Imomiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Imomiylar — shialikdagi yirik mazhab tarafdorlari. 7-asrda arab xalifaligida vujudga kelgan. Ular Ali naslidan boʻlgan 12 imomni tan oladilar. I. 11-imom Hasan al-Askariy (873 y. v.e.) dan keyin uning yosh oʻgʻli Muhammadni oxirgi, 12-imom deb hisoblaydilar. Rivoyatlarga koʻra, bu imom yoʻqolgan (tarixda oʻldirilgan boʻlsa kerak, deb hisoblanadi). I. uni "yashiringan imom", yaʼni mahdiy deb eʼlon qilib, u qaytib kelishi bilan adolat tantana qiladi deydilar. "Yashiringan imom"ga eʼtiqod I.ning asosiy aqidalaridan biridir. I. imomning saylab qoʻyilishini rad etishadi. Ular oʻzlarining hamma imomlarini "jabrdiyda" deb bilib, ularga eʼtiqod qilishadi. I. shialarning ancha koʻp tarqalgan qismidir. I. taʼlimoti hozirgi Eronning davlat dini hisoblanadi. I. Irokda aholining deyarli yarmini tashkil etadi. I. jamoalari Livan, Quvayt, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Afgʻoniston va b. mamlakatlarda bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil