Aziz Ibragimov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Aziz Shokirovich Ibragimov | ||
| Tavallud sanasi | 1986-yil 21-iyul | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.82 m (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi, yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2005 | Traktor | 16 | (0) |
| 2005 | Shoʻrtan | 11 | (0) |
| 2006 | Mashʼal | 10 | (1) |
| 2007—2008 | Slovan Bratislava | 29 | (5) |
| 2008—2011 | Bohemians 1905 | 45 | (2) |
| 2011—2012 | Qingdao Hainiu F.C. | 39 | (4) |
| 2013 | FK Baník Most | 9 | (3) |
| 2013 | SK Dynamo České Budějovice | 4 | (0) |
| 2013—2014 | Bohemians Prague | 16 | (2) |
| 2014 | Andijon | 12 | (3) |
| 2015 | Dinamo Samarqand | 14 | (4) |
| 2015—2017 | Buxoro | 43 | (16) |
| 2017 | Machine Sazi F.C. | 9 | (0) |
| 2017 | FK Spartaks Jūrmala | 11 | (1) |
| 2018 | Buxoro | 29 | (2) |
| 2019 | Navbahor | 16 | (3) |
| 2020 | Surxon | 8 | (1) |
| 2022 | Turon | 26 | (8) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2015 | Oʻzbekiston | 17 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Aziz Shokirovich Ibragimov (1986-yil 21-iyulda Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq futbolchi, yarim himoyachi va hujumchi sifatida oʻynagan. Xalqaro maydonda 2007—2015-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aziz Ibrohimov 1986-yil 21-iyulda Sovet Oʻzbekistoni poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. 8 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Dastlabki yillarida u jang sanʼatlariga qiziqib, karate va taekvondo bilan shugʻullanishni orzu qilgan, ammo keyin orzulari oʻzgarib futbolga oʻtgan. Aziz Toshkentning „Paxtakor“ klubini futbol akademiyasida tahsil olgan, biroq keyinchalik ayrim muammolar tufayli „Tekstilshchik“ futbol maktabiga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning sobiq „Traktor“ klubida boshlagan. 2005—2006-yillarda Qashqadaryoning „Shoʻrtan“ va „Mash’al“ jamoalarida toʻp surgan. 2007-08-yillarda Slovakiyaning „Slovan“ jamoasida oʻynagan. 2008-yildan 2011-yilgacha u Chexiyaning „Bohemians 1905“ jamoasida oʻynagan. 2008-09-yilgi mavsumda Bohemians 1905 tarkibida u ikkinchi kuchli Chexiya ligasi gʻolibiga aylangan.
2012-yilda u Xitoy Superligasining „Qingdao Zhongneng“ klubida oʻz faoliyatini boshlagan. Keyingi yillarda 2014-yilgacha Chexiyaning turli klublarida toʻp surgan. 2014/2016-yillarda Oʻzbekistonning „Andijon“, „Dinamo“ va „Buxoro“ klublarida futbolchilik faoliyati bilan shugʻullangan. 2017-yilning yanvar oyida Eronning „Mashin Sazi“ jamoasiga oʻtgan.
2021-yilda u nafaqaga chiqishini eʼlon qilgan[2]. 2022-yil Yaypanning „Turon“ klubi taklifi bilan futbolchilik faoliyatini tikladi.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yildan 2011-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 17 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta golga mualliflik qilgan. Terma jamoa bilan birga 2007 va 2011-yillarda Osiyo Kubogida ishtirok etgan.
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Slovakiya chempioni: 2008
- Latviya chempioni: 2017
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Terma jamoadagi gollari
[tahrir | manbasini tahrirlash]| № | Sana | Joy | Raqib | Natija | Hisob | Turnir |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2007-yil 2-iyul | Paju, Janubiy Koreya | 2—0 | Won | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 2. | 2007-yil 14-iyul | Kuala Lumpur, Malayzia | 5—0 | Won | Osiyo kubogi 2007 | |
| 3. | 2008-yil 2-iyun | Singapore, Singapur | 7—3 | Won | 2010-yilgi jahon chempionati saralash |
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aziz Ibragimov uylangan, ayni damda nafaqada farzand tarbiyasi bilan mashgʻul[2]. Ukasi Iborohim Ibrohimov ham futbolchi boʻlib, Toshkentning „Paxtakor“ jamoasida oʻynaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-sentyabr.
- 1 2 Aziz Ibragimov futboldan ketdi! U endi boshqa ish bilan shugʻullanyapti
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Aziz Ibragimov Transfermarkt saytida
- Aziz Ibragimov NFT saytida
- Aziz Ibragimov Soccerway saytida
- Aziz Ibragimov Worldfootball saytida
- 21-iyulda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Shoʻrtan klubi futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Dinamo Samarqand futbolchilari
- Mashʼal klubi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- Surxon klubi futbolchilari
- Turon klubi futbolchilari
- Bohemians 1905 futbolchilari
- FK Baník Most 1909 futbolchilari
- SK Dynamo České Budějovice futbolchilari
- FK Bohemians Prague (Střížkov) futbolchilari
- ŠK Slovan Bratislava futbolchilari
- Qingdao Hainiu F.C. (1990) futbolchilari
- Machine Sazi F.C. futbolchilari
- FK Spartaks Jūrmala futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Chexiya birinchi ligasi futbolchilari
- Chexiya milliy futbol ligasi futbolchilari
- Slovakiya Birinchi Futbol Ligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- Xitoy Superligasi futbolchilari
- Latviya Oliy ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Slovakiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Latviyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Chexiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari