MHSK stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
MHSK Stadioni
Toʻliq nomi Markaziy Harbiy Sport Klubi Stadioni
Joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Qachon ochilgan 1986
Qachon taʼmirlangan 2007-08
Yuzasi Tabiiy chim, maysa
Hajmi 16 500
Maydon oʻlchami 109 x 71 m
Maydon egalari
Bunyodkor PFK

MHSK Stadioni yoki Markaziy Harbiy Sport Klubi Stadioni Toshkentning Bunyodkor futbol klubi stadionidir. Chilonzor tumanida joylashgan (Mirzo Ulugʻbek metro bekati yaqinida). 1986-yilda qurilgan bu stadion avvalboshda 21 000 kishiga moʻljallangan edi. 2007-08-yillarda taʼmir qilinganidan soʻng hajmi 16 500 kishilik boʻldi.

Stadion 2008-yil noyabr 2009-yil fevral oylari davomida toʻliq buzilib, uning oʻrnida „Bunyodkor“ stadioni qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"MHSK" stadioni Oʻzbekistondagi  sobiq stadion, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan. Eng yaqin metro bekati — Mirzo Ulugʻbek.

Ushbu stadion qurilishi 1982-yilda poytaxtimizdagi „ToshGipProGor“ instituti loyihasi boʻyicha boshlangan. Toʻrt yil oʻtib, 1986-yilda stadion foydalanishga topshirildi. Arena 8 gektar maydonni egallagan. Uning stendlari ostida toʻrtta yopiq mashgʻulot zali boʻlib, ularda boks, kurash, gimnastika, basketbol boʻyicha sport seksiyalari faoliyat yuritib, ularda sportchilar mashgʻulotlar olib borishdi. Futbol maydonining perimetri boʻylab yengil atletika uchun yugurish yoʻlaklari joylashgan edi.

Stadionning eski sigʻimi 16500 kishiga moʻljallangan. Bu „Quruvchi“ (keyinchalik klub nomi „Bunyodkor“ deb oʻzgartirilgan) va „MHSK“ futbol klublarining uy stadioni edi. Shuningdek, ushbu stadionda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Oʻzbekistonning turli yosh toifasidagi boshqa futbol jamoalari oʻz uy uchrashuvlarini oʻtkazishdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2010-yilgi jahon chempionati saralash turnirining bir qator oʻyinlarini ushbu stadionda oʻtkazgan boʻlsa, 2008-yil oktyabr oyida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining ham („Paxtakor“ stadioni bilan birga) oʻyinlari ham shu yerda boʻlib oʻtdi.

2008-yilda stadion kapital taʼmirdan chiqarildi. Biroq 2008-yilning noyabri — 2009-yil fevral oylarida stadion konstruksiyalari demontaj qilingan va MHSK majmuasi butunlay buzib tashlangan. Buzilgan stadion oʻrnida 2012-yil sentabr oyida foydalanishga topshirilgan yangi „Bunyodkor“ stadioni qurishga qaror qilindi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]