Ventspils
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Ventspils (1917 yilgacha rasmiy nomi Vindava) — Latviyadagi shahar (1378 yildan). Boltiq dengizi boʻyidagi muzlamaydigan dengiz porti. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 50,6 ming kishi (1999). Baliq va yogʻochsozlik sanoatining yirik markazi. Mineral oʻgʻitlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik fabrikasi, ventilyator zavodi, dengizdan baliq ovlash tarixi muzeyi bor. Orden qasri (1290 y. qurib bitkazilgan) saqlangan. V. 1242 yildan maʼlum.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |