Portal:Islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan maqola
Abu Hurayraning Yavnadagi qabri 12-asr

Abu Hurayra (arab. أبو هريرة‎‎ - «Mushukning otasi») (602 - 679, Madina) - mashhur sahoba, roviy, faqihlardan. Asli ismi Abdurahmon ibn Sahr al-Davsiy Abdushams. Rasululloh tomonidan Abdurrahmon deb atalgan. Mushuklarni juda sevgan. Bir kun uning etagida bir mushuk bolasini koʻrgan Rasuli Akram, "Abu Hurayra" - mushukning otasi deya lutf etgan va u ham bundan iftixor etib, ushbu laqab bilan shuhrat topgan. Tijorat va boyligi yoxud maʻlum bir mashgʻuloti boʻlmagani uchun ashobi Suffa sirasiga kiritilgan. U Doril-irfondan dars olgan va huzuri Rasulotdan bir lahza ham ayrilmagan. Ajoyib faqih boʻlib, ifto (fatvo beruvchi) mavqeiga koʻtarilgan. Umar (ra) tomonidan Bahrayn voliyligiga tayinlangan. Usmon (ra) zamonida Makka qozisi va Muoviya davrida Madina voliysi boʻlgan. Favqulodda kuvvai-hofizaga ega boʻlgan Abu Hurayra uch yil muttasil Nabiy (as)ning majlisidan ajralmagan va bu muddat mobaynida kuch-quvvatini Rasuli Akram(sav)ning soʻzlari va ishlarini egallash hamda qayd etishga baxsh etgan. 5374 hadis rivoyat etgan. Bulardan 335 tasida Imom Buxoriy va Imom Muslim hamfikrdirlar, 93 tasi faqat Buxoriyda, 189 tasi yolgʻiz Muslimda, qolgan 4757 tasi boshqa hadis kitoblarida keltirilgan.

Eʼtiborga loyiq maqola
Makka 1850 yil

Makka (arab. مكّة المكرمة‎‎‎ Makkah Al-Mukarramah) — musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda togʻlar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʻonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. U Hijozning maʼmuriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qurʻoni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil boʻlgan. M.da Kaʼba bilan bosh masjid — Harom masjidi bor. Makka — islom dinining Muhammad paygʻambari (sav)ning vatanlari, arablarning qadimgi ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va Momohavo hamda Shis, Ibrohim, Ismoil va Hojar yashaganlar. Makka shahrigaga qachon asos solingani maʼlum emas.

Hadislar
Tuhmatga tushib qolishdan qaytarish haqida

Faqih deydilar: Kishi o'zini tuhmatga tushirib qo'yishi to'g'ri emas. (Shuning uchun) tuhmatchilar bilan o'tirmasin, ularga aralashmasin. Chunki o'zi ham tuhmatchiga aylanib qoladi. Alloh taolo marhamat qiladiki: "Axir Alloh sizlarga Kitobda: "Qachonki Allohning oyatlari inkor etilayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga o'tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o'tirmanglar", degan so'zlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o'tirgan ekansiz) demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning o'zisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir" (Niso, 140). Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Kimki biror qavmga o'xshashga harakat qilsa, o'sha qavmdan bo'lib qoladi", deganlar. Luqmoni Hakimdan rivoyat qilinadi: "Yomon kishi bilan do'st bo'lgan kishi salomat bo'lmas, noloyiq ishlarga kirishgan kishi tuhmatga qolur, tiliga egalik qilolmagan kishi pushaymon bo'lur". Shunga o'xshash ma'no Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) ham rivoyat qilingan. Ibn Shihob Ali ibn Husayndan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga ammalari Safiyya kelganlarida masjidda o'tirgan edilar. Birga qaytishayotganlarida ansorlardan ikki kishini uchratdilar. Rasululloh ularga: "Bu ayol ammam Safiyya bo'ladi", dedilar. Ikki ansor birdaniga: "Subhonalloh", deb yuborishdi. Shunda Rasululloh: "Shayton odam bolasining qon yo'llarida yuradi, yomon gumon qilib halokatga tushib qolishingizdan qo'rqdim", dedilar. Nabiydan (sollallohu alayhi vasallam) quyidagi hadis ham rivoyat qilingan: "Kimki Allohga va qiyomat kuniga ishonsa, tuhmat paydo bo'ladigan o'rinlarga tushib o'zini fitnaga solmasin".

Bilasizmi, ...


]

Yangi maqolalar

Andoza:Islom:Yangi maqolalar