Botil
Qiyofa
Islom haqidagi tushunchalarningning bir qismi |
Usul al-Fiqh |
---|
Fiqh |
Ahkom |
Yuridik lavozimlar va unvonlar |
|
Botil - Mukallaf (shariat hukmlarini bajarish kerak bo‘lgan kishi) fe’lining rukniga biron xato yetgan bo‘lsa, ushbu fe’l botil bo‘ladi. Masalan, to‘ng‘izni yoki o‘limtikni sotish kabi.Chunki bu savdoda savdoning rukni, ya’ni sotiladigan narsa shar’iy qiymatga ega emas. Fosid bilan botilning farqi, fosidda xato aqdning biron bir sifatida bo‘ladi, botilda esa xato aqdning ruknida bo‘ladi. Fosid aqd hukm ifoda qiladi, botil biror bir o‘rinda biron bir hukm ifoda qilmaydi.Ibodat masalalarida fosid bilan botil o‘rtasida farq mavjud emas, muomalat masalalarida hanafiy mazhabida fosid bilan botilning farqi bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |