Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Futbol Assotsiatsiyasi
Turi futbol tashkiloti
Status federatsiya
Joylashuvi Toshkent, 100011, Islom Karimov koʻchasi, 98-a
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Prezident Abdusalom Azizov
Aʼzolari Osiyo Futbol Konfederatsiyasi
Vebsayti the-uff.uz
Til(lar)i Oʻzbek, Rus

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi[1] Oʻzbekistonning futbol klublari va musobaqalarini idora etuvchi tashkilotidir.[2]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-yildayoq, Fargʻona va Qoʻqonda Oʻzbek futboli tarixidagi ilk jamoa paydo boʻlgan. Shundan soʻng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo boʻla boshladi. Oʻtgan asrning 20-yillari oʻrtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham oʻtkazila boshladi. 1928-yilda Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasiga asos solindi. Oʻsha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada oʻtgan spartakiada baxslarida oʻziga hos natijalarni qayd etdi. 30-yillarga kelib, oʻzbekistonlik futbolchilar xalqaro oʻyinlar doirasida birinchi gʻalabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari magʻlubiyatga uchratildi. 1939-yildan eʼtiboran, Oʻzbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan Toshkentning „Dinamo“, „ODO“, „Spartak“ kabi futbol klublari Sobiq Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi oʻyinlarida, B toifasidagi sport ustalari oʻrtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi. 1956-yilda esa, hozirga kelib, „Paxtakor“ futbol klubiga asos solindi. „Paxtakor“ jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-oʻrinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yoʻl olishgan. Oʻsha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi „Politotdel“, Jizzaxning „Boʻston“, Fargʻonaning „Neftchi“, Namanganning „Navbahor“, Samarqandning „Dinamo“ klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

1991-yildan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) hamda FIFAning toʻlaqonli aʼzosiga aylandi.[3] Shu yoʻl bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari musobaqalari oʻz navbatida Federatsiya rahbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga boʻlgan munosabatlarini tiklash va qayta yoʻlga qoʻyish imkoniyatini yaratib berdi. Ana shu eʼtibor va harakatlar bois, turli yillarda Fargʻonaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar oʻrtasidagi nufuzli Qitʼa Kubogi oʻyinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi. 1994-yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlganini alohida tilga olish mumkin. Shuningdek, 2000-yilda Futzal, yaʼni mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilga borib, 20-yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va eʼtibori bilan bogʻlash mumkin.

Oʻzbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va oʻsmirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab boʻldi. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini koʻzlagan holda, Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport haqidagi“ qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi.

Shundan soʻng, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu boradagi qator qonunlari eʼlon qilindi: „Oʻzbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash toʻgʻrisida“gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993), „Oʻzbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish toʻgʻrisida“gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996), „Oʻzbekistonda Futbol taraqqiyoti jamgʻarmasining faoliyatini yaxshilash va uni qoʻllab quvvatlash toʻgʻrisida“gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qoʻyildi. Bu qonun Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirish boʻyicha 2006-yilgacha amalda boʻladigan milliy dasturga ishora edi. 1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. Oʻzbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.[4] Oʻlkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga oʻrinbosarlar tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol boʻyicha ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan. Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul boʻlgan murabbiylar hamda hakamlarning malakasini oshirish boʻyicha, Toshkentda FIFA hamda OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi.

Bu orada respublikadagi stadionlar qayta taʼmirdan chiqib, yaʼni oʻyingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun qator maydonlar qurildi. Oʻzbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasiga kerakli maʼlumotlarni oʻz vaqtida toʻgʻridan toʻgʻri yetkazib turadi.

FIFA va AFC[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi FIFA va AFCga 1994-yilda qabul qilingan bo'lsa-da, O'zbekiston milliy terma jamoasiga 1992-yildan beri FIFA shafeligida o'tkazilayotgan xalqaro o'rtoqlik o'yinlariga ruxsat berilgan. 1997-2013-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi OFKning quyi federatsiyalaridan biri – oʻsha paytda Markaziy va Janubiy Osiyo (hozirgi) mamlakatlari futbol federatsiyasini birlashtirgan Markaziy va Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirgan. Bu subfederatsiya Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi deb ataladi va faqat Janubiy Osiyo davlatlarini birlashtiradi). 2014-yilning iyun oyidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKning yangi subfederatsiyasi, Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi tarkibiga kirdi - Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol federatsiyalarini birlashtirgan.

2013-yilning 7-yanvar kuni Shveysariyaning Syurix shahrida FIFA tomonidan tashkil etilgan marosimda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasiga FIFAning “Fair play” mukofoti (fayr o‘yin uchun mukofot) topshirildi. O'zbekiston futbol federatsiyasining ushbu nominatsiyada g'alaba qozonishiga OFK vakillari o'rtasida Fair play ochkolari bo'yicha birinchi o'rinni egallagan O'zbekiston terma jamoasi futbolchilarining minimal sariq va qizil kartochkalari sabab bo'ldi.

2018-yilning 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan O‘FFning navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston futbol federasiyasini (O‘FF) O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga (O‘FA) aylantirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ochilbay Ramatov yangi prezident etib saylandi.

Prezidentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari prezident hisoblanadi. 2019-yil 15-iyuldan Abdusalom Azizov OʻFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Assotsiatsiyaning amaldagi va ijrochi rahbari birinchi vitse-prezident boʻlib, uning lavozimida 2019-yil iyun oyidan buyon Ravshan Ermatov ishlab kelmoqda.

Muddat Prezident
1991-1992 Elmar Aminov
1992–1995 Abdulhoshim Mutalov
1995–2005 Zokir Almatov
2005–2017 Mirabror Usmonov
2017–2018 Umid Ahmadjonov
2018-2019 Ochilboy Ramatov
2019–hozirgacha Abdusalom Azizov

Ijroiya qoʻmitasi tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Иногда некоторыми СМИ используется вариант «Ассоциация футбола Узбекистана»
  2. Иногда некоторыми СМИ используется аббревиатура «АФУ»
  3. „About UFA – UFA“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  4. Federatsiya tarixi, 2018-03-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-03-06
  5. OʻFA Ijroqoʻmining yangi tarkibi tasdiqlandi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]