Islom dinida ayol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Islom dinida ayol — musulmonlar jamiyatidagi ayol oʻrni, shuningdek ayolning, ijtimoiy institutlar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi normalar va qoidalar tizimi.

Islomdagi ayollarning oʻrni musulmon jamiyatining ijtimoiy tuzilishini tanqid qilishning anʼanaviy nuqtasidir.[1] Shariatda (Islom qoidalari) erkaklar va ayollarning huquq va majburiyatlar sohasidagi rollari sezilarli farqga ega. Unda nikoh, ajralish, yuridik huquq, kiyim-kechak va taʼlim masalalaridagi farqlar ifodalanadi.

Tarixda[tahrir | manbasini tahrirlash]

IV—VI asr arab ayollarining anʼanaviy kiyimlari.

Islom dinini ayollarning oʻrniga taʼsirini baholash uchun Islomdan oldingi Arabistondagi ayollarning oʻrnini koʻrib chiqish kerak. Oʻsha paytdagi ayollarning holati koʻp narsalarni orzu qilishga qolgan edi.[2] Qashshoqligi tufayli ota-onalar yangi tugʻilgan qiz chaqaloqlarini oʻldirganlari haqida dalillar mavjud.[3]

Islom arab jamiyatining tuzilishini oʻzgartirdi, gender rollarini isloh qildi. Professor William Montgomerining tadqiqotiga koʻra, Islom ayollarning holatini yaxshilagan, ularga huquqlar bergan.[4] Baʼzi tadqiqotchilar Islomga koʻra ayollar 20-asrgacha boʻlgan baʼzi Gʻarb mamlakatlariga qaraganda koʻproq huquqlarga ega ekanligini taʼkidlaydilar. Masalan, fransuz qonunchiligiga muvofiq ayollarning huquq layoqatini cheklash faqat 1965-yilda bekor qilingan.[5] Garvard universitetining huquqshunos professori Noa Fildman, qayd etadiki:[6]

Inglizlar barcha mustamlakalarda bo`lgani kabi,o`z qonunlarini musulmonlarga ham qo`lladilar, natija esa bitta edi - ayolni islom qonunlari bergan huquqlaridan mahrum qilish. Buni gender tengligi yo`lidagi rivojlanish deb atash mushkuldir.

Oksford lugʻatida islom paydo boʻlganidan keyin ayollarning oʻrni umumiy yaxshilanganligiga ishora qilib, ayol shaxsining toʻliqligi eʼtirof etilganligini taʼkidlaydi.[7]

Nikoh islomga koʻra, ayol roziligi majburiy boʻlgan „shartnoma“ sifatida koʻriladi. Ayollar meros olish huquqiga ega boʻlib, Islom tarqalishidan oldin bu huquq ilgari faqat erkakning qarindoshlariga berilgan. Annemari Shimmel aytadiki, „Ayol oʻrnini islomgacha boʻlgan davr bilan solishtirganda, Islom qonunlari ostidagi ayol holatining bunday oʻzgarishlari ulkan taraqqiyotni anglatardi; qonunga muvofiq ayol oʻz boyligini boshqarish huquqiga ega boʻldi“.[8]

William Montgomerining aytishicha, Muhammad s.a.v ni oʻz davrining tarixiy kontekstida ayollar huquqlarini himoya qilgan va asosiy huquqiy kafolatlarni taʼminlash orqali ularning mavqeini sezilarli darajada yaxshilagan shaxs sifatida koʻrish mumkin.

Jhon Espositoning qayd etishicha, Muhammad s.a.v ayollarga ularning jamiyatdagi mavqeini oshirishga yordam beradigan huquqlar: oilaviy hayot, nikoh, taʼlim va iqtisodiy aloqalar sohasida huquq va imtiyozlar bergan.

Ammo shunga qaramay, ayollarning Islomdagi oʻrni umuman Qur’on gʻoyalariga emas, balki hukmron patriarxal madaniyat meʼyorlariga toʻgʻri kelardi.[9]

Islom ayoli hayotining turli jabhalari haqidagi muqaddas matnlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom taʼlimoti ayollarga ikki tomonlama munosabatda boʻladi. Onalarni barcha erkaklardan ulugʻlovchi baytlar ham bor, qiyomatda ayol va erkak teng hukm qilinadi, degan baytlar ham bor. Shu bilan birga, Islomni qattiq tanqid qilgan sobiq fizika professori Bill Worner Qur’onning 71 foizida,hadislarning esa 91 foizida ayolning erkakdan pastroq mavqega ega ekanligini taʼkidlaydi.[10]

Gender rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qur’oni karimda: „Erkaklar ayollarning valiylaridir, mollaridan infoq qilganlari uchun, Alloh ularning baʼzilarini boshqalardan ustun qoʻydi“ deyiladi.[11]

Islom qoidalariga koʻra, xotin butunlay eriga boʻysunadi. Ayolning oiladagi asosiy roli, naslni koʻpaytirish[12] va bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, erkakning roli esa oilani moddiy taʼminlashdir.

Hijob va erkinlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niqab kiygan ayol, Yaman

Qurʼoni karimda: „Moʻminalarga ayt, koʻzlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini koʻrsatmasinlar, magar ulardan (ziynatlaridan) zohir boʻlganlar mustasno. Roʻmollarini yoqa yorigʻlariga toʻshasinlar. Erlari, otalari, erlarining otalari, oʻgʻillari, erlarining(boshqa hotinidan) oʻgʻillari, aka-ukalari, aka-ukalarining oʻgʻillari, opa-singillarining oʻgʻillari, ayollar qoʻl ostodagi asirlari, (oilaga) bogʻliq qolib, uylanish ehtiyojidan qolgan erkaklar va hali hanuz ayollarning uyatli joylarini farqiga bormagan goʻdak bollardan boshqa hech kimning yonida goʻzallik va koʻkraklarini ochmasinlar. Yashirgan vujudlari — ziynatlari maʼlum boʻlib bilinishi uchun oyoqlarini yerga sezilarli taqillatmasinlar. Ey moʻminlar! Najot topishingiz uchun, Allohga tavba qiling!“ 24:31 (Nur surasi, 31-oyat)

Bu parcha, hijob kiyish talabining asosi hisoblanadi.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpgina islom taʼlim muassasalarining barpo etilishida ayollar muhim rol oʻynagan, masalan, Fotima al-Fihriy 859-yilda Al-Qaravin universitetiga asos solgan. XII asrda yashagan Ibn Asakirning yozishicha, Islom olamida ayollarning bilim olishi uchun katta imkoniyatlar mavjud edi. U ayollarning oʻqishi, ilmiy darajalarga ega boʻlishi, olim va oʻqituvchi boʻlishlari mumkinligini yozgan. Islom olamidagi ayollarni Muhammad paygʻambar s.a.v ning muvaffaqiyatli tadbirkor ayoli Xadicha r.a va hadis ilmida taniqli olima Oisha rahimahulloh ilhomlantirgan. Muhammad „hayo ularning eʼtiqodlarini oʻrganishlariga toʻsqinlik qilmagan“ Madinalik ayollarni diniy ilmga chanqoqligini maqtagani haqida hikoya qilinadi.[13] Ayollarning taʼlim olishida hech qanday qonuniy cheklovlar boʻlmasa-da, baʼzi erkaklar, masalan, Muhammad ibn al-Haj (vaf. 1336), oʻzining maʼruzalari paytida baʼzi ayollarning xatti-harakatlaridan norozi boʻlgan. 15-asrda Al-Shaxavi oʻzining butun oʻn ikki jildlik tarjimai hol lugʻatini olima ayollarga bagʻishlaydi; lugʻatda ulardan 1075 tasi haqida maʼlumotlar mavjud.

Moliyaviy savollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom ayollarga shaxsiy mulk huquqini beradi. Ayollar uchun moliyaviy majburiyatlarning yoʻqligi (masalan, oilani taʼminlash uchun) tufayli erkaklar koʻproq moddiy huquqlarga ega. Biroq musulmon ayollar tarixan mulk huquqiga ega boʻlgan. Islom ayollarga maʼlum sharoitlarda ishlashga ruxsat beradi, masalan, ayol erkaklar bilan yolgʻiz qolganida mumkin emas. Uning ishi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish kabi muhimroq narsalarga xalaqit bermasligi kerak. Ayollarlar taʼlim muassasalarida va sport markazlarida erkaklardan koʻra ayollarning ishlashi maʼqul. Ayrim islom maktablari ayolga qozilik qilish huquqini bermaydi. Boshqalar (hanafiy mazhabi) fuqarolik ishlarini olib borishga ruxsat beradi jinoiy sudga qozilik qilish bundan mustasno. Ushbu huquqiy cheklovlar ayollarni shafqatsiz jinoiy ishlarni koʻrib chiqish yukidan himoya qilish istagi bilan bogʻliq.

Hozirgi zamonaviy bosqichda, baʼzi musulmon mamlakatlarida, masalan, Misr va Marokashda taʼlim va mehnat sohasida ayolni kamsitishlari saqlanib qolmoqda. Musulmon dunyosida bandlik tuzilmasi boshqacha: Pokistonlik ayollarning 16 foizi iqtisodiy faol. Indoneziyada bu koʻrsatkich 52 % ni tashkil qiladi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, ayolning ishlab topgan puli uning shaxsiy mulki hisoblanishi shart, u oʻz ixtiyoriga koʻra pulni sarflashi mumkin, erkaklar esa ishlab topgan pulini oʻz oilasiga sarflashlari buyuriladi.[14]

Ayollar bandligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom xalifaligida ayollar iqtisodiy faoliyatda faol ishtirok etganlar.[15] Xotin-qizlar turli kasb-hunarlarda, xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida mehnat qilardilar. Kasalxonalarning oʻziga xos xususiyati ayol xodimlarning katta roli edi. XII asrda Ibn Rushd ayollar har jihatdan erkaklar bilan teng va teng imkoniyatlarga ega ekanligini taʼkidlagan. Biroq, musulmon dunyosining aksariyat mamlakatlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish sohasida gender segregatsiyasi mavjud boʻlib, u kasblarning „erkaklarga“ va „ayollarga“ boʻlinishida namoyon boʻladi va ayollarning bandlik va taʼlim darajasi erkaklarniki bilan solishtirganda pastroq ekanligi koʻrinadi. Ushbu hodisaning sababi bilvosita islom dinining baʼzi koʻrsatmalari bilan belgilab qoʻyilgan xatti-harakatlar bilan bogʻliq. Masalan, abortning taqiqlanishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va musulmon oilalariga xos boʻlgan koʻp farzandlilik ayollarning martaba zinasidan koʻtarilishida ob’ektiv toʻsiqdir. Islom anʼanalarida meʼyor boʻlgan koʻp farzandli oila koʻplab musulmon ayollar uchun yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qiladi, unga koʻra ular oʻz hayotlarini quradilar va kasb tanlashadi.[16]

Huquqiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurʼoni karimda: „Va sizlar rozi boʻladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini, agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni — biri unitib adashsa, yana biri unga eslatadi“ 2:282 (Baqara surasi, 282-oyat).

Ibn Kasir aytdilar:[17] "Bir erkakning oʻrniga ikki ayol, chunki ayollar nuqsonlidir, Muslim rivoyati Abu Hurayra roziyallohu anhudan Muhammad sollallohu alayhi vasallam dedilar: „Ey ayollar jamoasi, sadaqa beringlar va koʻp istigʻfor aytinglar, chunki men doʻzax ahlining koʻpchiligi siz ayollardan tashkil topganini koʻrdim“. Ulardan bir donishmand ayol soʻradi: "Yo Rasululloh, nega biz doʻzax ahlining koʻpchiligimiz? Rosululloh s.a.v: "Chunki sizlar koʻp laʼnat aytasizlar, turmush oʻrtogʻingizga koʻp noshukurlik qilasizlar. Sizdan boshqa aql-idrok va dinda noqis boʻlib, aqllilar ustidan gʻolib keluvchilarni koʻrmadim. Ayol soʻradi: "Yo Rasululloh, aqlingiz va diningiz noqis degani nima degani? Rosululloh s.a.v: „ ikki ayolnining guvohligi bir erkakning guvohligi bilan barobar boʻlishi aql noqisligidir, dinsizlikning dalili shundaki, sizlar hayz va nifos qoni koʻrganida namoz oʻqimaysizlar va roʻza tutmaysizlar“ dedilar

Or-nomus qotilliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Huquqshunos professor Feldmanning soʻzlariga koʻra, „Islom Yaqin Sharqdagi baʼzi mamlakatlarda hamon sodir boʻlayotgan or-nomus qotilliklarini qoralaydi“.[18] Oila (urugʻ-aymogʻ) gʻururi va nomusini sharmanda qilgan ayollarni oʻldirish or-nomus qotilligi deb ataladi. Bunday qotilliklar baʼzi musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan boʻlsada, boshqa mamlakatlarda ham sodir boʻladi. Ayrim musulmon ulamolari bu qotilliklar Islomga hech qanday aloqasi boʻlmagan anʼananing bir qismi, xolos, deb taʼkidlaydilar.

Eron va kurd ayollarining huquqlarini himoya qilish tashkiloti hisobot eʼlon qildi. Bunga koʻra 2010-yilda 2829 yosh ingliz musulmon ayollari kaltaklangan, kislota bilan azoblangan, oʻgʻirlangan yoki oʻldirilgan. Bu ayollarning kelib chiqishi asosan,Pokiston, Hindiston va Bangladeshdan. Gap oilalar tomonidan uyushtirilgan majburiy nikohlarga qarshi turish haqida ketyapti. Ular shaxsiy oʻtta yaqin doʻsti paydo bolgan ayollarga, zoʻrlangan ayollarga, shuningdek, erkak kishi bilan gaplashish maqsadida birinchi qadam qoʻyishga jur’at etganlarga yoki bir jinsli muhabbatga moyil boʻlganlarga ham hujum qilishadi. Buyuk Britaniyada „oila sharafi himoyachilari“ bilan kurashuvchi maxsus boʻlinma tashkil qilingan.[19]

Oiladagi zoʻravonlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom ayol eriga itoat qilmasa va hurmatsizlik bilan uning gaplariga quloq solmasa, uni kaltaklashga ruxsat beradi.

„Xotinlaringizning itoatsizligidan qoʻrqsangiz, avvalo ularga pand-nasihat qilinglar, soʻng (yaʼni, nasihatlaring kor qilmasa), ularni yotoqlarda tark qilingiz, (ular bilan bir joyda yotmang, yaqinlashmang) soʻngra (yaʼni, shunda ham sizlarga boʻyinsunmasalar), uringlar! Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yoʻl axtarmanglar. Albatta, Alloh eng yuksak va buyuk boʻlgan zotdir“ (Niso surasi, 34).

  • „Erkakdan xotinini nima uchun kaltaklaganligi haqida soʻramaslik kerak“.[20]
  • „Sizning eng yomonlaringiz xotinlariga qoʻl koʻtarganlardir“.[21]
  • „Ayollarga nisbatan Allohdan qoʻrqing. Darhaqiqat, Alloh ularni sizga ishonib topshirdi, ular bilan yaqin boʻlishga ruxsat berdi. Ular sizga yoqmaydiganlarga sizning joyingizga oʻtirishga ruxsat bermasliklari kerak. Agar ular buni qilsalar, ularni kaltaklang, ammo qattiq emas. Siz ularni yaxshi ovqatlantirishingiz va kiyintishingiz kerak“.[22]

Nikoh va oila[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roʻmol oʻragan qiz

Islomga koʻra, nikoh majburiy boʻlishi mumkin emas.[23] Musulmon ayollar faqat musulmon erkaklar bilan turmush qurishlari mumkin. Musulmonlar buni oila boshligʻi sifatida musulmon boʻlmagan erkak bolalarga yomon oʻrnak boʻlishi mumkinligi bilan izohlashadi. Agar er kofir boʻlsa va uning xotini musulmon boʻlsa, unda bolalar musulmon boʻlishni toʻxtatadilar va kofirlarga hos tarbiyalanadilar.

Boshqa tomondan, Qur’on musulmon erkaklarga xristianlar va yahudiylar orasidan ayollarni xotinlashga ruhsat beradi, garchi bu ayb boʻlsa-da, taqiqlanmagan. Bunda baʼzi ogohlantirishlar mavjud. Koʻplab Islom olimlari — asosan hanafiy mazhab ilohiyotchilari-Islom boʻlmagan mamlakatda dinlararo nikoh harom (gunoh) degan fikrni bildiradilar.[24]

Erkaklarga toʻrtta xotinga ruxsat beriladi. Baʼzi Islomiy ulamolar fikriga koʻra, ayol shartnomada uning roziligisiz ikkinchi va keyingi xotin olish taqiqlangan shartni belgilash huquqiga ega.[25]

  • „Ayolga 4 narsasi uchun uylaniladi: dini, kelib chiqishi, moli va chiroyi; sen dindorini qoʻlga kiritgin shunda muvaffaqiyat qozonasan“.[26]

Nikoh shartnomasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomda nikoh ijtimoiy kelishuv va huquqiy shartnoma hisoblanadi. Shartnomani imzolash jarayoni, odatda, kelin va kuyovning yaqin oilalarini oʻz ichiga olgan xususiy ishdir. Shartnoma oʻzi nikoh deb nomlanadi.

Nikoh shartnomasining eng muhim qoidalari:

1. Nikohning barqarorligi, kelin ham kuyov ham shartnoma shartlarini bajarishi. Ikki tomon oʻrtasida meros oʻrnatish.2. Shartnomaga qaramay, erkak quyidagilarni bajarishi shart:

  • toʻy sovgʻasini toʻlashi (mahr).
  • xotinni barcha shakllarda taʼminlashi (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqalar).

3. xotiniga quyidagilar kiradi:

  • Eri uni tarbiyalash huquqini tasdiqlash. Chunki er oilaning boshligʻi.
  • Hamma narsada eriga boʻysunish. Xotin uyiga bogʻlangan boʻlishi kerak. Shuning uchun, agar zarur boʻlmasa, u erining ruxsatisiz uydan chiqmasligi kerak.
  • Agar biron bir muhim sabab boʻlmasa, masalan hayz, eri unga yaqinlik qilishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.

Oilaviy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qur’on erkak va ayol oʻrtasidagi sevgini Allohning belgisi sifatida tasdiqlaydi.[27] Islom er va xotin oʻrtasidagi uygʻun munosabatlarni himoya qiladi. Ikkalasi ham bir-birining jinsiy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga intilishi kerak. Islom erlarini xotinlariga mehr koʻrsatishga, xotinlari esa erlariga itoatkor boʻlishga chaqiradi. Qur’onda oilaviy nizolarda oʻzaro kelishuvga intilish ragʻbatlantiriladi.

Ayollar diniy hayotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomda Allohning oldida erkaklar va ayollar oʻrtasida farq yoʻq. Ular oʻz harakatlari uchun bir xil mukofot yoki jazo oladilar.[28]

Erkak yoki ayol bo`lishidan qat`iy nazar, kimki Allohga ishongan holda yahshi ish qilsa,unga go`zal bir hayot yashatamiz. 16:97

Baʼzi musulmon mamlakatlarida ayollar masjidga erkin kirish huquqiga ega, boshqalarida esa yoʻq. Imom faqat erkak boʻlishi mumkin, ammo ayol ham boshqa ayollar oldida Imom (ibodatning yetakchisi) boʻlishi mumkin. Musulmon dunyosining koʻplab mintaqalarida ayollar diniy sohada bolalar va ayollarni uyda yoki maxsus maktablarda Qur’on matnlarini Arab tilida oʻqitish va oddiy, „kundalik“ ibodatlarni oʻrgatadigan oʻituvchilar boʻlish imkoniyatiga ega. Oʻrta Osiyoda ular otin, Bibi-otin, otincha va boshqalar deb ataladi va ularning oʻrni mulla maqomiga tenglashadi.[29] Alloh bilan muloqot va ibodat qilish joyi boʻlgan masjidga baʼzi mamlakatdagi ayollar borishi taqiqlanan, shuningdek ular diniy marosimlarni oʻtkazish va maʼnaviy ehtiyojlarini roʻyobga chiqarish uchun muqaddas joylar (Oʻrta Osiyoda ular odatda maqbaralar deb ataladi) boʻlib, ular u yerlarda diniy yoki oilaviy bayram kunlarida jamoaviy yoki shaxsiy ziyoratlar qilishadi.[30]

Islom mamlakatlarida ayol huquqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom dunyosining aksariyat mamlakatlarida ayol huquqlari buziladi.[31]

  • Misr:
    • Islom dinidagi ayol dindan uzoqlashish ayblovisiz musulmon boʻlmagan erkakka turmushga chiqa olmaydi, bunday oilada tugʻilgan bolalar musulmon erkakning qaramogʻida tarbiyalanishi kerak.
    • 83 %[32] ayollar jinsiy zoʻravonlikka uchraydi. Xavfsizlik taʼminotini ochirish uchun hukumat ayollar uchun alohida metro vagonlari, avtobuslar va ayol haydovchili taksilar ajratgan.[33]
    • 87 % qizlarni xatna (bichish) qilish uchraydi.[34]
  • Iroq:
    • Ayol passport olishi uchun albatta erkak qarindoshining ruhsati kerak
    • Hisobotlarga koʻra 409 ta or-nomus qotilligi jinoyatiga boshqa qotillik ayblovlariga koʻra yengil jazolar berilgan
  • Saudiya Arabistoni:
    • Ayollar erkaklar ruhsatisiz avtomobil haydash huquqiga ega emas.
    • Erkak ruhsatisiz ayol turmushga chiqa olmaydi, sayohat qila olmaydi, davolana olmaydi va taʼlim ololmaydi.
    • Zoʻrlanganlik isbotini keltirish uchun ayol 4 ta erkak guvohini olib kelishi kerak agar topa olmasa uning oʻzi zino qilganlikda ayblanadi.
    • 2012-yilda ayollarga ''ayollar" kasblarida ishlashga ruhsat berildi.
  • Suriya:
    • Milliondan ortiq qochoq ayollar roʻyxatga olingan.
    • 12-yoshli qizlar bilan nikoh shartnomalari aniqlangan.
  • Yaman:
    • 90 %[32] ayol jinsiy zoʻravonlikka uchraydi.
    • Zoʻrlanish holatlarida kasalxonalarga qizlar zoʻravonlik travmalari bilan murojaat qilishadi biroq politsiya mahkamasiga emas.
    • Faqatgina 36 % tugʻruq holatlari akusherlar yordami bilan boʻladi
  • Sudan:
    • 12,1 mln ayollar xatna qilingan.
    • Qiz bolalarga turmush qurish yoshi 10 yoshdan deb berilgan
    • 68 %[35] ayollar savodli (83 % erkak).
  • Livan
    • Siyosatda birinchi ayol 2004-yil paydo boʻolgan.
    • Chet ellik erkakdan boʻlgan bolaga fuqarolik berilmaydi.
  • Falastin:
    • Birinchi marta ayollar 1996-yilda ovoz berishgan.
    • shimoliy qirgʻoqda turmushga chiqish yoshi 15, Gʻazo sektoridaesa — 17 yosh.
    • 2011-yili 51 % ayol uydagi zoʻravonlik jabrlanuvchilari boʻlgan.
  • Somali:
    • 1,2 % ayol tugʻruq jarayonida vafot etadi.
    • ayollar parlamentda 25 % joyni egallaydi.[36]
  • Jibuti:
    • Jinsiy zoʻravonlikka qarshi choralar yoʻq
    • 93 % ayollar xatna qilingan.
  • Bahrayn:
    • ayollar siyosiy huhquqlarni 2002-yil qoʻlga kiritdi.
    • Qizlar uchun eng kam turmush yoshi 15.
    • 30 % ayol uy zoʻravonligiga uchragan.
  • Mavritaniya:
    • Qaytadan turmush qurishda ayol oldingi oilasidagi bolalariga gʻamxoʻrlik qilish huquqidan ajraladi
    • 66 % ayollar xatna qilingan.[34]
  • BAA:
    • 2008-yilda ayollarga sudyalik qilish huquqi berildi
    • Ayollar kofirga turmushga chiqishi taqiqlanadi
    • Nikohsiz farzand tugʻish ayolni deportatsiya qilinishiga olib keladi.
    • Ayol zoʻrlanganligini isbotlashi qiyin, bunda oʻzi zinoda taʼqib qilinadi.
    • 14 % ayol ishlaydi.
  • Liviya:
    • 99 % uy zoʻravonligiga uchragan ayollar arizalarini qaytarib oladi.
  • Marokash:
    • 10 % ayol 18 yoshdan boshlab turmush quradi.
  • Jazoir:
    • 2012-yil 14-oktabrdan jinsiy zoʻravonlikka qarshi chora tadbirlar koʻrila boshladi.
    • 2015-yildan boshlab oilaviy zoʻrvonlik taqiqlandi.[37]
  • Tunis:
    • 2019-yilda islom dinida boʻlmagan ayollarni musulmon erkaklar nikohiga olishga ruhsat berildi.
    • 2012-yilda ayollarning chet ellik erlari va chetda tugʻilgan bolalari fuqarolik olish huquqiga ega boʻldilar.
  • Qatar:
    • Ayol erining ruhsati bilangina haydovchilik guvohnomasini oladi.
    • Nikohdagi ayol zoʻrlanganida aybdor deb topilishi mumkin.[38]
  • Iordaniya
    • Chet-ellik erlari va bolalarii fuqarolik olmaydi
    • 2003-yilda ayollar erining ruhsatisiz passport olish huquqiga ega boʻldilar.
    • 17 % mol-mulk ayolga tegishli.
  • Quvayt:
    • Ayollar 15 erkaklar esa 17 yoshdan turmush qurishlari mumkin.
  • Ummon Sultonligi
    • Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ozroq merosxoʻr boʻla oladilar.
    • Ayollarni xatna qilish haqida qonunlar yoʻq.
    • Erkak kishi hohishiga qarab ajrashishi mumkin, ayol esa ajrashish uchun 8 ta sabab keltirishi shart.
    • 29 % voyaga yetgan ayollar ishlaydilar
  • Komorlar:
    • ajrashish holatlarida ayollar koʻchmas mulk oladilar.
    • 35 % voyaga yetgan ayollar ishlaydilar.

Islomda taniqli ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suyumbike va uning oʻgʻli
  • Momo Havo — birinchi ayol, odam Atoning xotini.
  • Asiya Paygʻambar Muson a.s ni tarbiyalagan fir’avnning xotini.
  • Bilqis-Sabo malikasi ismi
  • Maryam — Iso paygʻambarning onasi
  • Xadicha r.a paygʻambar Muhammad ning birinchi va sevimli xotini boʻlib, u barcha odamlardan birinchi boʻlib Islomni qabul qilgan.
  • Oysha r.a Paygʻambar Muhammad ning uchinchi xotini boʻlib, u ishonchli hadislar soni boʻyicha Abu Xurayra r.a va Ibn Umardan r.a dan keyin uchinchi oʻrinda turadi.
  • Fotima r.a — „Jannat ayollarining yetakchisi“, paygʻambar Muhammad ning qizi va toʻrtinchi Solih xalifa Ali ibn Abu Tolibning xotini.
  • Sumayya — Islomni qabul qilgani uchun qatl etilgan Muhammad ning sahobiyasidir.[39]

Siyosatdagi ayollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarix davomida musulmon ayollar koʻpincha Islomiy davlatlarning boshida boʻlishmagan. Sulayxidlarning shiit sulolasidan boʻlgan Malikai Asmo, Malikai Arva 1087-1138-yillar ichida Yamanni toʻxtovsiz boshqargan, Usmon imperiyasining ayol sulton tomonidan boshqarilish davri 130 yildan kam boʻlmagan.

Soʻnggi paytlarda ayollar Indoneziyaning (Megavati Sukarnoputri), Pokistonning (benazir Bxutto), Turkiyaning (Tansu Chiller) va Bangladeshning (Xolid Zia, Shayx Hasina) prezidentlik va ministrlik lavozimlariga tanlandi. Biroq, baʼzi konservativ ulamolar ayollarning siyosatga aralashishiga qarshi chiqmoqdalar.

Xususan, ayollarning saylov huquqi cheklangan toʻrtta davlatdan uchtasi musulmon mamlakatlardir (Vatikan bundan mustasno). Livanda ayollar faqat boshlangʻich taʼlim guvohnomasi boʻlgan taqdirda ovoz berishlari mumkin savodxonlik darajasi 82,2 % boʻlganda.[40] Birlashgan Arab Amirliklari va Bruneyda ayol erkak bilan bilan bir qatorda turib ovoz berishi cheklangan.[41] Baʼzi musulmon mamlakatlarida yaqinda ayollarga ovoz berish huquqi berildi: 1974-yilda Iordaniyada, 1980-yilda Iroqda, 2002-yilda Bahraynda, 2003-yilda Ummonda, 2006-yilda BAAda, 2011-yilda Saudiya Arabistonida[42]. Ozarbayjon (1918), Albaniya (1920), Turkmaniston (1924), Qozogʻiston (1924), Turkiya (1930) va Maldiv orollari (1932) ayollar saylov huquqi taʼsis etilgan birinchi musulmon davlatlaridir.

Rossiya tarixidagi eng mashhur musulmon hukmdor ayollari Syuyumbike va Qosimlik hukmdor Fotima sultondir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The status of women in the Arab world is a source of frequent criticism against Islam
  2. Панова В. Ф., Вахтин Б. Б.. Пророк Мухаммед. ISBN 5-222-00145-8. 
  3. Panova V. F., Vaxtin B. B. Jizn Muxammeda
  4. Maan, Bashir and Alastair McIntosh. "The whole house of Islam, and we Christians with them'
  5. Badr, Gamal M. (Winter 1984), „Islamic Criminal Justice“ // The American Journal of Comparative Law 32 (1): 167—169 [167-8]
  6. Noah Feldman (March 16, 2008). „Why Shariah?“. New York Times.
  7. „Women and Islam“. Oxford Islamic Studies Online. 2010-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  8. Schimmel (1992) p.65
  9. „Женщины и ислам, оксфорд“. 2010-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  10. Bill Warner. The Islamic doctrine of women, [Nashville, Tenn.], 2010. ISBN 978-0-9795794-9-3, 0-9795794-9-X. 
  11. Koran, 4:34
  12. Gorshunova O. V., Peshkova S. A. Fertilnost i sakralnoe jenskoe nachalo v sredneaziatskix selitelskix i ritualnix praktikax // Meditsinskaya antropologiya i bioetika. 2013, № 1(5), eISSN: 2224-9680
  13. Lindsay, James E. (2005), Daily Life in the Medieval Islamic World, Greenwood Publishing Group, p. 197
  14. „Права и обязанности супругов“. islamdag.ru (2009-yil 13-avgust). Qaraldi: 2014-yil 26-dekabr.
  15. Maya Shatzmiller (1994), Labour in the Medieval Islamic World, Brill Publishers
  16. Gorshunova O. V. Rabota i dosug v jizni sovremennoy uzbekskoy jenщini // Расы и народы. / Pod red. G. P. Vasileva. M.: Nauka, 2001. Ss. 209—223.
  17. Tafsir ibn Kyasir 1:336
  18. Feldman, Noah (2008-03-16). „Why Shariah?“. New York Times
  19. Nearly 3000 cases of ʻhonour’ violence every year in the UK
  20. „«Сады праведных» имама ан-Навави. Хадис № 68“.
  21. Аль-Мустадрак, ch. 2, str. 208, № 2775
  22. Ибн Хузайма „Saxix“ ch.4, str. 251, № 2809
  23. Jamal Badawi The status of women in Islam
  24. „Может ли мусульманин жениться на христианке? Ответ имама“ (ru). medinaschool.org. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  25. Usloviya v brachnom kontrakte
  26. Al-Buxari „Saxix al-djami“, Muslim „Saxix al-djami“
  27. Koran, 30:21
  28. Koran, 4:124
  29. Gorshunova O. V. Otincha // Etnograficheskoe obozrenie. 2001, № 3. Ss. 134 −140. (Wayback Machine saytida 2017-12-23 sanasida arxivlangan) Andoza:Wayback 2
  30. Gorshunova O. V. Jenskoe palomnichestvo k svyatim mestam (po materialam Ferganskoy dolini) // Itogi polevix issledovaniy. Red. Z. P. Sokolova. — M.: ИЭА РАН, 2000. Ss. 23-39.
  31. „POLL: Womenʼs rights in the Arab world“. 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  32. 32,0 32,1 „СЕКСУАЛЬНЫЕ ДОМОГАТЕЛЬСТВА В АРАБСКИХ СТРАНАХ « Международный Центр междисциплинарного образования“ (ru-RU). Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  33. „Закон о домогательствах к женщинам в Египте | Institut Blijnego Vostoka“ (ru-RU). Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  34. 34,0 34,1 „WDI - Female Genital Mutilation is still practiced around the world“. datatopics.worldbank.org. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  35. „Население Судана“. countrymeters.info. Qaraldi: 2021-yil 5-noyabr.
  36. „Национальный доклад, представленный в соответствии с пунктом 5 приложения к резолюции 16/21 Совета по правам человека“ (ru). 2021-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  37. „Право.ru: законодательство, судебная система, новости и аналитика. Все о юридическом рынке.“ (ru). ПРАВО.Ru. Qaraldi: 2022-yil 7-mart.
  38. Iznasilovannoy v Katare gollandke dali uslovniy srok za vnebrachnuyu svyaz: Obщestvo: Mir: Lenta.ru
  39. Velikie jenщini Islama
  40. Literacy
  41. [1] // Asian Political News
  42. „Женщины Саудовской Аравии обрели право голоса“. DELFI (2011-yil 25-sentyabr). 2013-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.