Mazhab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Islom
Istanbul, Hagia Sophia, Allah.jpg
Islom Tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytIslom paygʻambarlari

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali


Mazhab (arab. — yoʻnalish, oqim, yoʻl, taʼlimot), shariat mazhablari — islomda diniy huquq tizimlari va yoʻnalishlari. VIII—IX-asrlarga kelib shariatning shakllanishi jarayonida xuquqshunoslik — fiqx. sohasida juda koʻp M.lar yuzaga kelgan. Hozirgi vaqtda sunniy toʻrtta M. — hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliilik (M.lar nomi ularning asoschilari: Abu hanifa (Imomi Aʼzam), Molik ibn Anas, Shofiʼiy, Ibn Hanbal nomidan olingan), shialikda bir M. — jafariylik (asoschisi — Jafar as-Sodiq) saqlanib qolgan. Shariat M.lari liniy firqalardan farq qiladi. Sunniylikdagi toʻrttala M. ham teng hisoblanadi, yirik musulmon un-tlarida toʻrt mazqab boʻyicha alohida dars oʻqitiladi. M.lar umuman anʼanaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani xrlda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan bir-biridan farq qiladi. Hozir islom mamlakatlarida xanafiylik (Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlar), molikiylik (Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya), shofiʼiylik (Misr, Indoneziya va boshqa mamlakatlar), hanbaliylik (Saudiya Arabistoni) M.lari, shuningdek, shialik tarkalgan mamlakatlar (Eron, Iroq, Yaman va boshqa mamlakatlar)ning ququqiy qayotida jaʼfariylik M.i oʻz mavqeini maʼlum darajada saqlab kelmoqda. Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekistonda xanafiylik M.i keng yoyilgan.[1]

Mazhab-(arabcha: مذهب maḏhab)

Shariat doirasidagi huquq maktablari, yaʼni islom qonunlari sistemalari (aynan: „yoʻl“ yoki „harakat tarzi“, termin maʼnosida — „diniy-huhuhiy taʼlimot“, „tarikat“ yoki „maktab“) mazhablar deb ataladi.

Mazhablar shariat qonunlarini ishlab chiqish jarayonida huquq maktablari yoki tariqatlar sifatida yuzaga kelgan, ularga mashhur huquqshunoslar, ularning shogirdlari va izdoshlari asos solganlar. Shariat qonunlarini ishlab chiqish bilan shugʻullangan barcha qonunshunoslar Qur’on koʻrsatmalariga va hadislarga asoslanib ish koʻrganlar, ammo printsiplarni va qonunlarni taʼriflashda harfxoʻrlik bilan ratsionalizm xususida, sabr-qanoat bilan mutassiblik xususida kelisha olmaganlar.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom tarihida, turli maktablarning tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan. Asta-sekin kichik maktablar ortib borgan. XV asrdan soʻng sunniylikda 4 ta mazhab qolgan boʻlib, ularning huquqlari teng.

Sunniylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sunniylik islom dinidagi ikki asosiy yoʻnalishdan biri va eng keng tarqalgani sunniylar ummaviylar sulolasidan boʻlgan xalifalarning oliy hokimiyatiga boʻlgan huquqni tan olganlar. Sunniylik VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII-XII aslarda arab halifaligidagi diniy siyosiy kurashlar jarayonida islomda eng yirik yoʻnalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qur’on bilan birga Sunnaga ham eʼtiqod qiladilar. Sunniylik islomdagi diniy yoʻnalish sifatida yagona markazga ega emas. VIII asr oxiri IX asr boshlarida sunniylik doirasida mistik oqim sufiylik vujudga kelgan.

Hanafiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanafiya (Imomi Aʼzam maktabi.) Bu maktabga Abu Hanifa an-Nu’mon (696-767) taxallusi Imomi Aʼzam asos solgan. U eng yirik huquqshunoslardan biri boʻlib, shariat huquqini tartibga solgan, qiyosni tatbiq etgan, istihson tartib usulini ishlab chiqqan, mahalliy huquq qoidalarini odatni shariat bilan kelishtirib qoʻllanishni joriy etgan huquqshunoslikdan oqilona foydalanish unsurlarini kiritgan. Abu Hanifa fiqhning asoschisi, ilohiyot mutaxassisi boʻlgan. Hanafiya mazhabi sunniylik yoʻnalishiga mansub boʻlgan musulmonlarning uchdan bir qismini oʻz ichiga oladi.

Mazhablar:
Sunniylik: Hanafiya, Molikya, Shofiya, Xanbaliya
Shialik: Jaʼfariya, Zaydiya, Ismoiliya, Xorijiya
Ibodiylik

Molikya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Molikiya mazhabining asoschisi Malik ibn Onas Abu Abdulloh (721-795). Islom diniy huquq sistemasini ishlab chiqishda konservativ mavqeda turgan. Paygʻambar Muhammad s.a.v. davridagi anʼanalarni yoqlab chiqqan, yaʼni "ashob al-hadis " (hadis tarafdorlari) oqimining namoyandasi boʻlgan. Bu mazhab tarafdorlari huquq masalalarida ratsionalistik metodga, Yaʼni Qur’on va hadislarni aqlga asoslangan holda talqin qilishga qarshi chiqqan. Dastlab Hijoz va Madinada, keyin boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Hozirgi davrda Molikiya mazhabi Tunis, Jazoir, Marokash, Liviya va ayrim boshqa mamlakatlarda musulmonlar oʻrtasida taʼsirga ega.

Shofiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shofiya mazhabining asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy (767-820). Makkada yashagan, hadislar va fiqhni oʻrgangan, Yamanda qozilik lavozimini egallagan. Ali avlodlari bilan yaqinlashganligi uchun 803 yilda qamoqqa olingan. Avf etilganidan soʻng Misrga ketib, Malik ibn Onasning shogirdi sifatida faoliyat boshlagan, 810 yildan Bogʻdodda oʻz taʼlimotini targʻib qilgan. Shofiy oʻz asarlarida islom huquqini aʼnanaviy normalar bilan bogʻlashga intilgan. U fiqh asoslariga toʻla taʼrif bergan, ijmoʻdan foydalanishga alohida eʼtibor qilgan. Shofiyning asosiy asarlari shogirdlari tomonidan „Kitob al-umm“ toʻplam shakliga keltirilgan. Hozirgi vaqtda Misr, Indoneziya musulmonlari orasida, Sharqiy Afrika mamlakatlarining baʼzilarida, qisman Suriyada va janubiy arab sultonliklarida Shofiy mazhabi diniy-huquq sistemasiga amal qiluvchilar bor.

Xanbaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xanbaliya-sunniylikdagi diniy-huquq mazhablardan biri. Uning asoschisi va imomi ibn Xanbal (780-855) mustahkam eʼtiqodli sunniylik nuqtai nazaridan halifa Maʼmun davrida davlat dini boʻlishi mu’taziylikka qarshi kurashgani uchun bir necha bor qamalgan va jazolangan. Xanbaliya mazhabi tarafdorlari avvallari faqatgina Qur’on va Sunnagagina tayanib, shar’iy hukmlar chiqarsalar, keyinroq qiyos va ijmoʻning qoʻllanishida ham ular tanho Muhammadning safdoshlari boʻlmish sahobalarning hamjihatligidan kelib chiqqan hukmlarnigina inobatga olar edilar. Ularning rasmiyatchiligi oʻta ketgan mutaassibligi, jonli tarixiy haqiqatdan uzoq turgan qarashlari, ijtimoiy hayot va turmush tarzidagi har qanday yangiliklarga zid ekanligi sababli — mazhab XII- asrgacha keng tarqalmagan. Undan keyingi asrlarda xanbaliya tarafdorlari yana kamayib ketgan. XVIII asrda paydo boʻlgan vahobiylar xanbaliya tarafdori boʻlib chiqqan. Vahobiylar Saudiya Arabistonda hokimiyatni qoʻlga olgach, Xanbaliya qonunlarini amalga kiritganlar. U erda xanbaliyaning ilk islomga xos qonunlari hozir ham amalda. Mazkur mazhablar va ulardagi xuquqshunoslik oʻrtasida, yuqorida qayd qilib oʻtilganidek, sabr-toqat va mutaassiblik darajasi xususida bir oz tafovut mavjud boʻlib, ular islom diniy taʼlimoti doirasidan tashqariga chiqmaydi, yaʼni bu mazhablarning hammasi ortodoksal hisoblanadi.

Shialik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shialik (arab.-guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Oʻzining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyingi oʻrinda turadi. Hozirda jahondagi musulmonlarning qariyib 10 foyizi Shialikka mansub hisoblanadi. Shialik VII- asr oʻrtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII- asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yoʻnalishga aylangan.

Shialar tarafdorlari sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb eʼtirof etadilar, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari qoldirilgan deb hisoblaydilar. Shia ilohiyotchilari Quroʻnning mazmunini majoziy talqin qilish yoʻli bilan oʻz taʼlimotlarini asoslaydilar. Sunnada esa ular faqat Ali va uning tarafdorlari nomi bilan bogʻliq boʻlgan hadislarni tan olganlar va shunday hadislardan iborat mustaqil toʻplamlar tuzganlar. Bu toʻplamlar ahbor deb atalgan. Sunniylikda eʼtirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, shialarda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga eʼtiqod qilinadi.

Bulardan 4 aqida:

  • tavhid (Ollohning yagonaligini eʼtirof etish),
  • adl (adolat, Ollohning odilligi, yaʼni taqdir aqidasi)
  • nubuvvat (paygʻambarlik) qiyomat yoki maʼod (oxirat kunining kelishi
  • oʻlganlarning tirilishi) asosan sunniylik taʼlimoti bilan mos tushadi.

5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini eʼtirof etish) esa sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. Sh. Ali va uning avlodlaridan iborat oʻn ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat bilan barcha xalifalarni xususan dastlabki halifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 yillar orasida 7-9 yoshida bedarak yoʻqolgan (tarixiy nuqtai nazardan oʻldirilgan boʻlishi kerak) 12-imom Muhammad al-Mahdiyni ular „yashiringan“ hisoblaydilar, zamona oxir boʻlganda uning qaytib kelishini va adolat oʻrnatishini kutadilar (imomi Mahdiy, imomi oxir zamon).

Bu tasavvur maʼlum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Baʼzi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. bilan sunniylik oʻrtasida maʼlum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani „muqaddas“ hisoblash bilan birga, Karbalo, Najaf shaharlarida joylashgan Sh. Imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladilar.

Jaʼfariya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shia Shariatida jaʼfariya mazhabi hukmron rol oʻynaydi. Ular imom Husaynga motam tutadilar, „shaxsey-vaxsey“ deb nom olgan motam yurishlari oʻtkazadilar va h.k. Oʻrta asrlarda Shialar ichida ham ixtiloflar yuz bergan, natijada koʻp sektalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va boshqa Hozir ham mavjud. Sh. hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblanadi. Iroq, Afgʻoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor.

Zaydiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zaydiylar — VIII asr oʻrtalarida shialikda vujudga kelgan sekta tarafdorlari. Arab halifaligida sinfiy ziddiyatlar keskinlashib, feodal guruhlar oʻrtasidagi kurash kuchaygan, ummaviylar hokimiyati inqirozga uchragan davrda vujudga kelgan. Shialarning 5-imomi Muxammad al-Bokirning sustligidan norozi boʻlgan shialar ichidan Zayd oʻz tarafdorlarini toʻplab, ummaviylar hokimiyatiga qarshi 739-yilda isyon koʻtargan, 740-yili halifa Hishom (724-743) koʻshinlari bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan. Uning tarafdorlari keyin ham oliy hokimiyatni Ali avlodiga berishni talab qilib, halifalar hokimiyatiga qarshi koʻp marta isyon koʻtarganlar. Z. Zaydni soʻnggi 5-imom hisoblab, undan keyingi shia imomlarini tan olmaydilar. Ular oʻz aqidalari va marosimlari jihatidan shialar va sunniylar oʻrtasida turib, har ikkala oqimga nisbatan murosasozlik yulini tutadilar. Zaydiylar yashiringan imom Mahdiyga ishonmasliklari, Alidan ilgarigi uch halifa (Abu Bakr, Umar, Usmon)ni laʼnatlamasliklari, taqiyya printsipini va mutʼa (yoki siga) nikohini inkor etishlari bilan shialardan ajralib turishadi. Oʻz aqidalarida mu’taziliylardan iroda erkinligi va Qur’onni Olloh yaratganligi, xorijiylardan esa diniy eʼtiqodni amaliy faoliyat bilan mustahkamlash printsiplarini qabul qilib olganlar. Hozir Zaydiylarning koʻp qismi Shimoliy Yamanda yashaydi va aholining yarmidan koʻpini tashkil qiladi. Zaydiylar Yaman Xalq Demokratik Respublikasida, Saudiya Arabistonida, Pokiston va boshqa davlatlarda ham bor.

Ismoiliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismoiliylar-VIII asr oʻrtalarida shialikda shakllanib, X-XI asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharqda keng tarqalgan sekta tarafdorlari. Shialarning baʼzilari halifalik taxtini egallagan abbosiylar bilan maʼlum darajada kelishib ish tutdilar. Abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirish tarafdori boʻlgan bir guruh shialar esa oltinchi imom Jaʼfar as-Sodiqning katta oʻgli Ismoil (sekta uning nomi bilan atalgan) atrofiga jipslashdilar. Imom Jaʼfar ichkilik va maishatga berilgan Ismoilni vorislikdan mahrum etib, kichik oʻgʻli Muso al-Kozimni voris qilib tayinladi. Bundan norozi boʻlgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan keyin ugʻli Muxammad ibn Ismoilni imom deb tanidilar. Ularning taʼlimoti avvalo ikkiga:

  • zohiriy (tashqi) — ochiq
  • botiniy (ichki) — maxfiy taʼlimotlarga boʻlinadi.

Zohiriy taʼlimoti shialarning umumiy taʼlimotidan kam farq qiladi, bu taʼlimot sektaning maxfiy taʼlimotidan bexabar boʻlgan oddiy Ismoiliylar ommasiga moʻljallangan.

Botiniy taʼlimoticha, mutlaq xudo oʻzidan quyi boʻlgan 7 ta pogʻonani ajratadi (emanatsiya):

  • mutlaq xudo,
  • olamiy aql,
  • olamiy jon,
  • birlamchi materiya,
  • fazo, vaqt
  • kamolotga erishgan inson (yaʼni paygʻambar).

Ismoiliylar taʼlimoti boʻyicha, kamolotga erishgan inson (al-inson, al-komil) oʻzida „olamiy aql“ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) boʻlib, xudo taʼlimotini insonlarga etkazib beradi, uning yordamchisi somit (jim turuvchi) esa paygʻambar taʼlimotidagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi, deb hisoblanadi. Oʻrta asr mobaynida Ismoiliylar orasidan nizoriylar (hashshoshiylar), mustaʼliylar, druzlar, karmatlar ajralib chiqqan. Ismoiliylar taʼlimoti, xususan, karmatlar ideologiyasi islom diniga nisbatan oppozitsion xarakterda boʻlgan. Oʻrta asr tafakkuriinng yirik namoyandalari — Rudakiy, Ibn Sino, Maʼarriy va boshqalarga karmatlar ideologiyasi taʼsir koʻrsatgan. Mashhur shoir va mutaffakkir Nosir Xisrav esa Ismoiliylarning yirik namoyandalaridan biri boʻlgan.

Xorijiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorijiylar — Ali bilan Muoviya tarafdorlari oʻrtasida halifalikda hokimiyat uchun kurash jarayonida tashkil topgan islomdagi dastlabki diniy-siyosiy guruh izdoshlari. Siffin yaqinidagi jangda (657-yilda) Ali hakamlar sudi oʻtkazishga rozi boʻlgan. Alining yoʻlboshchiligidan ixlosi qaytgan 12 ming jangchi undan yuz oʻgirib, Xarura degan qishloqqa ketib qolganlar (shuning uchun ham ularni dastlab xaruriylar deb ataganlar). Xorijiylar Alini 661-yilda oʻldirgunlariga qadar, unga qarshi qurolli kurash olib borganlar. Ular Muoviyaga ham qarshi xuddi shunday shafqatsiz kurash olib borganlar. Xorijiylar taʼlimoti ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan ham va islomning asosiy aqidalarini talqin qilishda ham yaxlit taʼlimot boʻlmagan. Musulmon ilohiyotchilarining hisoblashicha, xorijiylarning 20 ga yaqin sektalari bor. Xorijiylar oliy hokimiyat masalasida halifa saylanib qoʻyilishi kerak, degan taʼlimotni ilgari surgan sunniylarga ham, imomatning ilohiy tabiatini tan olgan shialarga ham qarshi turganlar.

Din masalasida xorijiylar islomning „sofligi“ tarafdori boʻlganlar va diniy kursatmalarga katʼiy rioya kilganlar.

Ibodiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibodiylar, abodiylar — xorijiylar ichidagi kichik sekta tarafdorlari. VII-asrning 2-yarmida yashagan Abdulloh ibn Ibod (Abod) asos solgan. Ibodiylar xorijiylar ichidagi fanatik kichik sektalar (mas., azrakiylar)ning barcha gʻoyaviy dushmanlarini kofir hisoblab, oʻldirish printsipiga qarshi chiqqanlar. Ular oʻz koʻzgʻolonlari bilan abbosiylarning hokimiyatni egallashlariga yordam berganlar. Hozir Shimoliy Afrikada, Ummon, Zanjibarda Ibodiylar jamoalari mavjud. Ular diniy eʼtiqod va marosimlarga xos ayrim xususiyatlari bilan sunniylik, shialik va boshqa oqim, sektalardan farq qiladilar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil