Kontent qismiga oʻtish

Eldor Shomurodov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Eldor va familiyasi Shomurodov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Eldor Shomurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Eldor Azamat oʻgʻli Shomurodov
Tavallud sanasi 1995-yil 29-iyun ( 1995-06-29) (31 yosh)
Tavallud joyi Jarqoʻrgʻon, Surxondaryo, Oʻzbekiston
Boʻyi 1.90 cm (12 in)[1]
Ampluasi Hujumchi
Vazni 76 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
İstanbul Başakşehir F.K.
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mashʼal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 Mashʼal 9 (0)
2015—2017 Bunyodkor 66 (18)
2017—2020 Rostov 80 (16)
2020—2021 Jenoa 31 (8)
2021— Roma 61 (7)
2023   Spezia 15 (1)
2023—2024   Cagliari 22 (3)
2025—2026   İstanbul Başakşehir F.K. 34 (22)
Milliy terma jamoa
2014 Oʻzbekiston U19 5 (1)
2015 Oʻzbekiston U20 5 (2)
2015—h.v. Oʻzbekiston 90 (44)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2026-yil 18-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2026-yil 28-mart uchun)

Eldor Azamat oʻgʻli Shomurodov (1995-yil 29-iyunda Jarqoʻrgʻonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, hujumchi, Turkiya Superligasining „İstanbul Başakşehir“ klubi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi. 2025-yil Italiyaning Roma klubidan Turkiyaning İstanbul Başakşehir klubiga ijara asosida oʻtgan va turk klubi uni 2026-yilda toʻliq sotib olgan.

Futbolchilik faoliyati

Mashʼal

Shomurodov 6 yoshida futbol bilan shugʻullanishni boshladi. 11 yoshida Termizdan 300 km shimolda joylashgan Muborak shahrida „Mash’al“ futbol klubi akademiyasida mashq qilishni boshladi. 19 yoshida 2014-yilda asosiy tarkibga jalb etila boshlandi va oʻsha mavsumda oʻnta uchrashuv oʻtkazdi va „Mashal“ Oʻzbekiston chempionatida beshinchi oʻrinni egalladi. Bungacha yoshlar jamoasida oʻynagan, shuningdek, Oʻzbekiston yoshlar jamoasiga jalb qilingan.

Bunyodkor

2015-yil boshida Eldor Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va u yerda 2017-yil iyun oyigacha oʻynagan. Hammasi boʻlib Shomurodov, Bunyodkor jamoasi tarkibida 96 ta oʻyin oʻtkazdi va 20 ta gol urdi (Oʻzbekiston Oliy Ligasi, Oʻzbekiston Kubogi va OChLda). „Bunyodkor“ bilan birgalikda Oʻzbekiston kubogi finalchisiga aylandi, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritdi.

2015-yil oxirida Shomurodov „Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi“ unvoniga nomzodlar qatoridan joy oldi, ammo yakunda Shomurodov bilan tengdosh jamoadoshi Dostonbek Hamdamov gʻolib boʻldi.

Rostov

2017-yil iyul oyida Shomurodov Rossiyaning „Rostov“ klubiga oʻtdi va jamoa bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. Shomurodov Rossiya chempionatidagi debyutini 2017-yil 30-iyulda uchinchi turda „Amkar“ klubiga qarshi safar oʻyinida amalga oshirdi – 88-daqiqada zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. Oʻyin natijasi 1:0 hisobi bilan yakunlandi. 2019-yil may oyi oxirida Rostov jamoasi Shomurodov bilan shartnomani uch yilga uzaytirdi, 7-iyun kuni esa shartnoma besh yilga uzaytirildi.

2019-yil avgust oyida Shomurodov Rossiya Premyer-ligasining oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2019/20-yilgi mavsumda Eldor Rossiya chempionatining 28ta uchrashuvida 11 ta gol urdi[2].

Jenoa

2020-yil 1-oktyabrda Shomurodov Italiyaning „Jenoa“ klubi bilan shartnoma imozlagan[3][4]. Shomurodov Italiya chempionatida Ilyos Zeytullaevdan keyin tarixdagi ikkinchi oʻzbek futbolchisi boʻldi[5][6]. 19-oktyabr kuni Shomurodov A Seriyada debyut uchrashuvini oʻtkzishga muvaffaq boʻlgan. Bu oʻyinda Jenoa klubi „Verona“ klubiga qarshi bahs olib borgan, Eldor Shomurodov oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan va 90-daqiqa davimida harakat qilgan[7]. 30-noyabr kuni A Seriyaning „Parma“ ga qarshi oʻyinining ikkinchi yarmida Eldor „Jenoa“ tarkibidagi ilk golini urishga muvaffaq boʻlgan[8][9]. U oʻzining birinchi Italiya mavsumini umumiy 32 oʻyinda 8 ta gol bilan yakunlagan – shundan 5 tasi A Serianing soʻnggi 6 oʻyinida raqib darvozasiga kiritilgan.

Roma

Eldor 2021-yilning yozgi transfer oynasida 18 million yevro evaziga „Jenoa“dan „Roma“ jamoasiga transfer qilingan[10]. 2021-yil 3-avgustda Roma bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Shartnoma 2026-yilning 30-iyunigacha amal qilishi belgilab qoʻyildi[11]. 19-avgustda Eldor UEFA Konferentsiyalar Ligasi doirasida „Trabzonspor“ klubiga qarshi oʻyinda (1:2) debyutini oʻtkazdi va bu oʻyinda „Roma“ uchun birinchi va gʻalaba golini kiritdi[12]. „Roma“ tarkibidagi daslabki mavsumida 40 ta uchrashuvda 5 ta gol urdi va boʻrilar safida UEFA Konferensiyalar Kubogida goʻlib chiqdi. Bu borada UEFA tasnifidagi kubokni qoʻlga kiritgan Vitaliy Denisovdan soʻng ikkinchi futbolchi boʻldi.

2022-yil 28-iyul kuni „Roma“ oʻzining mavsumoldi yigʻini doirasida „Tottenhem“ga qarshi nazorat oʻyinida ishtirok etish uchun Isroilning Tel-Aviv shahriga yoʻl oldi. Mazkur yigʻinga Shomurodov jalb etilmadi. U murabbiylar shtabining qarori tufayli Rimda qoldi. 2022-23-yilgi mavsumni „Roma“ klubi takibida boshladi, ammo kam oʻyin amaliyoti tufayli qishki transfer oynasi vaqtida Italiya A Seriasining boshqa bir jamoasi „Spezia“ klubiga ijara asosida oʻtgan.

Spezia

2023-yilning 30-yanvarida, bir yarim yil davomida Giallorossi safida kuchli raqobat va kam oʻyin amaliyoti tufayli[13][14], Speziaga 1.5 million yevro evaziga ijaraga berildi[15][16][17][18]. Speziada ijara asosida oʻynab yurgan vaqtida Eldorga Turkiya Superligasi 2022—2023-yilgi mavsum chempioni, Okan Buruk boshchiligidagi Galatasaroy jamoasi qiziqish bildirgan va Romadan Eldorni sotib olishga harakat qilgan[19]. Keyinchalik Eldorga Moskvaning Spartak jamoasi taklif bilan chiqqan, biroq Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida oʻynashni rad etgan[20].

Cagliari

Spezia jamoasidagi ijara shartnomasi yakunlangach, Eldor Italiya va yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar boʻlgan. Bu takliflar orasidan Italiyaning „Cagliari“ jamoa taklifini qabul qildi va 2023-yil 27-iyul sanasida 1+3 asosida shartnoma imzolagan[21]. Shartnomada dastlabki mavsumini ijara asosida oʻtkazadi va keyinchalik „Roma“ jamoasidan sotib olish huquqi bilan 3 yillik uzaytirish imkoniyatiga ega[22][23]. 2022—2023-yilgi mavsumning yarmini Spezia jamosida ijara asosida oʻtkazgan Shomurodov, jamoa tarkibida 16 bora maydonga tushib 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Eldor Rim jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilgacha imzolangan. Internet saytlari hozirgi kunda transfer bozorida, Shomurodovning transfer qiymatini 6 million yevroga baholashmoqda[24].

Terma jamoadagi faoliyati

Eldor Shomurodov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida bir nechta uchrashuvlarni oʻtkazdi. 2016-yilgacha Eldor Oʻzbekiston yoshlar jamoasida oʻynagan. 2015-yildan boshlab Shomurodov Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etila boshladi. Shomurodov milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini 2015-yil 3-sentyabr kuni Jahon chempionati-2018 saralash turniri doirasidagi Yaman terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik, Shomurodov doimiy tarzda terma jamoaga jalb qilina boshlandi va Oʻzbekiston terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi.[25]

2018-yil dekabr oyida Shomurodov Osiyo Kubogi-2019 uchun arizaga kiritildi. 9 yanvar kuni Ummonga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida, oʻyinning 86-daqiqasida gol urib, uchrashuvda gʻalaba toʻpini kiritdi (2:1). 13 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Oʻzbekiston – Turkmaniston oʻyinining 24 va 42-daqiqalarida ikkita gol urdi. Natijada, Oʻzbekiston milliy jamoasi turkmanlarni 4:0 hisobida magʻlub etdi.[26] 17-yanvar kuni boʻlib oʻtgan guruh bosqichining uchinchi oʻyinida Oʻzbekiston Yaponiyaga 1:2 hisobida yutqazdi, 40-daqiqada jamoasining yagona goli Eldor tomonidan urildi.[27] 1/8 finalda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Avstraliya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazdi, asosiy va qoʻshimcha vaqt 0:0 hisobida durang bilan tugadi.[28]. 2023-yilda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi kubogi doirasida Turkmaniston terma jamoasiga qarshi oʻyinda, Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan. Oʻyin davomida Eldor dubl qayd etishga muvaffaq boʻlgan. Kiritilgan ikki gol Shomurodovni Oʻzbekiston Futbol terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylantirgan. 28 yoshli hujumchi terma jamoa safida hozirga qadar 36 ta gol urishga erishgan. Eldor toʻpurarga aylanguniga qadar terma jamoa safida gol urish boʻyicha peshqadam, futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jmaosining sobiq oʻyinchisi va sardori Maksim Shatskixga tegishli boʻlib, u terma jamoa safida 34 marotaba raqiblar darvozasiga gol kiritishga muvaffaq boʻlgan[29].

Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan[30]. 2-iyun kuni Kanadaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.

Oʻyin uslubi

Oʻng oyoqda toʻp tepadigan Shomurodov ham gol urishga, ham golli uzatma berishga qodir[31][32][33], hujum chizigʻida ajralib turishi mumkin boʻlgan birinchi raqamli hujumchidir. Raqiblar bilan kuchli tezlashuv va progressiyaga qodir, u birlashtiruvchi sifatida ham mohir boʻla oladi. Jismoniy jihatdan kuchli, boʻshliqlardan va havodan ham hujum qila oladi, yaxshi dinamizmga ega va havoda oʻynashda mahoratlidir. U yarim himoyachilar va hujumkor yarim himoyachilar bilan bogʻlanish uchun orqa chiziqda birlashadigan jamoa uchun koʻp ishlaydi.[34] U oʻyinni qanday oʻzgartirishni biladi va toʻplar orqali oʻtishni, raqib himoyasi ortidan zarba berishni yaxshi biladi.[35] Shuningdek, u tezkor qadamlari va toʻpni yon chiziqdan voleybolchilardek otish kuchi bilan ajralib turadi. Yaxshi texnika bilan jihozlangan, u toʻpni himoya qilishda va oldinga siljishda mahoratli va ochiq maydonda xavfli boʻlishi mumkin.

U boʻy tarafidan 20 sm farqiga qaramay oʻz vaqtida „Oʻzbek Messisi“ laqabini olgan[33].

Yutuqlari

Terma jamoa

Klublar ishtirokida

Mashʼal

Bunyodkor

Roma

Shaxsiy

Faoliyat statistikasi

Klub

2026-yil 4-fevralda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[37]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Club Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
Daraja Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Mashʼal Muborak 2014 Oʻzbekiston Superligasi 9 0 0 0 - - 9 0
Bunyodkor 2015 Oʻzbekiston Superligasi 25 7 5 1 4 0 1 2 35 10
2016 Oʻzbekiston Superligasi 27 10 5 0 7 2 0 0 39 12
2017 Oʻzbekiston Superligasi 14 1 3 0 6 1 0 0 23 2
Jami 66 18 13 1 17 3 1 2 97 24
Rostov 2017-18 Rossiya Premyer-ligasi 18 2 2 0 - - 20 2
2018-19 Rossiya Premyer-ligasi 26 3 6 1 - - 32 4
2019-20 Rossiya Premyer-ligasi 28 11 2 0 - - 30 11
2020-21 Rossiya Premyer-ligasi 8 0 0 0 1 1 - 9 1
Jami 80 16 10 1 1 1 - 91 18
Genoa 2020-21 Serie A 31 8 1 0 - 0 0 32 8
Jami 31 8 1 0 - 0 0 32 8
Roma 2021-22 Serie A 28 3 1 1 11 1 - 40 5
2022-23 Serie A 6 0 0 0 2 1 - 8 1
2024-25 Serie A 27 4 2 1 8 2 - 37 7
Jami 61 7 3 2 21 4 - 85 13
Spezia (ijara) 2022-23 Serie A 15 1 1 0 16 1
Cagliari Calcio (ijara) 2023–24 Serie A 22 3 2 0 24 2
Jami 37 4 2 0 39 4
İstanbul Başakşehir F.K. (ijara) 2025–26 Turkiya Superligasi 34 22 4 1 6 0 29 15
Umumiy faoliyat 304 67 32 8 45 8 2 2 383 85

Milliy terma jamoa

2025-yil 10-iyunda oʻtkazilgan oʻyin holatiga koʻra[38]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Oʻzbekiston 2015 2 1
2016 12 3
2017 7 2
2018 7 0
2019 14 13
2020 1 1
2021 8 2
2022 10 11
2023 8 5
2024 9 3
2025 10 2
Umumiy 88 43
Gollar va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollar soni koʻrsatiladi, gollar ustuni Shomurodovning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.[38][39]
Eldor Shomurodov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 2015-yil 8-oktabr Bahrayn milliy stadioni, Riffa, Bahrayn  Bahrayn 4-0 4-0 2018 FIFA World Cup qualification
2 2016-yil 14-fevral Al-Rashid Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Livan 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
3 2016-yil 7-iyun Thermenstadion, Bad Waltersdorf, Avstriya  Kanada 1-1 1-2
4 2016-yil 24-iyul Bunyodkor stadioni,Toshkent, Oʻzbekiston  Iroq 2-0 2-1
5 2017-yil 27-yanvar The Sevens Stadium, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Gruziya 1-0 2-2
6 2-2
7 2019-yil 9-yanvar Sharja stadioni, Sharja, Birlashgan Arab Amirliklari  Ummon 2-1 2-1 2019 AFC Asian Cup
8 2019-yil 13-yanvar Al-Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Turkmaniston 2-0 4-0
9 4-0
10 2019-yil 17-yanvar Xalifa xalqaro stadioni, Al Ayn, Birlashgan Arab Amirliklari  Yaponiya 1-0 1-2
11 2019-yil 25-mart Guangxi Sports Center, Nannin, Xitoy  Xitoy 1-0 1-0 2019 China Cup
12 2019-yil 11-iyun Milliy stadion, Toshkent, Oʻzbekiston  Suriya 1-0 2-0 Oʻrtoqlik uchrashuvi
13 2-0
14 2019-yil 10-oktabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Yaman 2-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification
15 2019-yil 15-oktabr National Stadium, Kallang, Singapur  Singapur 2-1 3-1
16 3-1
17 2019-yil 14-noyabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Saudiya Arabistoni 1-0 2-3
18 2019-yil 19-noyabr  Falastin 1-0 2-0
19 2-0
20 2020-yil 8-oktabr  Eron 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
21 2021-yil 7-iyun King Fahd International Stadium, Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni  Singapur 3-0 5-0 2022 FIFA World Cup qualification
22 2021-yil 5-sentyabr Friends Arena, Solna, Shvetsiya  Shvetsiya 1-2 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
23 2022-yil 27-yanvar The Sevens Stadiums, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari  Janubiy Sudan 1-0 3-0
24 2-0
25 2022-yil 22-mart Markaziy Stadium, Namangan, Oʻzbekiston  Qirgʻiziston 1-1 3-1 Navroʻz kubogi
26 2022-yil 29-mart  Uganda 2-0 4-2
27 3-1
28 4-1
29 2022-yil 11-iyun  Maldiv orollari 1-0 4-0 2023 AFC Asian Cup qualification
30 2-0
31 3-0
32 2022-yil 27-sentyabr Suwon World Cup Stadium, Suwon, Janubiy Koreya  Kosta Rika 1-0 1-2 Oʻrtoqlik uchrashuvi
33 2022-yil 16-noyabr Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Qozogʻiston 2-0 2-0
34 2023-yil 24-martKing Abdullah Sports City, Jeddah, Saudi Arabia  Boliviya1-0 1-0
35 2023-yil 14-iyun Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston  Turkmaniston 1-0 2-0 CAFA Millatlar Kubogi 2023
36 2-0
37 2023-yil 17-iyun Tojikiston2-1 5-1
38 2023-yil 16-noyabr  Turkmaniston 3–1 3–1 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi – AFC ikkinchi bosqich
39 2024-yil 21-mart Mong Kok Stadium, Hong Kong  Gonkong 1–0 2–0
40 2024-yil 26-mart Bunyodkor stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston 1–0 3–0
41 2024-yil 10-sentyabr Dolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston  Qirgʻiziston 1–1 3–2 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi – AFC uchinchi bosqich

Shaxsiy hayoti

Otasi Azamat Shomurodov Oʻzbekiston chempionatining quyi ligalari jamoalarida oʻynagan, uning 1991-yilda tugʻilgan akasi Sanjar Shomurodov ham futbol oʻynagan, hozir Surxondaryo futbol asotsiatsiyasining vitse-prezidendi lovozimida faoliyat yuritadi.[40] Eldor Shomurodovning amakisi Ilhom Shomurodov ham Oʻzbekistonda mashhur hujumchi boʻlgan.

Mukofotlari

2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[41].

Manbalar

  1. „Eldor Shomurodov“. AS Roma. 2021-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  2. Andoza:Cita web
  3. „Спасибо за все, Элдор!“ (ru) (2020-yil 1-oktyabr). 2020-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 1-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2020-10-17 sanasida arxivlangan)
  4. Andoza:Cita web
  5. Andoza:Cita web
  6. Va però detto che Zeytullayev ha giocato al Andoza:Calcio Genoa ma in Serie B, per quanto riguarda la massima serie vi ha militato ma con la Andoza:Calcio Reggina
  7. „Serie A, Hellas Verona-Genoa 0-0: le pagelle“. Eurosport (2020-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-oktyabr.
  8. „Genoa-Parma 1-2, doppietta di Gervinho, l’uzbeko Shomurodov non basta ai rossoblu“ (2020-yil 30-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-noyabr.
  9. „Serie A, Genoa-Parma 1-2: decide una doppietta di Gervinho“. Qaraldi: 2020-yil 1-dekabr.
  10. „Shomurodov romani tark etmoqchi“.
  11. „Eldor Shomurodov Completes Roma Move!“. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.[sayt ishlamaydi]
  12. „Konferensiyalar Ligasi. Eldor Shomurodov gol urgan oʻyinda “Roma” Turkiya klubini magʻlub etdi“. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.[sayt ishlamaydi]
  13. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-fevral.
  14. https://www.gazzetta.it/Calcio/Calciomercato/Roma/25-03-2022/roma-smanie-shomurodov-gioco-poco-non-me-l-aspettavo-mentre-kumbulla-4302022582266.shtml
  15. „Shomurodov Rimni tark etish arafasida“.
  16. https://www.asroma.com/it/notizie/2023/01/Eldor-Shomurodov-ceduto-a-titolo-temporaneo-allo-Spezia[sayt ishlamaydi]
  17. https://www.acspezia.com/it/news/ufficiale-eldor-shomurodov-un-nuovo-calciatore-dello-spezia.24442.html
  18. https://www.goal.com/it/notizie/colpo-spezia-ufficiale-l-arrivo-di-shomurodov/blt95245bbe02b770a1
  19. https://www.championat.com/football/news-5150205-galatasaraj-hochet-podpisat-byvshego-igroka-rostova-shomurodova.html
  20. https://www.championat.com/football/news-5161103-istochnik-spartak-svyazalsya-s-shomurodovom-po-povodu-perehoda-igrok-ne-hochet-igrat-v-rpl.html
  21. „Расман! Шомуродовнинг янги жамоаси маълум“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  22. „«Кальяри» клуби Элдор Шомуродов трансферини эълон қилди“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  23. „РАСМАН: Шомуродов - "Кальяри" футболчиси“. 2023-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-iyul.
  24. https://www.championat.com/football/news-5185535-byvshij-forvard-rostova-shomurodov-pereshyol-v-kalyari.html
  25. „Uzbekistan- Yemen, 2015-09-03“. FIFA (2015-yil 3-sentyabr). 2015-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  26. „Eldor Shomurodov secures a 2-1 win for Uzbekistan over Oman“. Sports.uz (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  27. Ridge, Patric. „Turkmenistan 0 Uzbekistan 4: Group F leader cruises into Asian Cup last-16“. The Hindu (2019-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  28. „AFC Asian Cup 2019: Tsukasa Shiotani screamer as new-look Japan too much for Uzbekistan“. Hindustan Times. AFP (2019-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  29. https://www.championat.com/football/news-5138855-shomurodov-stal-luchshim-bombardirom-v-istorii-sbornoj-uzbekistana.html
  30. „UzPFL“. Telegram. Qaraldi: 2026-yil 29-may.
  31. „10 cose da sapere su Eldor Shomurodov“ (it) (2021-yil 3-avgust). 2022-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  32. „Roma, ecco Shomurodov: duttilità e prospettiva per l'attacco giallorosso“ (it) (2021-yil 4-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  33. 1 2 „Genoa, Shomurodov: chi è, perché prenderlo al fantacalcio“ (it) (2020-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  34. „Ho fatto bene a prendere Shomurodov al Fantacalcio?“ (2023-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  35. „"Grifo uzbeko", Zeytualaev: «Shomurodov? Forte di testa, gran fisico e generoso: somiglia a Milik“ (it) (2020-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-yanvar.
  36. „Eldor Shomurodov - Turkiya Superligasining 2025/26 yilgi mavsum to'purari!“ (2026-yil 17-may).
  37. Eldor Shomurodov Soccerway saytida. Qaralgan sana: 20 November 2015.
  38. 1 2 „Eldor Shomurodov“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  39. Eldor Shomurodov Soccerway saytida
  40. „Sanjar SHomurodov Surxondaryo futbol associaciyasining yangi birinchi vice-prezidenti etib tayinlandi.“. Championat.asia (2019-yil 25-oktyabr).
  41. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-iyundagi „Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoni“. president.uz (2025-yil 6-iyun). 2025-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 6-iyun.

Havolalar