Roʻza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.


Roʻza (fors.) — islomdagi 5 ta rukn (majburiyat)dan biri. R. tutish vaqti tong yorishmasdan avval boshlanib, kun botishiga qadar davom etadi. Bu vaqtda yeyish, ichish, jinsiy yaqinlik qilish, nomaʼqul ishlardan tiyilish zarur. Qurʼonda Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni ramazon oyida vahiy qilib yuborgani, har yili shu oyda R. tutish farzligi qayd etilgan (2:183—187). Islomga koʻra, ramazon oyida R. tutish balogʻat yoshiga yetgan, sogʻlom musulmonlarga farz qilingan. Homilador, emizikli ayollar, safarda yurganlar, ogʻir bemorlar, qiyin sharoitlarda ishlovchilar R. tutishdan ozod etilgan, uni imkoniyat tugʻilganda ado etishlariga ruxsat berilgan. R.ga toqati yetmaydigan keksalar, surunkali bemorlar R. oʻrniga fidya sadaqasi berishi (bir miskinni bir marta toʻydirishi) mumkin. Agar bunga qodir boʻlmasa, Allohga istigʻfor aytadi va duo qiladi. Har bir R.dor kishiga ramazon oyi davomida faqiru miskinlarga xayru ehson qilish, barcha yomon xulq va feʼlu atvorlardan, soʻkinish, qargʻash kabi odatlardan saqlanib yurish shart hisoblanadi. R. hijraning 2yili farz kilingan, deb sanaladi. Musulmonlar Oy taqvimiga rioya etganlari uchun R. yilning turli vaqtlariga toʻgʻri keladi. Shuningdek, boshqa vaqtlarda ham, chunonchi, rajab, shaʼbon va muharram oylarida R. tutish (Mas, ashuro R.si) maʼqul hisoblanadi. Ular turli xil muddat davom etadi. R. tutish odati qad. dinlar va xalqlarda ham turli shakllarda mavjud boʻlgan.[1]

Roʻza haqida[tahrir]


Islom dinida farz boʻlgan ulugʻ ibodatlarning uchinchisi nima?
- Ramazon oyida har kuni roʻza tutish.
- Roʻza tutish qay tariqa boʻladi?
- Tongdan to quyosh botguncha ogʻzini yopishga niyat qilib, yeyish, ichish va jinsiy aloqa qilishdan saqlaniladi.

Roʻzaning farzlari[tahrir]


- Roʻzaning farzi nechta?
- Uchta.
Birinchisi — niyat;
ikkinchisi — yeyish va ichishdan saqlanish;
uchinchisi — jinsiy aloqa qilmaslik.

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil