Andrey Akopyans

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Akopyans
Andrei Akopyants 2011.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrey Akopyans
Tavallud sanasi 27-avgust 1977-yil (1977-08-27) (45 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, SSSR
Boʻyi 1.69 m (5 ft 6 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi

‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-mart 2015-yil uchun)

Andrey Akopovich Akopyants ( 27-avgust 1977-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan.

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi. U 4 yil davomida "Paxtakor" safida toʻp surgan va Poytaxt jamoasi safida Oʻzbekiston chempioni boʻlgan hamda mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. 1999-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yilda Rossiya klubiga oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan. Akopyans Rossiyada oʻz futbolchilik faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta tanlovga ega boʻlgan. Futbolchinig agenti „Krilya Sovetov“ va „Zenit“ bilan muzokaralar olib borgan, ammo oxir-oqibat u „Rostselmash“ga yetib kelgan va u bilan mamlakat chempionati hamda kubogida 120 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 2005-yil oxirida Rostov bilan shartnoma imzolagan. Mavsum oʻrtalarida Andreyga uni uzaytirish taklif qilingan, ammo futbolchining oʻzi jamoani oʻzgartirish kerak deb qaror qilgan. 2006-yilda u Chernomorets Novorossiyskga koʻchib oʻtgan va u yerda 15 ta gol urgan. 2007-yilda u dastlab Latviyaning „Daugava“, keyin esa „Darida“da jamoalarida toʻp surgan. 2008-yil yarim mavsumni oʻzining vatanining jamosi „Paxtakor“da oʻtkazgan va birinchi marta Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindoriga aylangan. 2009-yil davomida u Samarqandning "Dinamo" jamoasi tarkibida oʻynagan. 2010-yilda u Nijniy Novgorod jamoasi futbolchisiga aylangan. 2011-yilda „Luch-Energy“ klubiga oʻtgan. 2012/13-yilgi mavsumda u FNLga kirgan „Ximik Dzerjinskiy“ safida oʻynagan[1][2].

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998—2005-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 40ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol muallifiga aylangan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Staion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 03.12.1998 Chiang Mai, Tailand Kuvayt 3-3 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
2. 05.12.1998 Chiang Mai, Tailand Moʻgʻuliston 0-15 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
3. 07.12.1998 Rajamangala Stadium, Bangkok, Tailand Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 4-0 Gʻalaba 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari
4. 03.05.2001 Amman International Stadium, Amman, Iordaniya Turkmaniston 2-5 Gʻalaba 2002-yilgi Jahon chempionati saralash
5. 20.08.2003 Skonto Stadium, Riga, Latviya Latviya 0-3 Gʻalaba Oʻrtoqlik
6. 06.11.2003 Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston Gonkong 4-1 Gʻalaba 2004-yilgi Osiyo kubogi saralash

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekistonning eng yaxshi futbolchisi: 1999-yil
  • Oʻzbekiston chempioni : 1998-yil
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2008-yil
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1997-yil
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2008-yil
  • Rossiya Ikkinchi divizionining „Gʻarbiy“ zonasi gʻolibi : 2012/13

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]