Futbol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Football iu 1996.jpg
Futbol matchi, hujumchi toʻpni darvoza tomon tepmoqchi.
Eng yuqori boshqaruvchi tashkilot FIFA
Boshqa nom(lar)i sokker, football
Qachondan beri 19-asrdan, Flag of England.svg Angliya
Xarakteristikalari
Kontakt Ha
Jamoa aʼzolari 11
Aralash jins Ha, alohida musobaqalar
Turkum Toʻpli sport, jamoa sporti
Anjom Futbol toʻpi
Oʻynaladigan joy Futbol maydoni, stadion
Olimpik oʻyin Ha, 1936-yildan
Paralimpik oʻyin Ha
Mintaqa Butun dunyo

Futbol (ing . foot — oyoq, ball — toʻp) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90—120 x 45— 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410—450 g , aylana diametrining uz. 68—70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 min. (45 min.dan 2 boʻlim, 12—15 min. tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

F.ga oʻxshash oʻyinlar mil. av. Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848 y.da Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857 y.da shu mamlakatdagi Sheffild sh.da ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863 y.da Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-a.ning oxiri — 19-a.

ning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896 y. F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904 y.da xalkaro futbol federatsiyasi —FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.

Oʻzbekistonda 20-a. boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912 y.da Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan sh.larida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-a.ning 20-y.laridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937 y.dan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956 y.da Toshkentda "Paxtakor" jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-a.ning 80-y.laridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va b. qitalarda ham nom qozondilar.

1959 y.da tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 y.da (keyin 2001 y.da) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 y.dan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 y. 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 y. 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hoz. kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hoz. "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hoz. kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gaz.lar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28—40 x 16—20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400—600 g , aylana diametrining uz. 60—62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989 y.dan, Osiyo chempionati 1998 y.dan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 y.dan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.

1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.

1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron== Adabiyot ==

  • Planeta futbola, M., 2002; Safarov V. A., Match dlinoyu v 40 let, T., 1996; Imomxoʻjayev A., Futbol — quvonchim, dardim, faxrim, T., 1996; Pravila igri v futbol, T., 2002.
Futbol toʻpi

Futbol (ingl. «foot» — oyoq, «ball» — toʻp) — sport oʻyini. Oʻyindan maqsad toʻpni raqib darvozasiga kiritish. Bunga har bir jamoadagi darvozabon xalaqit berishga intiladi, unga oʻz darvozasi yaqinidagi jarima maydonchasi ichida toʻpga qoʻl bilan teginish ruxsat etilgan. Boshqa barcha oʻyinchilarga, shuningdek oʻz jarima maydonchasidan tashqariga chiqqan darvozabonga ham bunday huquq berilmagan.

Toʻp uchun kurashda chalib yiqitish, raqibga zarba berish kabi kuch ishlatishlar taʼqiqlanadi. Agar oʻyinchi toʻpga qoʻlidan tashqari tanasining istalgan boshqa yeri (odatda oyogʻi) bilan istalgan vaqtda zarba bera oladigan holatda boʻlsa, oʻyinchi toʻpni egalladi, deb hisoblanadi .

Odatda futbol toʻgri toʻrtburchak shaklidagi maydonda oʻynaladi. Har bir jamoa 11 futbolchidan (10 ta oʻyinchi va bitta darvozabon) tashkil etiladi. Alohida bir futbol oʻyini match, deb atalib, har biri 45 daqiqa davom etuvchi taymlardan iborat boʻladi. Birinchi va ikkinchi taymlar orasida jamoalar oʻrin almashishadi.

Bundan tashqari shunday futbol turlari borki,ulardagi oʻyinchilar soni kamroq boʻlishi mumkin — jumladan plyaj futboli (qumda oʻynaladi), mini-futbol (maxsus qoplamali zalda oʻynaladi), mahalla futboli (har qanday maydonda har qancha oʻyinchilar bilan oʻynaladi).

Darvozalar hajmi maydon hajmiga mutanosib boʻladi.

Shuningdek[tahrir]