Final

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Final (lot. fi nis — oxir, nihoya) — 1) tamom boʻlish, tugallash, yakun, mas, sport musobaqalarida gʻoliblar aniqlanadigan yakuniy uchrashuv; 2) (musiqada) — sahnaviy (opera, balet) va cholgʻu (simfoniya, sonata kabi) turkumli musiqa asarlarining xotima qismi. Asarning badiiy mazmunini umumlashtirib, mavzularning dramaturgik rivojiga yakun yasaydi. Opera F.i butun asar yoki muayyan parda kulminatsiyasini oʻz ichiga oladi, jadal rivoji, dramatizm yoki tantanavor xarakteri bilan ajralib turadi (yana q. Apofeoz). Cholgʻu F. koʻpincha tez surʼat, raqsbop ritmlar, jonli kayfiyatga asoslanadi. FINVAL, seldsimon kit (Balaenoptera physalus) — tisheiz kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi. Arktikadan Antarktikagacha boʻlgan joylarda tarqalgan. Uzoq Sharq dengizlarida, kamdankam Barens va Oq dengizlarda uchraydi. Urgʻochisi gavdasining uz. 19—20 m (baʼzan 27,3 m, odatda, erkaklari urgʻochisidan 1 m gacha kalta). Usti toʻq kulrang , korni oq, boshining oʻng qismi chapiga nisbatan oqishroq. Moʻylov plastinkalari (har qatorda 360 ga yaqin) kulrangkoʻk. Bolasining uz. 6—7 m. F. qisqichbaqasimonlar, baliqlar, boshoyoqli mollyuskalar bilan oziklanadi. Soni kamayib ketganligi sababli ovlash taqiqlanadi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.