Arsenal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Arsenal (arab, dor assinoa – usta-xona soʻzidan olingan) – quruqlikdagi qoʻshinlar va harbiy dengiz qoʻshinlari qurol-yarogʻlarini yasaydigan, tuzata-digan, saqdaydigan joy. Arablardan fransuzlarga, soʻng ruslarga va boshqa tillarga oʻtgan. Moskvadagi A. (Kremlda) 1584-yildan mavjud (1783-yilda muzeyga aylantirilgan). Peterburgdagi A. Pyotr I tomonidan 1712-yildatashkil etilgan. Kiyev (1764-yildan), Bryansk (1783-yildan), Kronshtadt, Sevastopol, shuningdek An-gliyada – Vulidj, Italiyada – Turin, AQShda – Frankford, Pikatini, Rok-Aylend A.lari asosiy hisoblangan. 20-asrda qurol-yarogʻ ishlab chiqarish sanoatning mustaqil tarmogʻiga aylanganidan soʻng, qurol-yarogʻ tayyorlash va ularni saqlash uchun alohida joylar ajratish zaruriyati tugʻilgach, A. ilgarigi ahamiyatini yoʻqotgan va en-dilikda turli maqsaddagi baza va om-borxona vazifasini bajarmoqda. Oʻrta asrlarda Movarounnahrda kurol-yarogʻ saqlanadigan joy – jevaxona (ji-baxona) deb atalgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil