Krasnodar (futbol klubi)
![]() | |||
Toʻliq nomi | Krasnodar professional futbol Klubi | ||
Laqabi | Buqalar, shaharliklar | ||
Asos solingan | 22-fevral, 2008-yil | ||
Stadion | «Kuban», Krasnodar | ||
Stadion hajmi | 35.200 | ||
Egasi | ![]() | ||
Prezidenti | ![]() | ||
Murabbiyi | ![]() ![]() | ||
Budjeti | 40 mln.$ | ||
Musobaqasi | Premyer-Liga | ||
---|---|---|---|
2013/2014 | 5 | ||
|
Krasnodar futbol klubi (ruscha: Футбольный клуб Краснодар) — Rossiyaning Krasnodar shahri jamoasi. Rossiya Premyer-Ligasi ishtirokchisi. Klub 2008-yilning 22-fevralida tashkil etilgan. 2013/2014-yilgi mavsumda, «Krasnodar» Premyer-Ligada 5-oʻrinni egalladi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Krasnodar futbol klubiga 2008-yilda asos solingan. Ushbu jamoani tashkil etishda, asosan Sergey Nikolayevich Galitskiy muhim rol oʻynagan. Oʻsha yilning fevral oyida klub PFL litsenziyasini qoʻlga kiritdi va ikkinchi divizionda oʻynash huquqini oldi. Birinchi rasmiy uchrashuv 2008-yilning 12-aprelida Taganrogning «Torpedo» klubi bilan boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi. 2009-yili, «Krasnodar» Rossiya birinchi divizionida oʻynash huquqiga ega boʻldi va debyut mavsumda 10-oʻrinni egalladi.
2011/2012-yilgi mavsumda, «Krasnodar» oʻz tarixida ilk bor Rossiya Premyer-Ligasiga chiqdi va debyut mavsumda 9-oʻrinni qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda jamoaning eng yaxshi toʻpurari 14 ta gol bilan Armanistonlik Yura Movsisyan boʻldi. 2012/2013-yilgi mavsumda esa, klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2013/2014-yilgi mavsumda, «Krasnodar» Rossiya Kubogi finaligacha yetib keldi va finalda «Rostov» klubiga imkoniyatni boy berib kumush medalni qoʻlga kiritdi. Premyer-Ligada esa, oʻsha mavsum beshinchi oʻrinni egalladi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rossiya Kubogi finalchisi (1): 2014
Asosiy tarkib[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
|
Bosh murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil | Murabbiy | Oʻyin | Yutuq | Durang | Magʻlubiyat | Toʻplar nisbati |
---|---|---|---|---|---|---|
2008 | ![]() |
21 | 11 | 6 | 4 | 34-16 |
2008—2009 | ![]() |
57 | 29 | 10 | 18 | 85-61 |
2010 | ![]() |
40 | 19 | 10 | 11 | 63-45 |
2011—2013 | ![]() |
83 | 31 | 20 | 32 | 114-114 |
2013—h.v | ![]() ![]() |
43 | 25 | 7 | 11 | 81-44 |