Akademiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Akademiya (grekcha: Ἀκαδήμεια, lotincha: Academia – afsonaviy qahramon Akadem nomidan) – koʻpgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, oʻquv yurtlarining nomi. Mil. av. 4-asrda Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (qarang Platon akademiyasi), Afina yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mam-lakatlarida Akademiya tarzidagi muassasa va ja-miyatlar 8–9-asrlarda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786–809)da "Bayt ul-hikmat" ("Hikmat xonasi")ga asos solinib, xalifa Ma’mun hukmronligi davri (813– 833)da "Bayt ul-hikmat"ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta ku-tubxonasi boʻlgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Fargʻoniy 253shu yerda ishlagan). Mashhur olim va shoir Ibn Hamdon (935 yil vafot etgan) Mosul shahrida ku-tubxonali "Dor ul-ilm" ("Ilm uyi") ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol boʻlgan. Bunday Alar Bagʻdodda, shuningdek Misrda ham ochilgan. 1010-yilda Urganchda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu Akademiyaning rahbari boʻlgan (bu Akademiya doirasida Abu Ali ibn Sino, fayla-suf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va boshqa ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda toʻplangan olim, yozuvchi va me’morlar 15-asr fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshganlar. Ulugʻbek ma-drasasi va rasadxonasi ham oʻz davrining Akademiya sidir (qarang Ulugʻbek akademiyasi); bu Akademiya Qozizoda Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk matematik hamda astronomlarni birlashtirgan. 15-asrning 2- yarmida ilmiy va madaniy mar-kazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va boshqalardan tarkib topgan oʻziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn oʻrta asr Sharqida davlat to-monidan ta’sis etilgan birinchi badi-iy Akademiya deb hisoblash mumkin (Behzod shu Akademiyaning eng yirik vakilidir). 15–16-asrlarda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar Akademiya deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yoʻnalishida boʻlgan. 17-asrda bir qancha ilmiy jamiyatlar – Akademiyalar tuzilib, ular asosan tabiatshunoslik masalalari bilan shugʻullangan. 17-asrning 2- yarmidan dav-lat hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi Akademiyalar tuzildi; mas, Lon-dondagi Qirollik jamiyati (1660), Pa-rij Fanlar Akademiyasi (1666), Berlindagi Prussiya Fanlar Akademiyasi (1700), Peterburg Fanlar Akademiyasi (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi Fanlar Akademiyasi yoki ularga oʻxshash muassasalar koʻp mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning koʻplarida fan yoki madaniyatning biror tarmogʻini qamragan soha Akademiya lari ham mavjud.Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi; Oʻzbekistonda Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi ham mavjud. Oʻzbekiston va ba’zi mamlakatlardagi ayrim oliy oʻquv yurtlari ham Akademiya deb ataladi (mas, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Harbiy Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirli-gi Akademiyasi, Rossiyadagi K. Akademiya Timiryazev no-midagi Moskva Qishloq xoʻjalik Akademiyasi). Shuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi ham fao-liyat yuritadi. Mamlakatlar Fanlar Akademiyasi haqida shu mamlakat Fanlar Akademiyasi haqidagi alohida maqolalarga q., mas, Avstriya Fanlar aka-demiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil