Kontent qismiga oʻtish

Dostonbek Tursunov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Doston va familiyasi Tursunov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dostonbek Tursunov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dostonbek Tursunov
Tavallud sanasi 1995-yil 13-iyun (1995-06-13) (31 yosh)
Tavallud joyi Oltiariq tumani Oʻzbekiston
Boʻyi 1.87 m[1]
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Neftchi 2 (0)
2016 Qoʻqon 1912 24 (2)
2017 Metallurg Bekobod 7 (1)
2017—2018 Neftchi 33 (1)
2019 Renofa Yamaguchi FC 17 (0)
2020 Busan IPark 16 (1)
2021—2022 Chongqing Liangjiang Athletic F.C. 9 (2)
2022—2023 Paxtakor 19 (2)
2024 Esteghlal Khuzestan F.C. 12 (0)
2025 Xorazm 14 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Oʻzbekiston U-20 10 (0)
2016—2018 Oʻzbekiston U-23 24 (4)
2018— Oʻzbekiston 5 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dostonbek Tursunov (13-iyun 1995-yilda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida toʻp suradi.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional faoliyatining ilk yillarida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Qoʻqon 1912“ jamoasida oʻynagan. 2017-yilning birinchi yarmida Bekobodning „Metallurg“ jamoasida toʻp surgan. 2017-yildan yana „Neftchi“da oʻynab, sardorga aylandi. 2018-yilning dekabr oyida u Yaponiyaning „Renofa Yamaguchi“ga oʻtib, ikki yillik shartnoma imzoladi.[2]

2024-yil fevral oyida Eronning „Esteghlal Khuzestan F. C.“ jamoasi bilan 2024-yil 30-iyunga qadar shartnoma imzolagan[3].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida 24 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan. 2018-yilning may oyida u oʻz mamlakati terma jamoasida debyut qilgan. Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 5ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[4]

Faoliyat statitikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston terma jamoasi[4]
YillarIshtGol
201830
201921
Jami51