxallasi bunyod etildi va asta-sekin shahar o`zini tiklay boshladi.

Islom fathidan keyingi Naxshab[tahrir]

VIII asrning boshida Mavarounnahrning boshqa shaharlari kabi Naxshab ham fath etildi. Shahar esa endi Nasaf deb atala boshladi. Shaharda ilk masjid qurildi. Istaxri, Ibn Xavqal va Muqaddasiy kabi musulmon jo`g`rofiyunlarining bergan ma'lumotiga ko`ra, Naxshab qalin devor bilan o'ralgan va to`rt darvozaga ega bo`lgan.

Savdo yo`llarining xavfsizligi, tarixda birinchi chek tizimi yo`lga qo`yilishi, islomdan oldingi savdogarlardan olinadigan soliqlarning bekor qilinishi butun xalifalikda bo`lgani kabi Nasafda ham savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishiga olib keldi.

IX asrning boshida Nasaf Somoniylar tarkibiga kirdi. XI asrda qoraxoniylar qo`liga o`tdi. Mo`g`ullar bosqini arafasida Nasaf Xorazm sultonligi tarkibiga kirar edi.

Mo`g`ullar davrida Nasaf (XIII-XIV asrlar)[tahrir]

XIII asrning 20-yillarida Nasaf Chingizxon tarafidan vayron etildi. Aholining ko`pchiligi qirib yuborildi. Masjid va madrasalar vayron etildi.

XIV asrning boshlariga kelib Nasaf o`zining mavqeini birmuncha tiklay boshladi. 1320 yilda Chig`atoy ulusini qo'lga kiritgan Kebekxon Nasafni o`zining poytaxtiga aylantirdi. Nasafga muhabbati baland bo`lgan Kebekxon undan biroz quyiroqda saroy qurdirdi va bu saroy el orasida "Qarshi" yani mo`g`ulcha 'saroy' degan nom bilan mashhur bo`ldi. Nasaf aholisi sekin-asta Qarshi atrofiga ko`chib o`ta boshladi. Mana shu paytdan boshlab Qarshi Nasafning ikkinchi nomiga aylandi va XIX asrga kelib Nasaf nomini iste'moldan chiqardi.

Qiziq ma'lumot: Kebekxon pul islohoti o`tkazgan. Uning chiqargan pullari xalq orasida "kepaki" deb atala boshlangan. Qizig`i shundaki, rus tilidagi "kopeyka" so`zi bilan bu so`z talaffuz jihatdan juda yaqin. Kebekxon davrida mo`g`ullarning Rusya ustidagi ta'sirini hisobga oladigan bo`lsak, "kopeyka"ning "kepaki"dan olingani unchalik ajablanarli emas.

Temuriylar davrida Nasaf (XIV-XVI asrlar)[tahrir]

Amir Temur strategik ahamiyatga molik bo`lgan Nasafni himoya devori bilan o`ratdi. Ammo, Amir Temurning vatani bo`lgan Keshning mavqei ko`tarilishi natijasida Nasaf biroz etibordan qoldi. Shuning uchun temuriylar davridan biron ko`zga ko`rinarlik yodgorlik qolmagan.

Shayboniylar, ashtarxoniylar davrida Qarshi (XVI-XVIII asrlar)[tahrir]

Qarshi shayboniylar hukmronligi ostiga o`tgandan so`ng tez rivojlana boshladi. Shayboniylar davrida Qashqadaryo daryosi ustiga ko`prik qurildi va bu inshoat hozirgacha saqlanib qolgan. Undan tashqari Ko`kgumbaz jome' masjidi kabi obidalarning ko`pchiligi aynan shayboniylar davrida barpo etilgan.

Qarshi Buxoro amirligi davrida (XVIII-XX asrlar)[tahrir]

1785 yilda Amir Shoh Murod o`zini amir deb e'lon qildi va Buxoro xonligi amirlikka aylantirildi. Buxoro amirligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega bo`lgan shahriga aylandi. Hatto nufuzi va hajmi jihatdan Samarqandni ham ortda qoldirgan Qarshi, Buxoro amirligi valiahdlarining (yani taxt vorislarining) rasmiy qarorgohi bo`lib qoldi.

Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon 1898 yildan 1910 yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajardi.

Sho`rolar davrida Qarshi[tahrir]

1919 yilda Mahmudxo`ja Behbudiy Qarshida qatl etilgandan so`ng, shahar 1926 yildan 1937 yilgacha Behbudiy deb atala boshladi.[2] Ammo, keyinchalik aholi ko`nikkan Qarshi nomi qaytarildi.

Sho`rolar davrida Qarshi asosan qishloq xo`jaligiga asoslangan Qashqadaryo viloyatining markaziga aylandi. Shaharda boshqa shaharlar kabi sho`rolar arxitekturasiga oid binolar qurildi. Bir-biridan uncha farq qilmaydigan, ko`rimsiz ko`p qavatli binolar o`zbek mahallalariga muqobil o`laroq ko`plab qurila boshladi. Bu esa Qarshining qadimiylik ulug`vorlik siyog`ini yo`qotishiga olib keldi. Ba'zi masjid-madrasalar omborxona hatto qiynoqlar qo`llanadigan turmaxonalarga aylantirildi. "Toshturma" degan sovuq nomga ega bo`lgan bunday turmalardan biri shaharning 2700 yilligi yubileyiga qadar o`z vazifasini bajarib keldi.

Osori atiqalari[tahrir]

Ko`kgumbaz masjidi[tahrir]

XVI asrda shayboniyxonlar davrida insho etilgan bu masjid ko`rkam, musaffo osmonni eslatuvchi ko`k gumbazi sababli shunday atalgan. Ancha qismi asrlar davomida buzilib ketgan bu masjidning faqat peshtoqi va gumbazi saqlanib qolgan.

Qarshi shahrining 2700 yillik yubileyi munosabati bilan qayta ta'mirlandi. Hozirgacha jome' masjid vazifasini bajarib kelmoqda.

Qashqadaryo ko`prigi[tahrir]

XVI asrga oid bu ko`prik shayboniylar davrida qurilgan bo`lib, o`z asrining noyob yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu ko`prik XX asrning o`rtalarigacha voha ahliga xizmat qilgan.

Abu Ubayd ibn al-Jarroh maqbarasi[tahrir]

Xuddi Samarqanddagi Qusam ibn Abbos qabri singari soxta bo`lgan bu maqbara,[3] Amir Temur buyrug`iga binoan barpo etilgan. Hozirda, mutaassib va sodda qashqadaryoliklarning sig`inadigan, Abu Ubayd ibn al-Jarrohdan madad so`raydigan, ba'zi mullalar uchun mo`may daromad manbai bo`lgan makonga aylangan.

Boshqa obidalar[tahrir]

Yuqorida tilga olingan yodgorliklardan tashqari Xo`ja Abdulaziz va Qilichbek, Odina, Bekmir, Sharofboy kabi masjid va madrasalari mavjud.

Mashhur kishilari[tahrir]

Qarshi shahridan bir qancha taniqli olimlar, shoir, faylasuflar yetishib chiqqan. Hadis ilmining bilimdonlaridan Abul Abbos al-Mustag`firiy, Abu Turob Naxshabiy, yetuk shoir va olimlar Ziyoviddin Naxshabiy, Muyididdin Nasafiy, Sayido Nasafiy, huquqshunos alloma Najmiddin Nasafiy, kalom ilmining namoyandasi Abul Mu`in Nasafiy, faylasuf Aziziddin Nasafiy, mohir me'morlar Ali Nasafiy, Olim Nasafiy va boshqalar shular jumlasidandir.

Yana o`qing[tahrir]

Mavzuga oid bog`lamalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]