Ikrom Aliboyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ikrom Aliboyev | ||
Tavallud sanasi | 9-yanvar 1994-yil (28 yosh) | ||
Tavallud joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Boʻyi | 1.70 sm | ||
Ampluasi | yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 33 | ||
Professional karyerasi* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—… |
![]() | (19 (1)) | |
Milliy terma jamoa | |||
2015—… |
![]() | (2 (0)) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ikrom Aliboyev 1994-yili 9-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkentning Lokomotiv klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, ampluasi yarimhimoyachi.
Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikrom Aliboyev professional futboldagi faoliyatini 2013-yili boshlagan. U ilk bora Lokomotiv safida 2013-yilning 8-noyabrida oliy liga uchrashuvida Buxoro futbol klubi bilan kechgan oʻyinda jamoa tarkibiga qoʻshildi. Oʻsha oʻyinda u zaxirada boʻldi. Ikrom Aliboyev hozirga qadar ushbu klubda oʻynab kelmoqda.
Ichki chempionatda shu vaqtga qadar 16ta oʻyinda maydonga tushib raqiblar darvozasini 1 marta ishgʻol qilgan.
Osiyo chempionlar ligasining 2014 va 2015 yilgi musobaqalarida klub tarkibida 3ta oʻyinda qatnashdi.
Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ikrom Aliboyev terma jamoaga 2015-yili bosh murabbiy Mirjalol Qosimov tomonida chaqirtirildi. U lik bora 2015-yilning 11-iyunida Eron terma jamoasi bilan boʻlgan oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va oʻyinning asosiy vaqtida toʻliq oʻynadi.[1] Ikkinchi tema jamoadagi oʻyini rasmiy oʻyin boʻlib, unda 2015-yilning 16-iyunida 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining 2-roundida Shimoliy Koreya terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda 34 daqiqa maydonda harakat qildi. Shu vaqtga qadar u 2ta oʻyinda terma jamoa sharafini himoya qildi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lokomotiv tarkibida
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014
Oʻzbekiston Super kubogi gʻolibi: 2015
Oʻzbekiston Super kubogi 2-oʻrini: 2014
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Эронга мағлуб бўлди, archived from the original on 2018-08-15, https://web.archive.org/web/20180815131522/http://www.the-uff.com/news/sections/national/8565, qaraldi: 2015-07-18
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|